74. Kimyoviy nazorat dori vositalarini tayyorlash sifatini quyidagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha baholashdan iborat:
sifat tahlili: dori moddalarining chinligi;
miqdor tahlili: dori moddasini miqdoriy aniqlash.
Sifat tahlili natijalari retseptlar, talabnomalar asosida va dorixona ichida hozirlab qo‘yilgan yarim tayyor mahsulot, konsentrlangan eritmalar, etil spirti hamda dori vositalarini qadoqlash tarzida tayyorlangan dori vositalarini organoleptik, fizikaviy va kimyoviy nazorat qilish natijalarini qayd etish jurnalida, shuningdek dori vositalarining chinligini nazorat qilish natijalarini qayd etish jurnalida qayd etiladi.
.
Quyidagilar majburiy tartibda sifat tahlilidan o‘tkaziladi:
a) tozalangan suv va inyeksiyalar uchun suv har kuni har bir ballondan, suv vodoprovod orqali berilganda — har bir ish o‘rnida xloridlar, sulfatlar va kalsiy tuzlari yo‘qligi nuqtai nazaridan. Steril eritmalar tayyorlash uchun mo‘ljallangan inyeksiya uchun suv, shuningdek tiklovchi-qaytaruvchi moddalar, ammoniy tuzlari va dioksid uglerodi yo‘qligi nuqtai nazaridan ham tekshirilishi kerak;
b) saqlash xonalaridan dori preparatlari tayyorlanadigan xonalarga kelib tushadigan barcha dori vositalari va konsentrlangan eritmalar;
v) dorixonaga kelib tushadigan dori vositalari, ularning sifati xususida shubha paydo bo‘lgan taqdirda;
g) dori vositalari tayyorlanadigan xonada turgan konsentrlangan eritmalar, byuretka uskunasida va pipetkali shtanglaslardagi suyuq dori vositalari, ularni to‘ldirish chog‘ida;
d) sanoatda ishlab chiqarilgan qadoqlangan dori vositalari.
Tozalangan suv va inyeksiyalar uchun suv har chorakda to‘liq sifat va miqdor tahlilidan o‘tkazilishi kerak.