UrDU Filologiya fakulteti O`zbek tilshunosligi kafedrasi o‘qituvchisi G.Xusainovaning “O‘ZBEK TILINING SOHADA QO‘LLANILISHI” fani dasturi va majmuasi yuzasidan T A Q R I Z O`zbekistonimizda demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish maqsad qilingan va bu amalga oshirilayotgan ekan, bu jarayonda yoshlarning o`rni va roli alohida ahamiyatga ega. Zero, yoshlar bizning kelajagimiz ekan, avlodlardan meros qolgan muqaddas zaminni yuksaltirish, ilg`or davlatlar darajasiga ko`tarish ularning bilimi, istedodi, jasorati, ma’naviy barkamolligiga bog`liq.
Darhaqiqat, mustaqillik davrida yoshlar tarbiyasi uchun, ularning qobiliyat va iste’dodlarini ro`yobga chiqarish uchun barcha sharoitlar yaratildi. 1997-yil avgustda qabul qilingan “Ta’lim to`g`risida”gi Qonunda va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”da yoshlarni jismonan baquvvat, ma’naviy jihatdan yuksak, aqliy jihatdan barkamol, ruhiy jihatdan qobilyatli, zamonaviy ilm va kasb-hunarni mukammal egallagan, o`zining shaxsiy fikriga ega vatanparvar, insonparvar va mehnatsevar shaxs qilib tarbiyalash ko`zda tutilgan.
Hozirda ta’lim-tarbiya tizimida asl milliy qadriyatlarga tayanish tobora qaror topib bormoqda va ko`ngil tarbiyasiga, ya’ni inson ma’naviyatini shakllantirishga birlamchi vazifa sifatida yondashish ustuvor bo`lmoqda. Binobarin, yosh avlodni yoshligidan ma’naviyatli qilib tarbiyalashga e’tibor etib borilsa, u kelgusida o`zining katta samarasini beradi.
Muallifning barcha bakalavrlar ta`lim yo`nalishlari talabalariga mo`ljallangan dasturi va majmuasida o’zbek tilining sohada qo’llanilishining maqsad va vazifalari, bugungi kunda tutgan o`rni, loyixa texnologiyasi ,o`quvchilarni ijodiy faoliyatga o`rgatish tamoyillari bo`yicha mavzularni qamrab olingan.
Shularni hisobga olib, mazkur dastur va majmuadan ta`lim jarayonida foydalanish uchun tavsiya qilamiz.
Taqrizchi O‘.Rajabov Urganch davlat universiteti O‘zbek tilshunosligi kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari nomzodi.