Dori moddasining kimyoviy tuzilishi bilan uning organizmga tasiri orasidagi bog'liqlik


Dori moddalarning ta’sir va davolash turlari



Yüklə 373,59 Kb.
səhifə3/8
tarix29.03.2023
ölçüsü373,59 Kb.
#91093
1   2   3   4   5   6   7   8
DORI MODDASINING KIMYOVIY TUZILISHI BILAN UNING ORGANIZMGA TASIRI

Dori moddalarning ta’sir va davolash turlari.
1. Maxalliy ta’sir – dorining shifobaxsh ta’siri qo’yilgan, ishlatilgan joyida yuzaga chiqadi. 2. Rezorbtiv ta’sir – dori moddalarning qonga surilgandan keyingi (rezorbtion- surilish) ta’siri. Maxalliy xamda rezorbtiv ta’sir orqali dori moddalar bevosita, bilvosita xamda reflektor ta’sir kursatishi
mumkin. 3. Dori moddalar to’g’ridan-to’g’ri xasta a’zoga shifobaxsh ta’sir ko’rsatadigan bo’lsa, bevosita ta’sir deb ataladi. 4. Reflektor ta’sir dori moddalar teri, shilliq qavat xamda boshqa yo’llar bilan qo’llanilganda to’qimalardagi nerv resteptorlari (sezuvchan nerv oxirlari) ni kuzg’atishi natijasida paydo bo’ladi. Kuzg’alish tegishli nerv markazlariga yoki ichki a’zolarga o’tib, ularning xolatini o’zgartiradi. 5. Asosiy ta’sir deyilganda
biror moddani kullaganda birinchi navbatda ruyobga chikadigan ta’siri tushuniladi. 6. Tanlab ta’sir ko’rsatish – dori moddalar bir yerda joylashgan resteptorlarga tanlab ta’sir kiladi. 7. Asliga qaytuvchi va asliga qaytmas ta’sir. Agar dori moddalari qisqa muddat ta’sir etsa, ta’siri kuchli bo’lmasa, a’zo va tukimalarda deyarli katta o’zgarishlar ro’y bermagan bo’lsa, oradan birmuncha vaqt o’tgach, a’zolar yoki tuqimalar xolati tiklana boshlaydi, dori moddaning ta’siri qaytib ketadi, bu asliga qaytar ta’sir deb ataladi. Ba’zi dorilar bemorga ko’p miqdorda berilganda to’qimalar xolati jiddiy o’zgarishlarga uchraydi, ya’ni ularning bundan keyingi faoliyati to’xtab qoladi – qaytmas ta’sir ko’rsatadi. 8. Nojo’ya ta’sir. Dori modda asosiy ta’sir ko’rsatishi bilan birga boshqa a’zo va to’qimalarga nojo’ya ta’sir ko’rsatadi. 9. Zaxarli ta’sir. Ba’zi bir dori moddalari ro’yirost zarar qilib, zaxarli ta’sir ko’rsatadi. 1. Etiotrop ( yunoncha – aetio – sabab, tropo – yunaltirish) davolash turi dori moddalarining kasallik sabablarini yo’qotishga qaratilgan. 2. Simptomatik davolash – ba’zi dori moddalari kasallik belgilari (simptomlari) ni yo’qotishga qaratilgan
bo’ladi. 3. O’rin bosuvchi davolash – organizmda fiziologik faoliyatni idora etishda ishtirok etadigan moddalar kamayib ketsa ularni o’rnini
bosuvchi moddalar yuboriladi, bunda asosan gormon va vitamin moddalari qo’llanadi. 4. Profilaktik davolash. Dori moddalarining kasalliklarning oldini olish uchun qo’llanishi profilaktik davo deb ataladi.

Yüklə 373,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin