FAT16 va FAT32 uchun klasterlar o‘lchamlari
Disk o‘lchami
|
FAT16 klasteri o‘lchami
|
FAT32 klasteri o‘lchami
|
32 Mbaytgacha
|
512 bayt
|
Qo‘llanilmaydi
|
33 – 64 Mbaytgacha
|
1 Kbayt
|
Qo‘llanilmaydi
|
65 -128 Mbaytgacha
|
2 Kbayt
|
Qo‘llanilmaydi
|
129 - 255 Mbaytgacha
|
4 Kbayt
|
Qo‘llanilmaydi
|
256 - 511 Mbaytgacha
|
8 Kbayt
|
Qo‘llanilmaydi
|
512-1023 Mbaytgacha
|
16 Kbayt
|
4 Kbayt
|
1024-2047 Mbayt (2 Gbayt)
|
32 Kbayt
|
4 Kbayt
|
2048-8192 Mbayt (8 Gbayt)
|
Qo‘llanilmaydi
|
4 Kbayt
|
8193-16384 Mbayt (16 Gbayt)
|
Qo‘llanilmaydi
|
8 Kbayt
|
16385-32768 Mbayt (32 Gbayt)
|
Qo‘llanilmaydi
|
16 Kbayt
|
32 Gbaytdan yo‘qori
|
Qo‘llanilmaydi
|
32 Kbayt
|
Magnit diskning birinchi yo‘lkasi (nolinchi yo‘lka) xizmat yo‘lka hisoblanadi. – unda xizmatchi axborot saqlanadi. Masalan, bu yo‘lkada fayllarning joylashish jadvali (FAT – jadval) deb ataladigan axborot saqlanadi. Bu jadvalda kompyuter yozilgan fayllarning manzillarini xotirada saqlab qoladi. Agar bizga biror fayl kerak bo‘lsa, kompyuter uning nomi bo‘yicha bu jadvaldan silindr nomerini va sektor nomerini topadi, shundan so‘ng magnit kallak kerakli vaziyatga o‘tadi, fayl o‘qiladi va ishlov berish uchun operativ xotiraga yuboriladi.
Agar fayllarning joylashish jadvali biror sababga ko‘ra zararlangan bo‘lsa, diskdagi axborot yo‘qolishi mumkin. Shu sababli fayllarning joylashish jadvali takrorlanadi (ikki karra yoziladi). Uning nusxasi mavjud bo‘lib, har qanday zararlanishda ham, kompyuter bu jadvalni o‘zi tiklaydi. FAT = jadvalning o‘lchami cheklanganligi uchun o‘lchamlari 32 Mbaytdan yo‘qori bo‘lgan disklar uchun har bir alohida sektorni manzillash imkoni bo‘lmaydi. Shu sababli bu sektorlar guruhlarini shartli ravishda klasterlarga birlashtiriladi. Klaster ma’lumotlarga nisbatan eng kichik manzillash birligidir. Klaster o‘lchami, sektor o‘lchamidan farqli o‘laroq, belgilanmagan (tayinlanmagan) bo‘lib, u disk sig‘imiga bog‘liq. Diskda, sig‘imiga bog‘liq ravishda ikkita FAT = jadvaldan bitta jadval yaratish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |