Yer shari aholisining joylashishi.
Yer kurrasida aholi juda notekis joylashgan. Butun aholining 70 % iga yaqini quruqlikning 7 % ida yashaydi. Butun quruqlikning (149 mln km2) 15 % ida esa (22,4 mln km2) aholi doimiy yashamaydi. Bunday joylarga: Grenlandiya oroli (orolning janubiy sohillari bundan mustasno), Kanada-Arktika arxipelagining shimoli, Sahroi Kabir, Rub-el-Xoli, Katta Qum va Viktoriya kabi qumli cho’l massivlarining ayrim qismlari, Antarktida materigi va baland tog’larning yuqori qismlari kiradi.
Jahonda aholi soni eng kam bo’lgan mamlakatlar:
Vatikan 1000 kishi
Tuvalu 10 000 kishi
Nauru 11 000 kishi (2007 y).
Ma’lumki, kishilar avvalo hayot kechirishi uchun qulay bo’lgan (ayniqsa iqlimiy) va antropogen landshaftlarni bunyod etganlar. Aholi joylashishiga qadim zamonlardan aholining qishloq xo’jaligi bilan bandligi kuchli ta’sir qo’rsatgan va ko’rsatadi.
Hozirda yer sharida dunyo aholisi zich tarqalgan 3 ta arealni ajratish mumkin:
1.Janubiy, Janubi-Sharqiy va Sharqiy Osiyo. Bu yerlarda hozirgi vaqtda aholi zichligi 1km2 ga 200 kishidan ortadi. Ayrim joylarda esa 1km2joyga 1500-2000 kishi va undan ham yuqori. Masalan: Bangladeshda aholi zichligi dunyo bo’yicha eng yuqori 1km2-1035kishi (2007 y). Aholi zichligiga bu erda kishilarning eng qadimdan yashashi, ko’p mehnat talab qiluvchi intensiv obikor dehqonchilikning tarixiy tarkib topganligi va aholining tabiiy ko’payishi hususiyatlari sabab bo’lgan.
2. Evropa davlatlari (Shimoliy Yevropa bundan mustasno). Bu arealda aholining o’rtacha zichligi 1 km2 – 200-400 kishini, ayrim hududlarda 1000-1500 kishiga etadi. Masalan: Rur havzasida. Bu arealdaaholi to’planishiga Yevropaning kishilik jamiyati tarixida sivilizasiya markazi bo’lganligi, sanoat taraqqiyotining boshlanishi, sanoat inqilobining vatani bo’lganligi va sanoatning yuksak darajada rivojlanganligi sabab bo’lgan.
3. AQSH ning shimoli-sharqiy qismi. Bu areal yosh, yangi areal bo’lib, asosan Yangi dunyo kashf etilgandan so’ng XIX-XX asrda Yevropa aholisining “buyuk ko’chishi” natijasidava Afrika negrlarining keltirilishi bilan AQSH ning jahon xo’jaligida 2-markaz sifatida paydo bo’lishi oqibatida paydo bo’lgan.
Bu arealda ham aholi zichligi 1km2 joyda 100 kishidan ortiq. Ko’l bo’yida esa aholi zichligi 1km2 da 1500 kishiga etadi.
Jahonda aholi zichligi 1 km2 ga o’rtacha 49 kishi bo’lgani holatida (2007 y) bu ko’rsatkich Monakoda 33104 kishi, Xitoy Makaosida 20346 kishi, Singapurda 6785 kishi, Xitoy gonkongida 6308 kishi, Baxraynda 1098 kishi, Bangladeshda 1035 kishini tashkil etadi.
Aksincha, aholi zichligi eng kam bo’lgan hududlar: G’arbiy Sahroi Kabir, Gviana, Mongoliyada 2 kishi, Avstraliyada, Islandiyada, mavritaniyada, Botsvanada, Namibiyada, Kanadada, Surinamda 3 kishi (2007 y).
Dunyo aholisining joylashishiga aholining transport va savdo yo’llariga yaqinroq joylashishi, ayniqsa dengiz bo’yida joylashishimuhim ta’sir ko’rsatadi. Masalan6 dengiz va okeanlarning qirg’og’i bo’ylab cho’zilgan eni 200 km gacha bo’lgan sohillarda dunyo aholisining yarmi yashaydi. Orol va yarim orollarda joylashgan ayrim mamlakatlarda bu ko’rsatkich yanada yuqori. Masalan: tabiiy sharoiti qulay bo’lgan Yava orolida aholi zichligi 1km2 maydonda 2000 kishiga etadi. Millioner shaharlarning asosiy qismi ham dengiz bo’yidagi port shaharlardir.
Ayni paytda materik ichkarisida joylashgan, tabiiy sharoiti ham noqulay bo’lgan Mongoliyada aholi zichligi 1km2 ga 2 kishiga to’g’ri keladi. Dunyo aholisining zichligi 1 km2ga 49 kishi bo’lgani holda Horijiy Yevropada bu ko’rsatkich – 98 kishi ga, Shimoliy Amerikada – 14,5 kishiga, Lotin Amerikasida – 21,4 kishiga, Horijiy Osiyoda – 115 kishiga, Afrikada – 22 kishiga, Avstraliya va Okeaniyada – 3 kishiga to’g’ri keladi.
Dostları ilə paylaş: |