Student: O‘ktamjonov Sherzodbek Group: Filologiya Ingliz tili 23 07 Subject: Tilshunoslk



Yüklə 17,61 Kb.
səhifə1/7
tarix18.12.2023
ölçüsü17,61 Kb.
#184300
  1   2   3   4   5   6   7
Sherzodbek

Student:O‘ktamjonov Sherzodbek Group: Filologiya Ingliz tili 23_07 Subject: Tilshunoslk

Mavzu:Turli tizimli tillarda sòz yasash usullarining umumiy va farqli jihatlari

Reja :

  • Sof modal so`zlar
  • Gapning tuzilishga ko’ra turlari
  • Turli tuzilishli tillarda so`z yasash usullari

Modal so`zlar, aslida boshqa turkumdan o`sib chiqib, alohida bir guruhni hosil qilgan: 1) otdan: ehtimol, chog`i, chamasi, mayli, mazmuni, haqiqatdan, haqiqatda, darhaqiqat, darvoqe, filhaqiqat, aslida, aftidan, xayriyat, vassalom; 2) sifatdan o`sib chiqqan: shubhasiz, shekilli, rost/rosti, to`g`ri/to`g`risi/ to`g`rirog`i, so`zsiz, tabiiy/tabiiyki, ma’lumki, muhaqqaq, ochig`i; 3) ravishdan: albatta, rostdan, chindan, avvalo, zotan, umuman; 4) bog`lovchidan: balki; 5) olmoshdan: o`z­o`zidan, har qalay; 6) fe’ldan: kel/keling, qo`y/qo`ying/qo`yingki, hoynahoy, demak, deylik, olaylik; 7) sintaktik birlikdan: har holda, haytovur, ishqilib, bari bir, nafsilambiriga. M o d a l so`z ning ma’no turi. Modal so`z ifodalaydigan ma’nosiga ko`ra ikkiga bo`linadi: 1) fikrning aniqligini bildiradigan modal so`z: darhaqiqat, darvoqe, haqiqatan/haqiqatdan(ham), rost, to`g`ri/to`g`risi, rostdan, chindan; 2) fikrning noaniqligini bildiruvchi modal so`z: balki, ehtimol, chamasi, aftidan, mazmuni; Sintaktik vazifasi. Modal so`z quyidagi sintaktik vazifada keladi: 1. Kirish so`z: Bu, shubhasiz, bizning yutug`imiz. Tabiiy, bir kun oldin ekkan hafta burun o`radi. Balki bu biz bilmagan yangi elementdir. 2. So`z­gap: – Bemorni kasalxonaga yotqizish kerakmi? – Albatta. – Majlis bir soatda tugarmikin? – Ehtimol.

Modal ma’noli so`z: 1. Kesim: Kitob bor. Daftar yo`q; 2. Kesimning tarkibiy qismi: Bugun borishim kerak. Kitobning keragi yo`q; 3. Sifatlovchi­aniqlovchi: Yo`q narsani yo`ndirib bo`lmaydi. 4. Bor, yo`q, kerak so`zi otlashsa, otning sintaktik vazifasini bajaradi: Bor maqtansa topilar, yo`q maqtansa chopilar. M o d a l so`z larda shakl va ma’no munosabati. Modal so`z ma’nodoshlik, shakldoshlik, zid ma’nolilik munosabatida bo`ladi: 1) ma’nodosh modal: chamasi – chog`i – mazmuni; shubhasiz – shaksiz – so`zsiz; o`z­o`zidan – tabiiy; haqiqatda – haqiqatdan – darhaqiqat; voqean – darvoqe – aytgancha – deganday; ehtimol – balki. 2) zid ma’noli modal: bor – yo`q, ha – yo`q. 3) shakldosh modal: to`g`ri, rost, tabiiy (sifat) – to`g`ri, rost, tabiiy (modal);


Yüklə 17,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin