Rivojlangan mamlakatlarda keyingi o‘n yilliklarda yangi texnologik asoslarga o‘tish jahon xo‘jalik aloqalarining tez o‘sishi bilan birga bordi. Takror ishlab chiqarish jarayonlarining baynalminallashuvi o‘zining har ikkala shaklida: integrasion (milliy xo‘jaliklarning yaqinlashuvi, o‘zaro moslashuvi orqali) va transmilliy (xalqaro ishlab chiqarish majmuasining tuzilishi orqali) shakllarida kuchayadi.
Iqtisodiy hayotning baynalminallashuvi bilan bir qatorda globallashuvi jarayoni ham muhim o‘rin tutadi. Bu har ikkala tushuncha o‘zaro bog‘liq bo‘lib, ular jahon xo‘jaligi sub'ektlarining umumiy maqsadlarga erishish yo‘lidagi xatti-harakatlarining birlashuvi jarayonini aks ettiradi.
Shuningdyek, bu tushunchalar bir-biridan farq qilib, ular bir xilda bo‘lmagan xo‘jalik birlashmalari miqyoslarini ifodalaydilar. Baynalminallashuv – bu jahon xo‘jaligining bir nyecha sub'yektlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni o‘rnatilishi va rivojlanishining dastlabki bosqichidir. Globallashuv (lotincha globus – yer kurrasi) jahon xo‘jaligining butun makonini qamrab oluvchi iqtisodiy munosabatlar yagona tarmog‘ining tashkil topishi va rivojlanishini anglatadi.

Globallashuv jararyonining quyidagi yo‘nalishlarini ajratib ko‘rsatish mumkin:
– mulkchilik munosabatlarining globallashuvi;
– kooperasiya va myehnat taqsimotining nisbatan yuqori darajasiga o‘tish;
– xo‘jalikni tashkil etishning butunlay yangi shakllarining paydo bo‘lishi va rivojlanishi;
– xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning tartibga soluvchi rolini rivojlanishi.