67. Dori vositalari tayyorlanganda, shu jumladan retseptlar va talabnomalar bo‘yicha, shuningdek dorixona ichki tayyorlovi tarzida tayyorlanganda yozma nazorat pasporti to‘ldirilib, unda quyidagilar ko‘rsatiladi:
a) dori vositasi tayyorlangan sana;
b) retseptning yoki talabnomaning raqami;
v) olingan dori vositalari, ularning miqdori, dozalar soni;
g) tayyorlangan dori vositasini tayyorlagan, qadoqlagan va tekshirgan shaxsning imzosi.
Yozma nazorat pasporti dori vositasi tayyorlanganidan keyin darhol, dori moddalari texnologik operatsiyalarning ketma-ketligiga muvofiq lotin tilida ko‘rsatilgan holda to‘ldiriladi.
Yozma nazorat pasportlari dori vositalari tayyorlangan kundan e’tiboran ikki oy mobaynida saqlanadi