Muloqot maqsadi bu insonda ushbu faollik turi yuzaga keladigan sabab. Hayvonlarda muloqot maqsadi bolib boshqa tirik jonzotni malum harakatga chorlash, u yoki bu harakatni amalga oshirmaslik kerakligi haqidagi ogohlantirish xizmat qilishi mumkin. Masalan, ona oz tovushi yoki harakati bilan bolasini xavfdan ogoh etishi mumkin; podadagi bazi hayvonlar boshqalarni ularga hayotiy muhim daraklar etib kelgani haqida ogohlantirishlari mumkin.
Odamda muloqot maqsadlari soni kopayadi. Ularga yuqorida sanab otilganlardan tashqari, dunyo haqidagi bilimlarga ega bolish va etkazish, talim va tarbiya, odamlarning hamkorlik faoliyatlaridagi turli harakatlarning muvofiqlashuvi, shaxsiy va ish boyicha ozaro munosabatlarning oydinlashtirilishi, ornatilishi va boshqalar ham kiradi. Agar hayvonlarda muloqot maqsadlari ular uchun dolzarb bolgan biologik ehtiyojlarni qondirishdan iborat bolsa, odamlarda ular koplab turli: ijtimoiy, madaniy, bilish, ijodiy, estetik, aqliy osish, ahloqiy rivojlanish kabi ehtiyojlarni qondirish vositasi bolib hisoblanadi.
Muloqot, odatda, beshta: shaxslararo, kognitiv, kommunikativ-axborotli, emotiv va konativ tomonlarining birligida namoyon boladi.
Muloqotning shaxslararo tomoni insonning bevosita atrof-muhiti: boshqa odamlar va oz hayotida bogliq boladigan umumiyliklar bilan ozaro tasirini aks ettiradi.
Muloqotning kognitiv tomoni suhbatdoshning kim, qanday odam ekanligi, unlan nima kutish mumkinligi haqidagi, shuningdek, sherikning shaxsi bilan bogliq bolgan boshqa kopgina savollarga javob berish imkonini beradi.
Muloqotning kommunikativ-axborotli tomoni tasavvurlar, goyalar, qiziqishlar, hissiyotlar, mayllar va sh.o.lari turlicha bolgan odamlar ortasidagi almashinuvdan iborat.
Muloqotning emotiv tomoni sheriklarning shaxsiy aloqalaridagi his-tuygular, kayfiyatning vazifa bajarishlari bilan bogliq.
Muloqotning konativ (hulq-atvor tomondan) tomoni sheriklar qarashlaridagi ichki va tashqi qarama-qarshiliklarni muvofiqlashtirishga xizmat qiladi.
Muloqot vositalarini muloqot jarayonida bir tirik jonzotdan boshqasiga etkaziladigan axborotni kodlashtirish, uzatish, qayta ishlash va ochib berish vositalari sifatida tariflash mumkin.