70. Og‘zaki nazorat oralatib tanlab amalga oshiriladi va farmatsevt tomonidan ko‘pi bilan beshta dori shakllari tayyorlanganidan keyin o‘tkaziladi.
Og‘zaki nazorat o‘tkazilganda nazorat vazifasini amalga oshiruvchi farmatsevt tomonidan dori vositasining tarkibiga birinchi kiruvchi dori moddasi aytiladi, murakkab tarkibli dori vositalarida uning miqdori ham ko‘rsatiladi, shundan so‘ng farmatsevt tomonidan boshqa barcha foydalaniladigan dori moddalari va ularning miqdori ko‘rsatiladi. Konsentrlangan eritmalardan foydalanilgan taqdirda farmatsevt tomonidan ularning tarkibi va konsentratsiyasi ham ko‘rsatiladi.