Djuraeva shaxnoza Numanovna


O’QUVCHILARNI KASBGA YO’NALTIRISH TIZIMI



Yüklə 224,66 Kb.
səhifə2/4
tarix06.02.2023
ölçüsü224,66 Kb.
#83148
1   2   3   4
Mehnat talimi kasb tanlashga yollash darslarida amaliy darslarni tashkil qilish metodikasi.

O’QUVCHILARNI KASBGA YO’NALTIRISH TIZIMI





2.Kasbiy diagnostikaning mohiyati va uslublari
O’quvchi shaxsini har tomonlama psixologik-pedagogik o’rganish davomida u bilan birga kasb tanlashga tayyorlashning oqilona yo’llarini topish kerak. Bu jarayon o’quvchiga maktabda ta’lim berilayotgan dastlabki yillarda maxsus dastur
bo’yicha amalga oshirilishi lozim.
O’quvchilar shaxsini o’rganish uning hamma jihatlarini: yo’nalishi, qobiliyati, xarakteri, temperamentini qamrab olishi zarur.
Yo’nalish hayotning nurli tomonlariga shaxsning munosabatlarini, uning ma’naviy-axloqiy xislatlarini birlashtiradi. U bevosita tabiiy asosga ega emas, balki tarbiya jarayonida shakllanadi. U qiziqishlar, moyilliklar, e’tiqod, niyatlarni o’z ichiga oladi.
Pedagog o’quvchilarda kasb faoliyatiga qiziqish borligi to’g’risida ularning biror bilim sohasini tanlab mo’ljallanayotganligi, uning predmet tomoni muayyan kasb faoliyati sohasiga ijobiy emotsional reaktsiyasiga qarab hukm chiqarish mumkin.
Moyillik deganda o’quvchining tanlayotgan sohasiga munosabati o’zgarmasligi, konkret amaliy faoliyatga intilishi (kuch sinab ko’rishi) tushuniladi. O’quvchining o’z tashabbusi bilan o’quv faoliyati, sinfdan tashqari ishlarda hammadan ko’proq qiziqib shug’ullanishiga qarab moyilliklari to’g’risida hukm chiqariladi.
Kasbiy niyatlar deganda shaxsning konkret kasb egallash va tegishli ma’lumot olishga qat’iy intilishlari tushuniladi.
Shaxsning yana bir jihati qobiliyatidir. Psixologiyada qobiliyatlar shaxsning individual-psixologik xususiyatlari sifatida ta’riflanib ancha samarali mehnat faoliyatining sharti hisoblanadi. Faoliyat muvaffaqiyatli va o’ziga xos tarzda olib borilayotgan bo’lsa, yangi bilim va ko’nikmalar tez o’zlashtirilayotgan bo’lsa, qobiliyatlar bor ekan deyiladi. Qobiliyatlar mehnatda shakllanib boradi.
Odamning psixik xususiyatlarini jami, atrofdagi hayotga psixik reaktsiyasining individual tipi xarakter hisoblanadi. U odam o’ziga, boshqa kishilarga, topshirilgan ishga, buyumlarga qanday munosabatda bo’lishida namoyon bo’ladi. Xarakter shaxsning tug’ma xislati emas, u odamlarning faoliyati sharoitida shakllanadi va tarbiyaga bog’liq bo’ladi.
Temperament odam psixik jarayonlarining kechishi dinamikasini bildiradi. Uning fiziologik asosi qo’zg’alish va tormozlanish jarayonlarining kuchliligi yoki
zaifligi, vazminligi, harakatchanligi yoki sustligi bilan xarakterlanadi.
Shuni ta’kidlash kerakki, temperament tug’ma xislatlar bilan belgilangan bo’lsada, individning butun hayoti davomida o’zgarmas bo’lib qolmaydi. Har qanday temperament shaxsning butun ijtimoiy ahamiyatli xislatlarining rivojlanishiga monelik qilmaydi, Biroq har bir temperament shakllanishning o’ziga xos yo’l va usullarini talab qiladi. Temperament, shuningdek, o’smir shaxsining o’ziga xos rivojlanishidagi shartlardan birini tashkil etadi.
Shaxsning hamma jihatlari maktabda psixologik-pedagogik metodlar yordamida o’rganiladi.
Shaxsning o’ziga xos xususiyatlarini diagnostika qilish kompleks metodlari quyidagilarni o’z ichiga oladi:
-dars va sinfdan tashqari ishlarda kuzatish;
-individual suhbatlar;
-differentsial-diagnostik so’rov (rus olimi E.A.Klimovning differentsial- diagnostik so’rovi bo’yicha).
Mazkur metodlar yordamida olingan hamma ma’lumotlar “Kasb maslahati kartasi”da umumlashtiriladi. Kartada maxsus ajratib ko’rsatilgan parametrlar bo’yicha o’quvchining shaxs xususiyatlari qayd qilinadi. Qaysi qiziqishlari, turg’un xarakter xususiyatlari ko’pligiga o’qituvchi kasb tanlashda o’quvchining yo’nalishi to’g’risida dastlabki xulosani chiqaradi.
Kuzatish doimiy olib boriladi. O’quvchi bilimlarining muayyan sohasiga bo’lgan o’z qiziqishi va moyilliklarining rivojlantirishi borasida harakatlari borligi yoki yo’qligi, uning kasb tanlash muammolari muhokama qilinayotgan paytdagi faolligi, o’quv va ijtimoiy foydali ishda umumiy mehnat ko’nikmalarini namoyon etishi hisobga olinadi.
Situativ bilish va kasbga qiziqish o’rganishga beqaror munosabat sifatida namoyon bo’ladi, ya’ni o’quvchi biror ishni asosan o’qituvchi yoki ustaning bevosita nazorati ostidagina bajaradi. Unda analiz, sintez va umumlashtirish ko’nikmalari ko’rinmaydi, iroda kuchi rivojlanmagan bo’ladi, o’quvchi o’zining kelajakdagi kasbiga loqayd qaraydi, kasbiy faoliyat uchun zarur bilim, ko’nikma
va malakalarni o’zlashtirishga ehtiyoj sezmaydi hamda intilmaydi. Unda faqat eng oddiy amaliy ishlarga, asosan, tasodifiy va qisqa muddatli qiziqish namoyon bo’ladi. Odatda o’quvchi dars davomida (xususan, nazariy mashg’ulotlarda) passiv, tashabbussiz bo’ladi, pedagogning, guruhdagi o’rtoqlarining ijobiy bahosiga sazovor bo’lish uchun harakat qilmaydi, pedagogning faoliyatga da’vatidan yetarli darajada ta’sirlanmaydi. Unda emotsional jo’shqinlik sezilmaydi va u vaziyatga bog’liq holda imtizomsizlikka yo’l qo’yadi.
Beqaror bo’lish-kasbiy qiziqish u yoki bu o’quv faniga, faoliyat turiga yetarli darajada qiziqmaslik, kasbni egallash uchun nazariy bilimlarning rolini yaxshi bilmaslik, o’zining bilim va ko’nikmalariga ishonmaslik bilan ifodalanadi. Qiziqish bir faoliyat turidan boshqa faoliyat turiga go’yo ko’chib yuradi.
Bunday o’quvchilar ijobiy baho olishga tirishadilar, lekin buning uchun yetarlicha kuch sarflashga harakat qilmaydilar, ortiqcha kuch sarflamay, muayyan natijalarga osongina erishiladigan amaliy faoliyatga qiziqadilar. Shuningdek, ular mustaqillik, tashabbuskorlik, ijodkorlikni talab qiladigan ishlarni yoqtirmaydilar, o’zlarining bilim, ko’nikma va malakalarini takomillashtirishga ehtiyoj sezmaydilar. Darsda, ustaxonada, guruhda sodir bo’lgan voqealarga o’z munosabatlarini yetarli darajada bildirmaydilar. Ularning nazariy mashg’ulotlarga befarq qarashlari yaqqol ko’rinadi va shu bilan birga ular o’quv ustaxonalaridagi ishlarga ma’lum darajadagina qiziqadilar.
O’quvchilardagi barqaror bilim-kasbiy qiziqish uning barcha komponentlari asosli-extirosli, xususiy-kasbiy, aqliy, irodali qiziqishlar yetarlicha shakllangani bilan farq qiladi.
Mana shu toifaga kiradigan o’quvchilar o’zlarining kelajakdagi kasbkorlik faoliyatlari uchun eng muhim kasblar turkumidagi fanlarni, o’zlari uchun eng qiziqarli faoliyat turlarini yaxshi biladilar. Nazariy va ishlab chiqarish ta’limi darslarida faollik, mustaqillik ko’rsatadilar, pedagog qo’ygan maqsadga erishish uchun astoydil harakat qiladilar, o’z ishlarining natijalariga va ularning pedagog tomonidan qanday baholanishiga doimo qiziqadilar, o’qituvchiga murojaat etib, undan yordam so’raydilar, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirishda qat’iyatlilik
ko’rsatadilar.
Qo’yilgan talablarni qiyin-qistovsiz bajaradilar, intizomsizlikka yo’l qo’ymaydilar.
Ongli bilim kasbiy qiziqishning yaqqol ifodalanishi, o’rganilayotgan kasbga chinakam berilish bilan ifodalanadi.
Bunday toifadagi o’quvchilar bilim, ko’nikma va malakalarini mukammal o’zlashtirishga intilishlari, nazariy bilimlarni egallash uchun astoydil va qat’iy harakat qilishlari bilan ajralib turadilar.
Mazkur o’quvchilarning ta’lim olishdagi yetakchi motivlari o’rganilayotgan kasb bo’yicha yuqori malakaga erishish zarurligini anglashdir, shuningdek, ular o’z tengqurlaridan yuksak darajadagi aqliy malakalari, qiziqish doiralarining kengligi, mustaqillik va ijodkorlik ko’rsatishga intilishlari bilan farqlanadilar. Ularning darsdagi bilish faolligi yaqqol ko’rinadi. Bunday o’quvchilar mehnat natijalarini baholash mezonlarini ham aniq biladilar. Ko’pincha o’qishda, va ishda yaxshi natijalarga erishadilar. Ulardagi bilimlar, amaliy ko’nikma va malakalarning hajmi, saviyasi kasb va malaka razryadi talablariga javob beradi.
Ehtiyoj, bilish, kasbiy qiziqish tarkib topishi jarayonining natijasi sifatida
vujudga keladi. Ehtiyoj o’rganilayotgan kasb bilan bog’liq faoliyatga moyillikda namoyon bo’ladi. Shuningdek, mehnatga kasbiy va psixologik jihatlardan tayyorgarlik darajasini ifodalaydi. Darsda hosil bo’lgan bilish-kasbiy qiziqishning belgilari o’quvchilardagi qiziqishning u yoki bu darajasini aniqlashda, ana shu qiziqishning dinamikasini kuzatish, shaxsning tashqi o’zgarishlarini qayd etib borish imkonini beradi. O’quvchilarni yanada chuqurroq o’rganish uchun boshqa metodlardan ham foydalaniladi.
Anketa tarqatish. Anketa yordamida o’quvchilarning ko’proq nimalarga qiziqishi va moyilliklari, kasbga oid intilishlari, o’z individual xususiyatlarini bilishi, kasbga oid mo’ljallari aniqlanadi.
Ota-onalar uchun anketalar mazmuni bolalarining nima bilan qiziqishini bilishi, ota-onalar ularning qobiliyatlariga qanday baho berishi, uy-ro’zg’orda qanday darajada qatnashishi, shuningdek, ota-onalarning o’z farzandlari kasb
tanlashidagi rolini aniqlashga qaratilgan.
Suhbat anketa tarqatish va kuzatish paytida olingan ma’lumotni aniqlab olish va to’ldirish uchun kerak. Suhbatda o’quvchining kasbiy niyati, qiziqishlari, moyilliklari, qobiliyatlari, xarakter xususiyatlari, kasb yo’lini tanlashga bundan keyingi tayyorlanish yuzasidan maslahat va tavsiyalarga xozirligini aniqlashga asosiy e’tibor beriladi.
Kasbga yo’naltirish bo’yicha olib boriladigan ish pedagog va vrachning, albatta, birgalikda ish ko’rishini nazarda tutadi. Maktab o’quvchilari tanlayotgan kasbga ularning sog’ligi to’g’ri keladimi-yo’qmi ekanligini oldindan bilishlari kerak.
Salomatlik to’g’risidagi ma’lumotlar quyidagilarni o’z ichiga oladi:

    1. Kasallik yo’qligi to’g’risida xulosa;

    2. Surunkali kasalliklar mavjudligi;

    3. Muayyan kasblarga to’g’ri kelmaydigan kasalliklar ro’yxati.

Differentsial-diagnostik so’rov qog’ozidan o’quvchilar qaysi kasb faoliyati sohasini tanlashini aniqlash uchun foydalaniladi. U inson mehnat faoliyatining turli sohalari to’g’risidagi 20 ta savolni o’z ichiga oladi.
Nazorat uchun savolar:

  1. Yo’nalish qanday xislatlarni o’zida birlashtiradi?

  2. Qiziqishni qanday bilimlar orqali aniqlash mumkin?

  3. Moyillik, niyat va qobiliyatning o’zaro bog’liqligi nimada?

  4. Xarakter va temperamentning kasb tanlashdagi ahamiyati qanday?

  5. Qanday metodlardan foydalanib diagnostika ishlari amalga oshiriladi?

  6. Kasb maslahati kartasida qanday ma’lumotlar aks ettiriladi?

  7. Suhbat qanday maqsadlarda o’tkaziladi?

  8. Shaxsning kasbga moslashuvi deganda nimani tushunasiz?


Yüklə 224,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin