CD-ROM disk yurituvchilarining tuzilishi. CD-ROM jamlovchilari musiqali disklar proigrivatellaridan asosan elektr signallar kodlarini ochadigan mikroprotsessori bilan farq qiladi. Tovushli proigrivatellarda kompakt-diskka yozilgan raqamli ma`lumotlar stereokuchaytirgichga keladigan anomanli elektr signallarga almashtiriladi. Bunda unchalik katta bo‘lmagan xatoliklarga yo‘l qo‘yiladi – asosiysi, ular odam quman‘i sezgirlik chegaralaridan tashqarida yotsa bo‘ldi. CD-ROM jamlovchisidan o‘qishda esa xatoliklar bo‘lishi mumkin emas. Har bir bit mutlaqo aniq o‘qilishi lozim, shuning uchun CD-ROM diski butun hajmining ancha qismini xatoliklar korrektsiyasi kodlari ( Error Correcting Code -ECC) egallaydi. Ular yordamida ko‘pchilik hollarda noto‘g‘ri o‘qilgan ma`lumotlarni topish va to‘g‘rilash mumkin, bu esa adashishlar ehtimolligini qoniqarli miqdorgacha pasaytirish imkonini beradi.
Quyida CD-ROM jamlovchisi ishlash algoritmi keltirilgan:
Yarim- o‘tkazgichli lazer (6.9-rasm) kam quvvatli infraqizil nurli generatsiyalaydi, u akslantiruvchi oynaga tushadi.
Servodvigatel o‘rnatma mikroprotsessordan kelayotgan buyruqlar bo‘yicha akslantiruvchi oynali harakatlanuvchi karetkani kompakt-diskdagi kerakli yo‘lkaga keltiradi.
Ajratuvchi prizma akslangan (qattiq) nurni boshqa fokuslovchi linzaga yo‘naltiradi.
Bu linza qaytgan nurni fotodatchikka yo‘naltiradi, u yorug‘lik energiyasini elektr impulslariga aylantiradi.
Fotodatchikdagi kelgan signallar o‘rnatma mikroprotsessorda kodi ochiladi va kompyuterga ma`lumotlar shaklida uzatiladi
9-rasm. CD-ROM jamlovchining tuzilmasi.
Disk sirtiga belgilangan (tushirilgan) shtrixlar turli uzunlikka ega. Qaytgan nur intensivligi o‘zgarib boradi va shu bilan u mos ravishda fotodatchikka kelayotgan elektr signalini o‘zgartiradi. Ma`lumotlar bitlari signallarning yo‘qori va quyi chegaralari orasidagi o‘tishlar kabi o‘qiladi, ular har bir shtrixning boshi va oxiri sifatida yoziladi. Dastur fayllari va ma`lumotlar fayllari uchun har bir bit muhim bo‘lganligi sababli CD-ROM jamlovchilarida xatoliklarni topish va korreksiyalashning ancha murakkab algoritmlaridan foydalaniladi. Bunday algoritmlar tufayli ma`lumotlarni noto‘g‘ri o‘qish ehtimolligi 11025 ga teng. Boshqacha aytganda, ikki kvadrillion disk bexato o‘qiladi, bu esa balandligi ikki milliard kilometr atrofida bo‘lgan kompakt-disklar taxlamiga mos keladi. Bu xatoliklarni korrektsiyalash usullarini amalga oshirish uchun har bir 2048 ta foydali baytga 288ta nazorat baytlar qo‘shiladi. Bu esa haddan tashqari zararlangan ma`lumotlar ketma-ketligini uzunligi 1000 bitgacha xatolik telash imkonini beradi. Xatoliklarni topish va korrektsiyalashning bunday murakkab usullaridan foydalanish, birinchidan, kompakt-disklar tashqi ta`sirlarga ancha sezgirligi bilan, ikkinchidan esa bu kabi tashuvchilar boshidan boshlab aniqligiga talablar yo‘qori bo‘lmagan tovush signallarini yozish uchungina yaratilganligi bilan bog‘liqdir.