Dual ta’limni tashkil etish va uning bosqichlarini


-bob. Tashkilot, professional ta’lim muassasasi va o‘quvchilarning vazifalari, huquqlari hamda majburiyatlari



Yüklə 84,18 Kb.
səhifə4/5
tarix16.12.2023
ölçüsü84,18 Kb.
#181724
1   2   3   4   5
163 29.03.2021

3-bob. Tashkilot, professional ta’lim muassasasi va o‘quvchilarning vazifalari, huquqlari hamda majburiyatlari
20. Tashkilot:
professional ta’lim muassasasi bilan hamkorlikda dual ta’lim dasturini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini belgilaydi;
professional ta’lim muassasasi bilan birgalikda o‘quvchilarni o‘qishga qabul qilish boshlanishidan kamida bir oy oldin dual ta’lim bo‘yicha tegishli shartnomalarni rasmiylashtiradi;
dual ta’limda o‘qitish muddatlarini hamda tashkilotga yuborilayotgan o‘quvchilar tarkibini professional ta’lim muassasasi bilan kelishadi;
o‘quvchilar bilan shartnomalar tuzadi va professional ta’lim muassasasi bilan kelishilgan muddatlarda o‘quvchilarni qabul qiladi;
har bir o‘quvchiga dual ta’lim dasturining ishlab chiqarish bilan bog‘liq amaliy qismini o‘rgatish uchun yuqori malakali mutaxassis ustozni biriktiradi;
biriktirilgan ustoz tomonidan dual ta’lim dasturi, lavozim yo‘riqnomalari va majburiyatlarning bajarilishini ta’minlaydi;
o‘quvchini o‘zlashtirgan kasb yoki mutaxassislik bo‘yicha natijalarini baholash jarayonini tashkil etadi;
o‘quvchining kasb yoki mutaxassisliklari bo‘yicha yakuniy davlat attestatsiyasida qatnashadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tashkilot qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham bajarishi mumkin.
(20-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
21. Tashkilot quyidagi huquqlarga ega:
mashg‘ulotlarning nazariy qismi o‘qitilishi yuzasidan professional ta’lim muassasasiga murojaat qilish;
dual ta’lim sifatini oshirish yuzasidan professional ta’lim muassasasiga takliflar berish;
normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish va ularning loyihalarini ishlab chiqish yuzasidan takliflar berish;
bir nechta professional ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qilish.
Oldingi tahrirga qarang.
Tashkilot qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
(21-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
22. Tashkilot quyidagi majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi:
mashg‘ulotlarning nazariy, o‘quv va amaliy qismini professional ta’lim muassasasida olib borish uchun sharoit yaratish;
o‘quvchilarni mehnat qonunchiligi asosida ishga qabul qilish;
o‘quvchilarni tashkilotda ishlab chiqarish bilan bog‘liq amaliy qismi davrida aniq ish joyi va zarur jihozlar bilan ta’minlash;
o‘quvchilarni tashkilot ustavi, ichki tartib-qoidalari, tibbiy (sanitariya), yong‘in xavfsizligi qoidalari hamda boshqa talablar bilan tanishtirish;
o‘quvchilarga o‘z ustaviga muvofiq amaliy jarayonlarda qatnashishga ruxsat berish;
o‘quvchilar kundaligi yuritilishini ta’minlash;
professional ta’lim muassasasi bilan birgalikda dual ta’lim amalga oshirganligi bo‘yicha hisobotlarni tayyorlash.
Oldingi tahrirga qarang.
Tashkilot qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham bajarishi mumkin.
(22-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
23. Professional ta’lim muassasasi:
tashkilot bilan birgalikda o‘quvchilarni o‘qishga qabul qilish boshlanishidan kamida bir oy oldin dual ta’lim bo‘yicha tegishli shartnomalarni rasmiylashtiradi;
tashkilot bilan birgalikda kasb va mutaxassisliklar bo‘yicha tegishli vazirliklar va idoralar bilan kelishgan holda tasdiqlangan ta’lim dasturlari asosida dual ta’lim bo‘yicha o‘quv-metodik hujjatlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
tashkilot bilan dual ta’lim muddati hamda o‘quvchilarning ro‘yxatini tasdiqlaydi;
o‘quvchi va tashkilot o‘rtasida dual ta’lim bo‘yicha tuzilgan shartnomalarni ro‘yxatga oladi;
qonun hujjatlariga muvofiq shartnomasi mavjud o‘quvchilarni dual ta’lim bo‘yicha guruhlarga qabul qilishni tashkil etadi;
dual ta’limni tashkil etish, o‘quvchilarni tashkilotga yuborish, o‘quvchilarning har bir guruhiga ishlab chiqarish ta’limi ustasi yoki o‘qituvchini buyruq asosida biriktiradi;
dual ta’lim dasturini amalga oshirishni ta’minlaydi;
tashkilot bilan o‘quvchilarni baholashni va yakuniy davlat attestatsiyasini belgilangan tartibda tashkil etadi;
tashkilot bilan kelishgan holda dual ta’lim yuzasidan hisobotlarni tayyorlaydi va tegishli vazirliklar va idoralar hamda Kasbiy ta’limini rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalariga taqdim etadi;
dual ta’lim bo‘yicha tegishli vazirliklar va idoralarning buyruqlari va ko‘rsatmalarini o‘z vaqtida bajaradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Professional ta’lim muassasasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham bajarishi mumkin.
(23-bandning un ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
24. Professional ta’lim muassasasi:
dual ta’limning amaliy qismi o‘tilishi bo‘yicha tashkilotga murojaat qilish;
dual ta’lim sifatini oshirish yuzasidan tashkilotga takliflar berish;
dual ta’lim jarayonini tashkil etish uchun tuzilgan shartnomalarga tomonlar bilan kelishgan holda o‘zgartirishlar kiritish;
O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘z nomidan yuridik shaxslar bilan vakolati doirasida dual ta’limni tashkil etish bo‘yicha shartnomalar va boshqa hujjatlar tuzish;
dual ta’lim bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushadigan hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalardan tushgan mablag‘larni professional ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga va ta’lim-tarbiya jarayonini zamonaviy o‘quv-texnik vositalar, mebellar bilan ta’minlashga, o‘qituvchilar va ishlab chiqarish ta’limi ustalari, xodimlarni ijtimoiy himoyalashga va ularning faoliyati samaradorligini oshirishni rag‘batlantirishga sarflash huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
Professional ta’lim muassasasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
(24-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
25. Professional ta’lim muassasasi o‘ziga quyidagi majburiyatlarni oladi:
o‘qituvchilar va ishlab chiqarish ta’limi ustalari faoliyatini nazorat qilish;
iqtisodiyot tarmoqlari va xizmat ko‘rsatish sohasida kadrlarga bo‘lgan real ehtiyoj asosida dual ta’limni tashkil etish bo‘yicha tashviqot va targ‘ibot ishlarini olib borish;
o‘quvchi kundaligini nazorat qilish.
Oldingi tahrirga qarang.
Professional ta’lim muassasasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham bajarishi mumkin.
(25-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
26. O‘quvchilar:
tashkilotning ustaviga muvofiq ish jarayonlarida belgilangan tartibda qatnashadi;
o‘quv mashg‘ulotlariga nazariy, o‘quv va amaliy qismi bo‘yicha qatnashadi;
dual ta’lim jarayoni so‘ngida yakuniy davlat attestatsiyasini topshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘quvchilar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham bajarishi mumkin.
(26-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
27. O‘quvchilar quyidagi huquqlarga ega:
tegishli kasb yoki mutaxassislik bo‘yicha bilim olish;
o‘quv, texnika jihozlari va vositalaridan, fan kabinetlari axborot-kutubxonasi fondidan, axborot-kutubxona o‘quv zali va boshqa o‘quv, yordamchi xonalardan, sport majmualari, professional ta’lim muassasasiga qarashli tibbiy va texnik jihozlardan bepul foydalanish;
tashkilotda amaliyot bazalaridan, tashkilotning moddiy-texnik bazasidan foydalanish;
tashkilotdagi mehnat va jamoat ishlarida qatnashish;
dual ta’lim vaqtida tashkilotdan shartnomaga muvofiq ish haqi olish.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘quvchilar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
(27-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
28. O‘quvchilar o‘z zimmasiga quyidagi majburiyatlarni oladi:
tashkilot va professional ta’lim muassasasida belgilangan tartib va qoidalarga rioya qilish;
dual ta’lim jarayonida professional ta’lim muassasasi va tashkilot tomonidan berilgan vazifalarni o‘z vaqtida bajarish;
o‘quvchi kundaligini o‘z vaqtida yuritib borish va hisobotlarni topshirish.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘quvchilar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham bajarishi mumkin.
(28-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)

Yüklə 84,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin