Disketa va disk yu rutuvchilar



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə8/21
tarix24.06.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#134775
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21
SAMANDAR DIPLOM

Magnit kallaklar
O‘qish-yozish kallaklari diskli jamlovchining eng muhim elementlari jumlasiga kiradi. Vinchester kallaklarining ish tamoyili oddiy magnitofon kallaklarining ish tamoyiliga o‘hshash, biroq ularga magnitofon kallaklariga qaraganda ancha qattiq talablar qo‘yiladi. Diskli jamlagichlarning kallaklari o‘zlarining o‘lchamlari kichikligi bilan ajralib turadi.
Kallak disk sirtidan doimo biror masofada (0.13mkm atrofida) turadi, bu masofa diskning tez aylanishida havo oqimi hosil bo‘lishi hisobiga ta`minlanadi (kallak “o‘chadi”). Kallak sirti va disk orasidagi bo‘shliqning kamayishi o‘qishda signalni kuchaytiradi va yozuv tokini kamaytirish imkonini beradi, biroq qurilmaning tebranishlar va zarblarga turg‘unligini juda pasaytiradi. Shunga qaramasdan, disk va kallak orasidagi bo‘shliqlarni kamaytirish bo‘yicha ishlar vinchester ishlab chiqaruvchi yetakchi korxonalar tomonidan davom ettirilmoqda va istiqbolga yaqin besh yillar ichida 0.05 mkmga yetkazilishi bashorat qilinmoqda. Kallak bilan disk sirti orasida bo‘shliqning mavjudligi kompyuter o‘chirilganda disk sirti va kallak mexanik tutashganda ularning zararlanishining oldini olish uchun kallaklarni parkovka qilinishini ( ularni ishchi sirti doirasidan tashqariga ko‘chirishni) talab etadi. Eski qurilmalarda kallaklarni parkovkalash uchun maxsus dasturlardan foydalabish lozim edi ( ularni kompyuterni uzishdan oldin ishga tushirilar edi ), zamonaviy vinchesterlar tok ta’minoti uzilganda kallaklarni disklarning ishchi sohasidan tashqariga avtomatik ko‘chiradi.
Kallaklar yuritmasi
Magnitli kallaklar yuritmasi qurilmasi (head positioner) vinchesterning eng muhim qismlaridan biridir. Qurilmaning ish tezligi foydalanilayotgan yuritmaning tipiga bevosita bog‘liqdir – yuritma vinchesterning ushbu eng muhim parametrini – kallaklarning ma`lum vaziyatda turish (positsiyada turish) vaqtini (seek time) ta`minlaydi. Kallaklarni ko‘chirish uchun odatda qadamli yo‘qori aniqlikda positsiyalanishini ta`minlovchi qadamli dvigatellar ishlatiladi. Yuritmalarning ikkita turli varianti: chiziqli va burilishli yuritmalar mavjud. Burilishli yuritmalarda kallaklar aylana yoyi bo‘ylab odatdagi elektroproygrivateldagi kabi ko‘chadi, chiziqli yuritma kallaklarning disk radiusi bo‘yicha ko‘chishini ( biror vaqt oldin rusum bo‘yicha tangensial tonarmli proygrevatel kabi) ta`minlaydi. Chiziqli yuritmaning afzalligi shundaki, magnitli kallakning bo‘shlig‘i doimo yo‘lkaga perpendikulyar va yo‘lkalar orasidagi masofa doimiy bo‘lib saqlanadi, burilishli yuritmalar inersiyalilik kamroq bo‘lishini va uning oqibatida tezroq positsiyalanishini ta`min etadi. Bundan tashqari, burilmali yuritmalar aniq muvozanatlashishi sababli zarblar va tebranishlarga nisbatan ko‘proq turg‘undir. Kallaklarning tez positsiyalanishini ta`minlash uchun zamonaviy disk qurilmalarida servoyuritmalarning xizmatchi axborotni disklarning ajratilgan sirtlariga yoki ishchi sirtlariga yozadigan turli variantlari qo‘llaniladi.
Vinchesterning o‘rnatma nazoratchisi (boshqarish platasi).
Har bir diskda disklar bloki va yuritmasidan tashqari bosma plata o‘rnatilgan bo‘lib (u odatda tagiga mahkamlanadi), u kallaklar va disklar yuritmalarini boshqarish, shuningdek, yozish-o‘qish signallarini ko‘chaytirishni ta`minlaydi. Bundan tashqari, bu platada kallaklarni boshqarish buyruqlarini deshifratori, stabillashtirish (turg‘un qilish) sxemalari va boshqalar o‘rnatilgan. Energy star dasturi doirasida tayyorlanayotgan zamonaviy vinchesterlarda, shuningdek, disklar yuritmalari qurilmasiga so‘rovlar bo‘lmaganda bu yuritmaning uzilishini va boshqa energiya tejash vazifalarini ta`minlaydigan qurilma ham bor.



Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin