Donli xom ashyolarni pishirish texnalogiyasi



Yüklə 22,23 Kb.
səhifə4/5
tarix02.06.2023
ölçüsü22,23 Kb.
#124041
1   2   3   4   5
Donli xom ashyolarni pishirish texnalogiyasi.

Makkajo 'xori

dunyoda

don

tayyorlashda bug'doy va sholi bilan bir
galikda birinchi o'rinlarni egallaydi.







Qulay

sharoitlarda

yetishtirilganda,

juda serhosil o'simlik bo'lib, 1 ga maydondan 50 s gacha don olish mumkin.
Makkajo'xori so'tasi g'ovak tayoqchadan va unga mahkamlangan
400-600 ta dondan iborat. Yetilgan so'ta massasining 22-25 % i g'ovak
tayoqchaga, 75-78 % i don hissasiga to'g'ri keladi. Makkajo'xori donining kimyoviy tarkibi o'rta hisobda quyidagilardan: 14% suv, 9,3-11,9% oqsillar, 63,6-69,4% uglevodlar, shu jumladan 54,3-59,8% kraxmal, 4,0-5,9% yog'lar, 2,0-2,7% selluloza, 1,1- 1,6% mineral moddalardan tashkil topgan. Jahonda yetishtirilayotgan
makkajo'xorining 25 % ga yaqini bevosita ovqatlanishda ishlatiladi.
Makkajo'xori kraxmal-patoka sanoatida tabiiy va modifikatsiyalangan
kraxmal, patoka, glukoza va boshqalarni ishlab chiqarishda xomashyo
sifatida ishlatiladi. Tariq, sholi, grechixa qariyb butunlay yormalar olishda ishlatiladi, shuning uchun ular, odatda, yarma a'simliklari deb nomlanadi.
Tariq qurg'oqchilikka chidamli muhim yorma o'simligidir. Tariqdan
olinadigan yorma sa'k deb ataladi. Shuning bilan birga tariq spirt ishlab
chiqarishda ishlatiladigan solod tayyorlashda qo'llaniladi. Tariq doni
kichik, tuxumsimon, ba'zida qariyb yumaloq shaklda, diametri 2 mm ga
teng. Tariq doni tashqarisidan silliq, ammo juda qattiq bo'lgan don
massasining 16 % ini tashkil qiluvchi gul qobig'i bilan o'ralgan. Tariq
o'zagi oq rangdan och-sariq ranggacha bo'lib, shaffof yoki unsimon
bo'ladi. Tariq donining kimyoviy tarkibi 14% suv, 11,2 % oqsillar, 60,7 %
uglevodlar, shu jumladan 50,4 % kraxmal, 3,8 % yog'lar, 7,9 % selluloza,
2,9% mineral moddalardan iborat.

Grechixa- grechixasimonlar

oilasi




ga mansub (1.6-rasm). Grechixa
don olish uchun va asal olinadigan







o'simlik

sifatida

yetishtiriladi.

Grechixa mevalari turli rangdagi







uchburchaksimon

yong'oqchalardan




iborat. Po'stlog'idan ajratilgan meva,
mag'iz deb ataladi va yorma sifatida
ishlatiladi. Grechixa yormasi juda

1.6-rasm. Grechixa mag'zining kesimi
a - ko'ndalanglga; b - uzunasiga.




mazali xususiyatga ega, tarkibida yuqori miqdorda selluloza va mineral
moddalar mavjud, grechixa oqsillari aminokislota tarkibiga ko'ra qiymatli
bo'lib, bu uni parhezbop ovqatlanishda ishlatish imkonini beradi. Grechixa
donining o'rtacha kimyoviy tarkibi 14 % suv, 11,6 % oqsillar, 59,5 %
uglevodlar, shu jumladan, 54,9 % kraxmaldan, 2,3 % yog'lar, 10,8 %
selluloza, 1,8 % mineral moddalardan iborat. Shali asosiy va qadimiy donli ekinlar qatoriga kiradi. Dunyo miqyosida don yetishtirishda sholi bug'doydan so'ng ikkinchi o'rinda turadi. Sholi, asosan, yorma (guruch) tayyorlashda, maxsus maqsadlar
uchun ishlatiladigan un va kraxmal ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Guruch yormasi yuqori mazali xususiyatlarga ega va oson
hazm bo'ladi. Bu esa uni parhezbop va bolalar ovqatlanishining
almashinmaydigan tarkibiy qismi bo'lishini ta'minlaydi. Sholi doni
pardali bo'lib, tashqarisidan don massasining 20 % ini tashkil qiluvchi
qo'pol gul qobig'i bilan o'ralgan. Qobiqlarning rangi turlicha-oq-sariq,
to'q jigarrang, qizil rangda bo'ladi. Sholi donining o'rtacha kimyoviy
tarkibi: 14 % suv, 7,3 % oqsillar, 63,1% uglevodlar, shu jumladan 55,2 %
kraxmal, 2,0 % yog'lar, 9,0 % selluloza, 4,6 % mineral moddalardan
iborat. Donni saqlash. Don yetishtiriladigan hududlarda donni saqlash
mexanizatsiyalashtirilgan omborxonalarga ega don qabul qilish maskanlarida, shuning bilan birga, donni iste'mol qilish va qayta ishlash joylarida
(tegirmonlar va yorma ishlab chiqariladigan korxonalar qoshida) katta
quvvatli e1evatorlarda amalga oshiriladi. Bu korxonalar donquritgichlar
va faol shamollatish qurilmalari bilan jihozlangan. O'rib olinganidan
so'ng birdaniga omborxonalarga ke1tirilgan donda o'rib olishdan keyingi
yeti/ish jarayoni
deb ataluvchi faol biologik jarayonlar sodir bo'ladi.
Bu jarayonning davomiyligi don o'simligining turi va navi, uni saqlash
sharoitlariga qarab 2-3 kundan 10-16 kungacha davom etadi. Tozalangan
don quritilganda va shamollatiladigan omborxonalarda saqlanganda
yetilish jarayoni tezlashadi. Yangi o'rib olingan va hali yetilmagan
don kislorodni yutib, uglerod ikki oksidi, suv va issiqlik chiqarib faol
nafas oladi. Bir vaqtning o'zida zaxira uglevodlar, oqsil moddalar va
yog'larning shakllanishini tugallovchi jarayonlar sodir bo'ladi. Bunda
qand, oqsilmas azot, erkin yog' kislotalarining miqdori kamayadi,
kraxmal, oqsil va yog'lar miqdori ortadi. O'rib olishdan keyingi yetilish
jarayonida chuqur sifat o'zgarishlari sodir bo'ladi. Don odatdagi unish
xossalariga, uzoq muddat saqlashga yaroqli bo'ladi, uning texnologik
xossalari yaxshilanadi. Quruq, toza, to'liq yetilgan don qulay sharoitlarda
oziqaviylik qiymati va texnologik xossalarini yo'qotmasdan uzoq muddat
saqlanishi mumkin.

Yüklə 22,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin