Dori moddasining kimyoviy tuzilishi bilan uning organizmga tasiri orasidagi bog'liqlik


Ma’ruza 2 Umumiy farmakologiya. Dori moddalarining farmakodinamikasi Dori moddalarining ta’sir mexanizmi



Yüklə 0,95 Mb.
səhifə2/8
tarix04.05.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#107393
1   2   3   4   5   6   7   8
Analitik usullar validatsiyasi Titrimetrik usullar validatsiyasi

Ma’ruza 2
Umumiy farmakologiya. Dori moddalarining farmakodinamikasi Dori moddalarining ta’sir mexanizmi
Ma’lumki, dori moddalarining shifobaxshligini, ularning ta’sirini aniqlash oson, lekin shu ta’sir sababini – mexanizmini aniqlash ancha mushkul.
Dori moddalarning ta’sir mexanizmi biomolekulyar, membranalar,
resteptorlar darajasida aniqlanadi. Xozirgi kunda qo’lanib kelayotgan bazibir dori moddalarining ta’sir mexanizmi oxirigacha aniqlanmagan. Lekin shunga qaramay, mavjud ma’lumotlarga ko’ra dori moddalarining quyidagi ta’sir mexanizmlarini keltirish mumkin. 1. Dori moddalari organizmdagi normal moddalar almashinuvi maxsulotlari (gormonlar, vitaminlar, nerv impulslarini o’tkazishda ishtirok etadigan mediatorlar)
ga kimyoviy jixatdan o’xshash bo’ladi, yuborilganda organizmda ushbu maxsulotlar ishtirok etadigan kimyoviy jarayonlarga kirishib, ular o’rnini bosishi va tegishli fiziologik faoliyatni keltirib chiqarishi mumkin. 2.
Ko’pgina dori moddalari organizmdagi normal moddalar almashinuvi
jarayonida xosil bo’ladigan metabolitlarga kimyoviy jixatdan o’xshab ketadi, shu tufayli ular ushbu metabolitlar o’rnini egallab oladi, biokimyoviy jarayonlarni to’xtatib qo’yadi, tabiiy almashinuv metabolitlari bilan raqobatda bo’ladi. Bu xolat raqobat mexanizmi deb ataladi va farmakologiyada axamiyati g’oyat katta. 3. Dori moddalari o’zining fizik- kimyoviy xossalariga ko’ra xujayra oqsillariga ta’sir ko’rsatadi, ularning eruvchanligini o’zgartiradi, oqsil molekulasining tuzilishida yanada nozikroq o’zgarishlarni yuzaga keltiradi. Natijada xujayra faoliyati vaqtincha buzilishi va xatto xujayralar xalok bulishi mumkin. Kupincha mikroblarga karshi dori moddalarining ta’sir mexanizmi shu tariqa ro’y beradi. 4. Dori moddalari fermentlar – xolinesteraza, monoaminoksidaza faoliyatini kamaytirib, organizmdagi tabiiy mediatorlarni parchalanishdan saqlab qoladi va ularning ta’sirini oshirib yuboradi. 5. Dori moddalari xujayradagi asosiy elektrolitlar tarkibini – Na, K, Ca, Mg ionlari nisbatini, ya’ni fermentlar,
oqsillar va boshqa xujayra elementlari ta’sirining yuzaga chiqadigan muxitini o’zgartiradi. Shu tufayli xujayralar kuzgaluvchanligi, mushak tolalarining qisqaruvchanligi o’zgaradi. Ba’zan biokimyoviy jarayonlar izdan chiqadi. Masalan, siydik xaydovchi moddalar, ba’zi antikoagulyantlar, yurak glikozidlari va tabiiy elektrolitlarning xam ta’sir mexanizmi shu tarzda kechadi.

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin