«Muloqot» tushunchasining turlicha tariflari mavjud. Muloqot ikki yoki undan ortiq odamlar ortasidagi bilish yoki affektiv-baholash xususiyatiga ega bolgan axborot almashinuvida ularning ozaro tasirlashuvi sifatida tariflanadi. Yoki: muloqot odamlar ortasida hamkorlik faoliyati ehtiyojidan yuzaga keladigan va axborot almashinuvi, ozaro tasirning yagona yolini ishlab chiqish, boshqa odamni idrok qilish va tushunishdan iborat bolgan aloqalarni ornatish va rivojlatirishning murakkab, keng qamrovli jarayoni. Bu «muloqot» tushunchasining eng toliq va aniq tarifidir.
Muloqot barcha tirik jonzotlarga xosdir, lekin odam darajasida u eng takomillashgan shakllarga ega boladi, nutq vositasida anglanadi. Muloqotda quyidagi nuqtai nazarlar ajratiladi: mazmun, maqsad va vositalar.
Muloqot mazmuni bu individualliklararo aloqalarda bir tirik jonzotdan ikkinchisiga etkaziladigan axborot. Muloqot mazmuniga tirik mavjudotning ichki motivatsion yoki emotsional holati haqidagi malumotlar kirishi mumkin. Muloqot orqali bir tirik mavjudotdan ikkinchisiga, tirik mavjudotni malum tartibda aloqaga kirishishga yonaltiruvchi, ularning emotsional holatlari (mamnunlik, shodlik, gazab, qaygu, hijron va shu kabilar) haqidagi malumotlar otishi mumkin. Bunday axborot odamdan odamga etkaziladi va shaxslararo aloqalar ornatish vositasi bolib xizmat qiladi.
Biz, ochiq kongilli va shodlanayotgan odamga qaraganda, gazablanayotgan yoki azob chekayotgan odamga nisbatan ozimizni boshqacha tutamiz. Bir mavjudotdan boshqasiga etkaziladigan tashqi muhit holati haqidagi malumot, masalan, xavfdan yoki yaqin atrofda ijobiy, biologik muhim omillarning, deylik, ozuqaning mavjudligi haqidagi ogohlantirish muloqot mazmuni bolishi mumkin. Odamda muloqot mazmuni hayvonlarnikiga qaraganda ancha kengroqdir. Odamlar bir-biri bilan dunyo haqidagi bilimlar, orttirilgan tajriba, layoqatlar, malaka va konikmalarni jamlagan axborot bilan almashadilar. Inson muloqoti kop jismli bolib, ichki mazmuniga kora turli-tumandir.