Direktor va mutaxasislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti


Bolalarning psixik rivojlanishiga o‘yinchoqlarning ta’siri



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə3/4
tarix08.07.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#136180
1   2   3   4
Maktabgacha PSIXOLOGIYA Yuldasheva Umida

Bolalarning psixik rivojlanishiga o‘yinchoqlarning ta’siri
O‘yinchoqning bola psixik taraqqiyotiga ta’sirini o‘rganish
ishlariga XIX asrga kelib jiddiy e’tibor berila boshlandi. Bu
yo‘nalishdagi birinchi tadqiqot ishlari nemis pedagogi Frebel tomonidan
ilmiy ravishda o‘rganildi. Frebel o‘z tadqiqotlarida bolaning
dunyoga kelgan birinchi kunlaridanoq bilish jarayonlarini rivojlantirish
zarurligini, bolaning birinchi o‘yinchoqlari yumshoq
o‘yinchoqlar bo‘lishi kerakligini aytadi. Bola qo‘lida ushlab tura
oladigan yorqin, turli rangdagi yumshoq koptokchalar bolaning
psixikasiga ijobiy ta’sirini aytib o‘tadi. Bolaning o‘z qo‘li
bilan loydan yasalgan turli shakllari haqida: «Loydan narsalar
yasab o‘ynash davomida ular o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni tushunadilar…
bu mashg‘ulotlar nafaqat bolaning fikrlash qobiliyatiga
balki uning ruhiy dunyosiga ham ta’sir ko‘rsatadi…» deydi. XIX
asrning oxiriga kelib rus pedagogi M. Manaseinovaning fikricha
onaning bolasi bilan o‘ynaydigan ilk o‘yinchog‘i matolar qirqimi,
yorqin rangdagi predmetlar bo‘lishi kerakligini ta’kidlaydi.
Oradan taxminan 100 yil o‘tgach amerikalik psixolog
G.L. Lendret loyni bolaning shaxs xususiyatlariga ijobiy ta’siri
haqida aytib: «o‘zidagi jahl, g‘azab, agressiyani chiqarib tashlovchi
vositadir» – deb hisoblaydi.
Bolaning rivojlanishini o‘yinchoqsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Aynan o‘yinchoq bolaga o‘z his-tuyg‘ularini namoyon qilishga, atrof-hayotni o‘rganishga, ijtimoiy munosabatlarga kirishishga, o‘z-o‘zini anglashga o‘rgatadi. Har bir bolaning sevimli o‘yinchog‘i bo‘ladi. Kattalar chin ko‘ngildan sovg‘a qilgan
o‘yinchoqqa nisbatan bola o‘zi tanlab olgan o‘yinchoq unga
sevimli, yoqimli, emotsional yaqinroq hisoblanadi. Kattalarga
do‘st, ishdagi hamkasb qanchalik zarur bo‘lsa, bolaga
ham o‘yinchoq shunchalik zarurdir.
Har bir bolada shunday o‘yinchoq bo‘lishi kerak-ki, u bolaning
do‘stiga aylanib, unga arz qila olishi, jazolay olishi, rahmdillik
qilishi, avaylab asrashi lozim. Ayni shu o‘yinchoq uchun qo‘rquv hissini yengib o‘tishi mumkin. Masalan qorong‘ilikdan qo‘rqadigan bolalarga
kuchuk ayiq o‘yinchoq bilan qorong‘i xonaga kirib chiqishni taklif qilish mumkin. Bola o‘yinchog‘ini xuddi kattalar uni jazolagani
kabi jazolashi, urishishi, burchakka otishi, keyin yana olib dumi va qulog‘ini tikib qo‘yishi mumkin. Bolalar bunday
munosabatni robot-transformer, Dendi, mashina, legolarga
nisbatan qila olmaydilar. Kichik yoshdagi o‘g‘il va qiz bolalar
«do‘st»likka Barbi, yumshoq ayiqcha, mushukcha, quyoncha,
odamga yaqin bo‘lgan o‘yinchoqlarni tanlaydilar. Bolada u tomonidan
hissiy idrok qila oladigan, tafakkuri, dunyoqarashini
kengaytiradigan, kattalar va ertak qahramonlariga taqlid qila
oladigan o‘yinchoqlar to‘plami bo‘lishi zarur. G.L. Lendret
o‘zining «O‘yin terapiyasi muomala san’atidir» nomli kitobida
o‘yinchoq tanlashda nimalarga e’tibor berish kerakligini aytib:
«O‘yinchoq bola intellektini har tomonlama rivojlantirishga
his-tuyg‘ularini, o‘z-o‘zini anglashga, xulq-atvorini nazorat
qilishga, o‘zaro munosabatlarga kirisha olishiga yordam beradi.
Lekin hamma o‘yinchoqlar ham magazindan sotib olinadi.
Ota-onalar o‘z qo‘llari bilan yasab, tikib bergan o‘yinchoqlari
bolaga yanada yaqin va qimmatlidir», – deb ta’kidlaydi.
O‘yinchoqlar bir necha turga bo‘linadi:
1. Hayotiy o‘yinchoqlar – qo‘g‘irchoqlar, hayvonlar oilasi,
qo‘g‘irchoqlar uyi, mebellar, idish-tovoqlar, mashinalar, qayiqlar,
kassa, tarozi, telefon, tibbiyot va sartaroshlik asboblari,
soat, kir yuvish mashinasi, gaz plita, televizor, doska, bo‘r,
musiqa asboblari, temiryo‘l va boshqalar.
2. Boladagi agressiya (g‘azab)ni chiqarib yuborishga yordam
beruvchi o‘yinchoqlar – askarlar to‘plami, miltiq, pistolet,
qilich, «yostiq»lar, yovvoyi hayvonlar, rezina o‘yinchoqlar,
arqon, bolg‘acha va boshqa asboblar.
3. Ijodiy fikrlashga, fantaziyani rivojlantirishga qaratilgan
o‘yinchoqlar – kubiklar, matryoshka, piramida, loto, lego,
mozaika,
stol o‘yinlari, qirqma rasmlar, qo‘l ishi, tikuvchilik
to‘plami, mato parchalari, rangli qog‘ozlar va h.k..
O‘yinchoq bolaning birgalashib o‘ynovchi hamrohiga
aylanadi. Bola atrofdagi hamma narsalardan o‘ziga eng yaqin
va qiziqarli hisoblangan o‘yinchoqni yaxshi ko‘radi. Bu
ajablanarli narsa emas. Agar biz bolaning
o‘yinchoq bilan o‘ynashiga nazar solsak, bola o‘yin vaqtida har qanday
o‘yinchoqni (qo‘g‘irchoqmi, otmi, ayiqmi baribir) xayoliy tarzda
tiriltirib, uning bilan gaplashib, birga o‘ynaydi. Mabodo
o‘yinchoq bo‘lmasa, bola oddiy bir cho‘pni ham biron narsaga
otga yoki qo‘g‘irchoqqa aylantirib, zo‘r ishtiyoq bilan bemalol
o‘ynayveradi. Har qanday o‘yinchoq bolaning hissiyotlarini qitiqlab,
ehtiyojlarini qondirib, ijodiy kuchlarini ishga soladi va,
binobarin, yangi hissiyotlarini yangi qiziqish va talablarini yuzaga
keltiradi. Bu jihatdan o‘yinchoqning bola shaxsiy xislatlarini
tarbiyalashdagi o‘rni kattadir.
Bolalar o‘yinchog‘i katta yoshdagi kishilarning qanday
o‘yinchoqni yoqtirish-yoqtirmasligiga qarab hal qilinmaydi, balki
bolaga qanday o‘yinchoq yoqishi va zarurligi nuqtayi nazaridan
hal qilinishi zarur. Muhimi – qaysi yoshdagi bolaga qanday
o‘yinchoq kerakligini bilishdir. Bolalarga hamma narsadan ko‘ra
o‘yinchoq zarur. Bolalarga o‘yinchoq berishda ularning yosh xususiyatlarini, taraqqiyot darajalarini, layoqatini va ayni vaqtda,
ularni ko‘proq nimalar qiziqtirishini hisobga olish kerak.
Bir yoshli bolalarning asosiy ehtiyojlari ona va uning mehri
bo‘lgani sababli ularga beriladigan o‘yinchoqlar ham yoqimli va
yumshoq bo‘lishi lozim. Bu yoshda eng yaxshi o‘yinchoq bola
tishlay oladigan o‘yinchoqdir. O‘yinchoqlar asosan plastmassadan,
yorqin rangda ovozli bo‘lishi bolaning sensor taraqqiyotiga
yordam beradi. 1 yoshli bolaga 3–4 halqali piramidalar, turli kattalikdagi
tarelkalar bir-birining ichiga kiradigan rangli kubiklar
berish foydalidir. Bunday o‘yinchoqlar bilan harakat qilish bola
intellektini o‘stiribgina qolmay unda quvonch va qoniqish hissini
hosil qiladi. Bola o‘yinchoqni xuddi kattalardek taxlay olganidan
quvonadi. Bu yoshda tik turadigan qo‘g‘irchoq ham berish kerak.
Ikki yoshli bolaga katta rangli koptok, 7–8 tali piramida,
yumshoq o‘yinchoqlar berish kerak. Bola ularni o‘g‘ziga
sololmaydi, lekin ular bilan osongina birga uxlaydi. Katta
plastmassa mashina yoki quticha bola o‘ynab bo‘lgach o‘z
o‘yinchoqlarini solishi uchungina emas, bolada tartiblilik,
mustaqillik odatlarini hosil qilish uchun muhimdir. Bu yoshda
bolaning shaxsiy o‘ynash joyi, o‘yinchoqlar saqlanadigan
joyi bo‘lishi lozim. Uch yoshli bolaning o‘yinchoqlari qatoriga
qurish, yasash o‘yinchoqlari, «Kinder-syurpriz» kabilarni
berish mumkin. Bola kattalar bilan birga yasab, ulardan turli
shakllar hosil qilar ekan bolada analiz-sintez kabi tafakkur
operatsiyalari shakllanadi. Bu yoshdagi bolalar katta ayiq, katta
qo‘g‘irchoqni talab qiladilar. Yana hayotiy o‘yinchoqlar asliga
o‘xshash bo‘lishini talab qiladilar. Masalan, limuzin mashinasi
albatta qora bo‘lishi kerak.

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin