Dnk replikatsiyasi


- rasm. DNK-N-glikozilaza katalizlaydigan reaksiyalar



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə9/10
tarix17.05.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#115761
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2 мавзу бўйича маъруза матни

33 - rasm. DNK-N-glikozilaza katalizlaydigan reaksiyalar.

AP−endonukleaza ta’sirida uzilgan DNK zanjiri jarohatlangan uchastkalarni yo’qotadigan ekzonukleazalar ta’siriga duchor bo’ladi. Ba’zi holatlarda bu reaksiyani DNK−polimeraza Ining 5′−ekzonukleaza faolligi amalga oshiradi, fermentning polimerlovchi faolligi esa hosil bo’lgan bo’shliqni to’ldiradi. Agar boshqa ekzonukleazalar ishlasa ham bo’shliqni DNK−polimeraza I amalga oshiradi. Qolgan DNKdagi uzilishlarni DNK−ligaza biriktiradi.
DNK molekulasida bilinarli darajada hosil bo’ladigan jarohatlarnig reparatsiyasi boshqacha yo’l bilan amalga oshiriladi. Masalan, ultrabinafsha nurlari ta’sirida hosil bo’lgan timin dimerlarini maxsus ferment – endonukleaza UvrABC (qorong’uda fotoliaza ishlamaganda yoki DNKda jarohatlar juda ko’p bo’lganda) yo’qotadi. Bu nukleaza jarohatlangan uchastkalarining 5′−,3′− uchlaridagi fosfodiefir bog’larini uzadi. Hosil bo’lgan bo’shliqni DNK−polimeraza I to’ldiradi.
Shunday qilib, ekssizion reparatsiyada doimo bir xil prinsipdan foydalaniladi. DNKning jarohatlangan uchastkasi yo’qotiladi, keyin esa DNKni jarohatlanmagan komplementar zanjiri matritsasi asosida bo’shliq tiklanadi. Boshqacha qilib aytilganda, ekssizion reparatsiya DNKdagi ikkita o’zaro komplementar zanjirlar mavjudligiga asoslangan.
4.5 DNK rekombinatsiyasi
Rekombinatsiya deganda, DNK molekulasida uzilishlar va qayta ulanishlar evaziga paydo bo’ladigan yangi ketma-ketliklarning paydo bo’lishi ko’zda tutiladi.


Gomologik rekombinatsiya
Umumiy yoki gomologik rekombinatsiya barcha tirik organizmlarga (viruslardan to ko’p hujayrali eukariotlargacha) xos. Gomologik rekombinatsiyada DNKni gomologik, ya’ni juda o’xshash uchastkalari almashadi. Masalan, eukariotlarda meyozda gomologik xromosomalarning almashinishi, bakteriofag T4 DNKsi replikatsiyasining initsiatsiyasi gomologik rekombinatsiyaga oid hodisalar. Gomologik rekombinatsiya natijasida prinsipial yangi ketma-ketliklar yaratilmaydi, faqat ma’lum bo’lgan o’xshash ketma-ketliklar variantlari aralashtirilib olinadi. Boshqacha aytganda, umumiy rekombinatsiyada rekombinirlovchi molekulalarining o’xshash ketma-ketliklari o’zaro tanishilishi ta’minlanadi. Agar gomologiya mavjud bo’lmasa umumiy rekombinatsiya sodir bo’lmaydi.
DNKning rekombinatsiyalanuvchi molekulalari orasida gomologiya izlash qanday ta’minlanadi. Tabiiy taxmin qilish mumkinki, bu jarayonda turli rekombinatsiyalanuvchi duplekslarga oid bo’lgan DNK zanjirlari o’rtasidagi komplementar birikish amalga oshadi. Darhaqiqat, bu taxmin eksperimental ravishda tasdiqlandi, hozirgi vaqtda odatda, gomologik rekombinatsiya oraliq birikma–
Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin