Jahonda aholi zichligi eng yuqori va eng kam bo’lgan davlatlar: (1 km2 ga kishi hisobida 2007-yil) 1. Monako – 33104 1. G’arbiy Sahroi Kabir – 2
2. Xitoy Makaosi – 20346 2. Mongoliya – 2
3. Singapur – 6785 3. Gviana – 2
4. Malta – 1288 4. Namibiya – 3
5. Baxrayn – 1098 5. Botsvana – 3
6. Bangladesh – 1035 6. Kanada – 3
7. Maldiv Resp – 1020 7. Avstraliya – 3.
Shunday qilib, aholi joylashishiga tabiiy sharoitlar, iqtisodiy sharoitlar, aholining kelib o’rnashgn vaqti, xo’jalik tipi ( dehqonchilikdami, sanoatdami, chorvachilikdami?), tashqi va ichki migrasiyalarning intensivligi kabilar hal qiluvchi ta’sir ko’rsatadi. Ayni paytda Afrika aholisining joylashishiga tarixiy sharoit, ya’ni qul savdosi va mustamlakachilik tizimining ta’siri kuchli bo’lgan.
Har bir mamlakatning rivojlanishi uchun aholining muayyan soni va zichligi bo’lishi kerak.
Aholining soniga va joylashishiga aholining tabiiy ko’payishi bilan birga aholining “mexanik ko’payishi” ya’ni migrasiyalar ham katta ta’sir ko’rsatadi.Migrasiyaning asosiy sababi iqtisodiy sabab bo’lib, undan tashqari: siyosiy, diniy, milliy (turklar bilan o’zbeklar), ekologik (Orol bo’yi, Rur havzasi) sabablari ham mavjud.
Ichki migrasiyalar – bir mamlakat doirasida aholining qayta taqsimlanishi bo’lib, unda umumiy aholi soniga ta’sir etmaydi.
Tashqi migrasiyalar – mamlakat va qit’alar aholisi soniga ta’sir etadi. Immigrasiya – emmigrasiyadan ortiq bo’lganda mamlakat aholisi mexanik ko’payadi. Emmigrasiya ortganda esa aholi mexanik kamayadi. XIXasr boshlaridan II-jahon urushiga qadar Yevropa asosiy emigrasiya markaziga aylandi va 60 mln aholi ko’chib ketdi, 1-navbatda Shimoliy Amerikaga, Braziliyaga, Argentina, JAR, Avstraliya va Yangi Zelandiyaga. II-jahon urushidan so’ng emmigrasiyaning 2-markazi – Osiyo vujudga keldi. Asosan Xitoy, Hindiston, Bangladesh, Yaponiyadan Horijiy Yevropa davlatlariga; JAR, AQSH, Braziliya, Indoneziya, Singapurga migrasiya kuchaydi.
1970-80 yillar Yer sharida immigratsiyaning yangi markazi Yaqin Sharq paydo bo’ldi. Bu regionda OPEK ga a’zo davlatlar chetdan ko’plab mehnatkashlarni o’ziga jalb qildi. Hindiston, Pokiston, Bangladesh – Yaqin Sharq mamlakatlariga asosiy ishchi kuchi etkazib beruvchi davlatlarga aylanib qoldi.Lekin hamon AQSH jahonda immigrasiyaning muhim markazi bo’lib kelmoqda. Yiliga AQSH ga 1 mln aholi immigrasiya qilmoqda.
XX asrning 2-yarmida tashqi migrasiyaning yangi shakli “Oqillar (donolar) migrasiyasi” paydo bo’ldi. Bunda: olimlar, vrachlar, injenerlar va boshqa malakali mutaxassislar ko’chib ketadi. “Oqillar migrasiyasi” dastlab Horijiy Yevropadan AQSH ga bo’lgan bo’lsa, 1980-90 yillardagi iqtisodiy va siyosiy vaziyatlar tufayli MDH davlatlaridan Horijiy Yevropa va AQSH ga bo’lishi kuzatilinmoqda.
Jahondagi chet el ishchi kuchlarining ( mehnatkashlar migrasiyasining) 40 % i SHimoliy Amerikaga, 25 % i Yevropaga, 20 % i Osiyoga, 15 % i boshqa regionlarga to’g’ri keladi.
Iqtisodiy faol aholining Katarda 92 % ini, BAA da 89 % ini, Quvaytda 86 % ini, Omanda 70 % ini, Saudiya Arabistonida 60 % ini, Liviyada 50 % ini “gastarbeytarlar” tashkil etadi (2005 y).
Ichki migrasiyaga aholi qishloq joylaridan shaharlarga ko’chishi ham kiradi. XX asrning oxirlariga kelib bu migrasiya ko’lami shu qadar kattalashdiki, buni “XX-asrda aholining buyuk ko’chishi” deb atalindi.
Yangi yerlarning o’zlashtirilish ham migratsiya bilan bog’liq bo’lib, hududi katta va aholisi zich mamlakatlarda kuzatilinadi. Masalan: Rossiyada (Qoratuproq zonasining o’zlashtirilishi, BAM ni, taygani o’zlashtirilishi), Qozog’istonda,Kanadada (Shimolni o’zlashtirilishi), Braziliyada (Amazoniyani), Avstraliyada (savannalarni), Xitoyda (Tibetni), O’zbekistonda (Mirzacho’l, Yozyovon).
Shaharlar. Ma’lumki, dastlab shaharlar Nil deltasida va Mesopotamiyada (Vavilion) savdo va hunarmandchilik markazlari, harbiy qo’rg’onlar sifati paydo bo’lgan. Kapitalizmning rivojlanishi bilan shaharlar soni va salmog’iham ortib bordi. Shaharlarning iqtisodiy-ma’muriy va madaniy markaz sifatida mavqei kuchaydi. Urbanizasiya jamiyat hayotida shaharlar ahamiyatining tarixiy o’sishi jarayoni jamiyatning aholi mehnati turmush tarzi (masalan: mehnat qilish, kiyinish, gaz, elektr, suv bilan ta’minlanishi, uylarni pardozlash, qum shuvoq, televizor, telefon va h.k.) va madaniyatining ko’proq shaharlarga xos bo’lib o’zgarib borishidir. Urbanizasiya sosial-iqtisodiy taraqqiyotning eng muhim tarkibiy qismidir.
Hozirda urbanizatsiya 3 ta umumiy hususiyatga ega:
1. Shahar aholisi sonining rivojlanayotgan mamlakatlarda tez o’sishi. Masalan: XX asrning boshida dunyo aholisining 14 % ga yaqini shaharlarda yashagan bo’lsa, 1990 yillari 45 % dan ortig’i, XXI – asr boshida esa 49 % i shaharlarda yashagan. O’rta hisobda shahar aholisi 50 mln kishiga ko’paymoqda. (2 ta O’zbekiston aholisi demakdir).
2. Aholi va xo’jalikning asosan yirik shaharlarda to’planishi. Bunga asosan ishlab chiqarishning ilm-fan ta’lim bilan aloqasining murakkablashib borayotganligi sabab bo’lmoqda. Dastlabki millioner shaharlar Yuliy Sezar davrida paydo bo’lgan (Rim) bo’lsa, XX asr boshida ularning soni 10 taga, 1980 yillari 200 tadan ortdi. Millioner shaharlar soni XX asr oxirida 400 taga etishi kuzatilinmoqda. Hozirda millioner shaharlar soni Rossiyada 13 ta, Markaziy Osiyoda 2 ta. Aholi soni 5 mln dan ortiq bo’lgan shaharlar soni hozirda 30 ta, aholisi soni 20 mln dan ortiq bo’lgan shaharlar (aglomerasiyalari bilan) 12 tani tashkil etadi.
3. Shaharlar maydonining kengayib ketishi, ya’ni shahar aglomerasiyalari. Aglomerasiyalar uchun poytaxtlar, eng muhim sanoat markazlari, portlar o’zak bo’ladi. Masalan: Mexiko, Tokio, San-Paulu va Nyu-York tevaragida har birida 16-20mln va undan ortiq aholi yashaydi. Moskva aglomerasiyasida 100 ga yaqin shaharchalar va mingdan ortiq qishloqlar jamlangan bo’lib, ularda 13,5 mln kishi yashaydi.
Urbanizasiya darajasiga ko’ra jahon mamlakatlari 3 ta toifaga bo’linadi:
1.Yuqori darajada urbanizasiyalashgan mamlakatlar. Ularda shahar aholisining salmog’i 50% dan ortadi. Bu toifaga rivojlangan davlatlarning barchasi, Lotin Amerikasi davlatlari, Rossiya, Qozog’iston kiradi.
2. O’rtacha urbanizasiyalashgan mamlakatlarda shahar aholisi salmog’i 20-50% ni tashkil etadi. Ularga asosan Afrika va Osiyo davlatlari, jumladan, Xitoy, Hindiston, Markaziy Osiyo davlatlari kiradi.
3. Zaif yoki urbanizasiyalashgan mamlakatlarda shahar aholisi salmog’i 20 % dan kam bo’lib, udarga Botsvana, Madagaskar, Efiopiya, Eritreya, Uganda, Chad, Niger, Mali, Burkina-Faso, Oman, Afg’oniston, Laos, Kampuchiya, Papuaslar Yangi Gvineyasi kabilar kiradi.
Jahonda aholi zichligi eng yuqori va eng kam bo’lgan davlatlar
(foiz hisobida 2005-yil)
1. Singapur – 100% 1. Ruanda – 6%
2. Belgiya – 97 % 2. Butan – 7%
3. Quvayt – 96 % 3. Burundi – 9%
4. G’arbiy Sahroi Kabir – 96 % 4. Oman – 13%
5. Venesuela – 93 % 5. Uganda – 15%
Urbanizasiya darajasi 90 yillari rivojlangan davlatlarda 72 % ni, rivojlanayotgan mamlakatlarda 33 % ni tashkil etadi. Urbanizasiya darajasi avvalo mamlakatning taraqqiyot darajasiga bog’liq.Ayni paytda shaharlarda ekologik holatni yomonlashuvi suburbanizasiyaga sabab bo’lmoqda.
Urbanizasiya darajasiga qaramay dunyo aholisining yarmidan ortig’i qishloqlarda yashamoqda. Hozirda dunyoda qishloqlarning umumiy soni 20 mln.ga etdi.Qishloqlarda aholi g’uj va tarqoq joylashadi.Qishloqlarda aholining g’uj bo’lib yashashi Rossiya, Horijiy Evropa, Xitoy, Yaponiya uchun xos. Tarqoq joylashishi esa fermer xo’jaliklar rivojlangan mamlakatlarda AQSH, Kanada, Avstraliya uchun xos.
Dunyoda jami 4000 ga yaqin etnik birliklar mavjud bo’lib, ular soniga va tiliga ko’ra klassifikasiyalanadi. Eng katta xalq-xitoylar 1,1 mlrd. kishi bo’lsa, eng kichigi vedd yoki botoku qabilalari 1000 kishini tashkil etadi.
Etnik chegaralar bilan siyosiy chegaralar mos tushganda bir millatli davlatlar tashkil topadi. Masalan: Bolgariya, Vengriya, Polьsha, Yaponiya, orol davlatlar va h.k. Ikki millatli mamlakatlarga Kanada, Belgiya. Ko’p millatli davlatlarga federativ davlatlar kiradi. Bunday mamlakatlarda milliy nizo va munosabatlar murakkab bo’ladi. Masalan: Rossiya, sobiq YUFSR, JAR, Hindiston, Indoneziya va h.k.
Dunyo aholisi diniy tarkibiga ko’ra 3 ta jahon diniga va bir necha milliy dinlarga bo’linadi:
1. Xristian dini 3 mazhabga: katolik, protestant va pravoslavga bo’linadi. 1 mlrd. kishi e’tiqod qiladi. Markazi-Vatikan.
2. Islom dini. 1mlrd. ga yaqin kishi e’tiqod qiladi. Asosan Osiyo, SHimoliy va Sharqiy Afrika davlatlarida tarqalgan. Markazi-Makka.
3. Budda dini Sharqiy va Janubi-Sharqiy Osiyoda. 250 mln kishi e’tiqod qiladi.
Milliy dinlarga: Hindistonda induizm, Xitoyda konfutsianlik va daosizm, Yaponiyada sintoizm, Mongoliyada lamachilik (shuning uchun aholi o’smayapti, har 2 bolaning biri monax, barcha erkak aholining 40% i monax). Agar lamachilik bo’lmaganda Mongoliya aholisi 10 mln kishiga etar edi.
Din aholini ko’payishiga ham ta’sir etadi. Masalan: Ispaniya va Lotin Amerikasi mamlakatlarida erkaklarga 14 yoshdan, ayollarga 12 yoshdan nikoh qurish diniy ruxsat etilgan. Ular katoliklar mazhabiga kiradi.
Jahon dinlarining muqaddas joylari:
Xristian dinining katolik mazxabi uchun – Vatikan, Xristian, musulmon va iudaistlarning muqaddas sajdagohi – Yerusalim, musulmonlarning muqaddas sajdagohi – makka va Madina, Buddistlarning muqaddas sajdagohi – Lumbin (Nepal), Induistlarning muqaddas markazi – Baranas (Varanasi) va Ganga, Daosistlarning muqaddas sajdagohi – Pekin kabi joylar hisoblanadi. Lamachilarning diniy markazi – Lxasa (Xitoy).