72. Fizikaviy nazorat dori shakllarining umumiy massasi yoki hajmini, dori shaklining tarkibiga kiruvchi alohida dozalarning (kamida uchta dozaning) soni va massasini tekshirishdan iborat.
Fizikaviy tekshirish doirasida, shuningdek tayyorlangan vositani tiqinlash sifati ham tekshiriladi.
Retseptlar, talabnomalar bo‘yicha tayyorlangan dori shakllari ish kuni mobaynida tayyorlangan dori shakllarining barcha turlarini inobatga olgan holda oralatib tanlab, lekin ularning bir kungi miqdorining kamida 3 foizi fizikaviy nazorat qilinishi kerak.
Dorixona ichki tayyorlovi tarzida tayyorlangan dori shakllari har bir seriyaning kamida uchta o‘rov-idish miqdorida fizikaviy nazorat qilinishi kerak.