Dominantseptakkord


DOMINANTSEPTAKKORDNING TAYYORLANISHI VA YECHILISHI



Yüklə 23,66 Kb.
səhifə3/5
tarix14.10.2023
ölçüsü23,66 Kb.
#155319
1   2   3   4   5
“DOMINANTSEPTAKKORD” VA UNING AYLANMALARI.

DOMINANTSEPTAKKORDNING TAYYORLANISHI VA YECHILISHI
Dominantseptakkord quyidagi akkordlar bilan tayyorlanadi, bular qatoriga barcha funksiya akkordlari kiradi: D, D6, T, T6, K64, VI, S, II6, II, S6. D7 ning D va, D6 bilan bog‘lanishida septima tovushi pog‘onama-pog‘ona harakat bilan kiritiladi. D uchtovushligi primasidan keyin pastlama harakatida kiritiladigan D7 ning septimasi o‘tkinchi septima deyiladi. Bu qo‘shilishda qolgan tovushlar o‘z joyida qoladi yoki aylanishadi. Shuningdek, D7 ning septima tovushi kvarta yoki septima yuqoriga yoki pastga sakrama harakat bilan ham kiritilishi mumkin. T, T6, K64, VI akkordlari D7 bilan asosan ravon harakatda qo‘shiladi. Bunda hosil bo‘lgan sof va kamaytirilgan kvinta ketma-ketligini qo‘llash mumkin. Shuningdek, septima kvarta va septima yuqori yoki pastga harakat yo‘li bilan ham kiritilishi mumkin. Bu sakrash teskari tarafga yechilish bilan mutanosiblashtiriladi. Ladning IV pog‘onasi — subdominantaning asosiy tovushi bir vaqtning o‘zida dominantseptakkordning septimasidir. Subdominanta akkordlarining dominantseptakkord bilan bog‘lanishida umumiy tovush o‘z o‘rnida qoladi. Shuning uchun D7ning septimasi tayyorlangan septima deyiladi. S - D7 izchilligida to‘liqsiz D7ni qo‘llash zarur, chunki to‘liq D7 bilan ravon ovoz yo‘nalishida garmonik bog‘lanishga erishish imkoni yo‘q.


DOMINANTSEPTAKKORDNING YECHILISHI
Dominantseptakkorddan so‘ng odatda tonika keladi. Bu lad tortilishlarining va dominantadagi dissonansli noohangdosh intervallarning ohangdoshlikka tabiiy yechilishidir. Yechilishda dissonans intervallar ohangdosh turg‘un intervallarga o‘tadi.

D7 yoki uning aylanmalarini yechish uchun, birinchi navbatda, uning septimasini to‘g‘ri yechish lozim. Qolgan tovushlar esa tovush yo‘nalishi qoidalariga mos holda ravon harakatlantiriladi.


D7 ning tonikaga yechilishidagi tartibi:
1. Septima tovushi bir pog‘ona pastga yo‘naladi.
2. Kvinta tovushi bir pog‘ona pastga yo‘naladi.
3. Tersiya tovushi bir pog‘ona yuqori, o‘rta ovozlarda tersiya intervaliga pastlama
yo‘nalishi mumkin.
4. Asosiy tovush tonikaning primasi dominanta primasiga kvarta yuqori yoki kvinta pastga o‘tadi.
To‘liq D7 to‘liqsiz, kvintasi tushirib qoldirilgan tonikaga yechiladi. To‘liqsiz D7 (kvintasi tushirib qoldirilgan, primasi juftlangan) to‘liq tonikaga yechiladi. Dominantseptakkordning tonikaga yechilishida sakramalar ham asosan sopranoda bo‘lishi mumkin: tersiya tersiyaga, prima tersiyaga, prima primaga, kvinta primaga. Dominantseptakkord asosan o‘rta va xotima kadensiyada qo‘llaniladi. Ko‘pincha badiiy adabiyotda xotima kadensiyalarda to‘liqsiz dominantseptakkordning tonikaga yechilishini qarama-qarshi yoki parallel oktavalar bilan kuzatish mumkin.


Yüklə 23,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin