Dizel yonilg‘isining asosiy sifati bo‘lib, uning o‘z-o‘zidan alangalanish xususiyati xisoblanadi. Bu xususiyat dizelning yurgizib yuborishga, yumshoq yoki qattiq ishlashiga ta’sir qiladi.
YOnilg‘ining bu xususiyatini aniqlashda tekshirilayotgan yonilg‘ini va xususiyatlari ma’lum bo‘lgan etalon yonilg‘ini maxsus dvigatelda sinash usulidan foydalaniladi (oktan sonini aniqlash kabi). YOnilg‘ining bunday xususiyatini -setan soni deyiladi.
Dizel yonilg‘isining setan soni deb, maxsus sinash dvigatelida tekshirilganda shu yonilg‘ining o‘z-o‘zidan alangalanishi, etalon yonilg‘ining shunday xususiyatiga tenglashgandagi etalon tarkibidagi setanning xajmi bo‘yicha foiz miqdoriga aytiladi.
Setan sonini aniqlashda etalon yonilg‘i sifatida 2 xil uglevodorod aralashmasidan tayyorlanadigan suyuqlik ishlatiladi.
Birinchisi - setan, yoki (shu uglevodorodning boshqacha nomi), parafinli qatorda 16-raqamli S16 N34-normal geksodekan. Bu uglerod juda tez parchalanadi va oksidlanadi; yonish oldidagi I-davri juda qisqa bo‘lganligi uchun, yonish xossasi-setan sonini 100 birlik, deb olingan.
Setanning struktura formulasi:
ko‘rinishida bo‘ladi,
Ikkinchisi-alfametilnaftalin-S10N7SN3-2ta kondensirlangan benzol xalqali yadroga ega bo‘lgan aromatik uglevodorod. Bu yonilg‘ining o‘z-o‘zidan alangalanishi (oksidlanishi) qiyin bo‘lib, yonish jarayonidagi I-davr uzoq davom etadi (yoki umuman alangalanmaydi). SHuning uchun uning setan sonini “O” birlik deb qabul kilingan. -metilnaftalin molekulaksining kimyoviy strukturasi:
shaklida bo‘ladi.
Setan sonini yaxshi tushunish uchun misol keltiramiz: yonilg‘ining setan soni 45 bo‘lsa, uning o‘z-o‘zidan alangalanishi xossasi -45% setan va 55% alfametinnaftalin aralashmasining alangalanishi xossasi bilan bir xil degan ma’noni bildiradi (bu yonilg‘i tarkibida 45% setan bor degani emas).