Stol tennisida hakamlar va ularning vazifalari.
Stol tennisida har bir uchrashuvni hakamlar tarkibi boshqarib boradi
va bu tarkibga
bosh hakam, stol yonidagi hakamlar va kotib kiradi
.
Bosh hakamning vazifasi
Bosh hakam o„yin jarayoni boshlanganidan to yakunlanishiga qadar uni
boshqarib boradi. U shu o„yinda ishtirok etayotgan barcha hakam va
o„yinchilarga rahbarlik qiladi. Uning qarori hal qiluvchi kuchga ega. Bosh
hakam qolgan hakamlar qarorini noto„g„ri
deb topsa, uni bekor qilish
huquqiga ega. Agar biror hakam vazifasini uddalay olmasa,
bosh hakam
uning vazifasini o„z zimmasiga olishi mumkin. Bosh hakam chiqargan
qarorni muhokama qilishga yo„l qo„yilmaydi. Jamoa sardori iltimosiga ko„ra
o„z qaroriga izoh berish mumkin. Bosh hakam o„yindan oldin maydon, stol
tennisini va boshqa uskunalar holatini nazoratdan o„tkazadi. Jamoa
sardori
bilan qur‟a tashlashni uyushtiradi. O„yin davomida faqat bosh hakam
quyidagilar bo„yicha qaror chiqarish huquqiga ega; tennis to„pini
kirituvchi
jamoa a‟zolarining joylashishi bo„yicha xatosi bo„lsa, jamoalarni
ogohlantirishi, jazolashi mumkin. Tennis to„pini kirituvchining xatosi, to„r va
stol ustida ro„y beradigan xatolarni nazorat qilayotgan
stol yonidagi hakam
noto„g„ri qaror chiqarganda uning qarorini bekor qilish huquqiga egadir.
Dostları ilə paylaş: