Dsp-4 talabasi Xikmatullayev Ziyodulla
O’qituvchi:Toyirova L 11.10.2020
1-AMALIY MASHG’ULOT
Tafakkur operatsiyalaridan Klassifikatsiyalash va kategoriyalash turini o’rganishga doir metodika.
Klassifikatsiya
Guruhlar bo‘yicha klassifikatsiya qilish metodikasi birinchi
marta K.Goldstein (1920) tomonidan taklif etilgan b o 'lib .
keyinchalik L.S.Vigotskiy (1934) va B.G.Zeygarnik (1958) tomonidan
o‘zgartirilgan. Metodika umumlashtirish va mavhumlashtirish
jarayonlari darajasini o ‘rganish uchun q o ‘llaniladi. Shu biian tajriba
vaziyatida topshiriqni bajarayotganda sinaluvchi xulq-atvor
xususiyatlari, uning xatolarga munosabati hamda yordam berilganda.
ulami kuzatish qobiliyatlari ko‘rinadi.
Tajriba o ‘tkazish uchun har xil predmetlarning, o ‘simliklarning.
hayvonlarning rasmlari tasvirlangan kartinkalar kerak boMadi. Bunda
rasmlarda B.V.Zeygarnik (1958) tak lif etgan rangli bezash, turli
umumlashtirish darajalari aks etgan bo'lishi kerak. Bo g 'ch a
bolalarini tekshirishda (S.YA.Rubinshteyn, 1970) kartochkalarning
ba’zilaridan (o'lchash asboblari, o ‘quv qurollari) foydalanmaslik
kerak, chunki bolalar ular haqida hech qanday tasaw u rg a ega
emaslar. Bu metodikalaming boshqa variantida predmetlarning,
o ’simliklarning, hayvonlarning nomlari kartochkalarga yozilgan
boMishi mumkin. Bu (og‘zaki) variantini kattaroq bolalarni (3 -4 -s in f
o'quvchilarini) tekshirishdaqo'Ilash mumkin.
Shunday qilib, metodikaning birinchi varianti predmetli
klassifikatsiya, ikkinchi varianti — o g ‘zaki klassifikatsiyadir, ikkala
www.ziyouz.com kutubxonasi
variant ham bolalarning umumlashtirish, yangi tushunchalarni
shakllantirish qobiliyatini aniqlaydi.
Sinaluvchiga quyidagi qoMlanma beriladi: ≪Hozir siz turli
predmetlar, o'simliklar, hayvonlar, tevarak atrofdagi barcha narsalar
tasvirlangan kartochkalar to'plamini olasiz. Siz ularni qaysi narsa
nimaga kirishiga qarab guruhlarga ajratasiz≫. Keyin tadqiqotchi bir
kartochkani olib sinaluvchidan unda nima tasvirlanganini so'raydi.
T o ‘g*ri javob olgach, uni bir tomonga qo'yib qo'yadi. Keyin
navbatdagi kartochkani olib, unda nima tasvirlanganini ham
aniqlaydi. Bu tasvirlar bir-biriga qanchalik o ‘xshashligi va farq
qilishi ularni bir guruhga kiritish mumkinligini aniqlaydi. Sinaluvchi
ko'rsatmani tushunib, kartochkalarni mustaqil guruhlarga ajrata
boshtaganidan so‘ng. tadqiqotchi tomonidan ko'rsatiladigan yordam
to'xtatiladi. Klassifikatsiya metodida og‘zaki metodni q o ila sh d a
ham yuqoridagi kabi k o ‘rsatma beriladi. Bunda tadqiqotchi
sinaluvchiga predmetlaming belgilari va xususiyatlarini ko‘rsatib, bir
guruhga kiritish kerakligi haqida y o i-y o ‘riq bermasligi kerak.
Predmetli klassifikatsiya bo'yicha tajribalar 3 guruhda bajariladi,
Birinchi bosqichda sinaluvchi kartochkalarni ko‘rsatma bo‘yicha
ajratadi. ≪Tadqiqotchi tadqiqot qarorida sinaluvchi harakatlarinu
ajratish xususiyatlari (masalan, ≪shkaf≫, ≪pal'to≫ ≪velosiped≫ va
≪sportchi≫ kartochkalarini qaysi guruhga kiritganligi)ni yozib boradi.
Barcha kartochkalar guruhga ajratib boMinganidan so ‘ng ikkinchi
bosqichga o‘tiladi. Bir turdagi belgilariga ko‘ra kartochkalarni
kattaroq guruhlarga birlashtirish haqida sinaluvchiga qo'llanma
beriladi. Ikkinchi bosqich sinaluvchi o‘z harakatlami to‘g ‘riIashga
kirishganidan boshlanadi. Sinaluvchi ko'rsatilgan yordamni qanday
qabul qilishiga, o kxshash xatolarni to 'g 'rilay olishiga e ’tibor
qaratiladi. Bu bosqich eng uzoq davom etadi, chunki bu bosqichda
topshiriqni bajarish davomida nima uchun har bir kartochka u yoki
b u guruhga kiritilganligi aniqlanib, barcha harakatlar batafsil yozib
boriladi. Sinaluvchi u yoki bu kartochkani bir guruhga
kiritilganligiga emas, sinaluvchining tushunchalarni umumlashtirish
qobiliyati ham aniqlanadi. (≪rnebel’≫, ≪uy hayvonlari≫. ≪transport≫
va boshqalar). Sinaluvchi uchinchi bosqichda rasmlar guruhini
www.ziyouz.com kutubxonasi
birlashtirib, yanada kamroq guruhlar qolishi kerak va ularni
qandaydir tushuncha bilan umumlashtirish kerak. Ba'zan
q o llanmad a ≪o‘simliklar≫, ≪hayvonlar≫, ≪jonsiz predmetlar≫,
≪odamlar≫ deb guruhlar soni aniq ko'rsatiladi.
Tadqiqotchi sinaluvchi topshiriqni bajarayotgan vaqtda tadqiqot
qarorini to id irib borishi zarur(16-jadval).
Dostları ilə paylaş: |