MARKAZIY OSIYO MUTAFAKKIRLARINING AKMEOLOGIK QARASHLARI ТАЙЁРЛАДИ: А.Аминов Abu Ali Ibn Sinoning qarashlarida akmeshaxs tarbiyasining amalga oshirilishida shaxsiy ibratning ma’qulligi uqtiriladi. Uning fikricha, agar oila boshlig‘i tajribasiz bo‘lsa, u o‘z a’zolarini yaxshi tarbiyalay olmaydi, oxir oqibat u yaxshi ijobiy natijalarga erisha olmaydi, yomon tarbiya nafaqat ushbu oila, balki qo‘shnilarga, mahalla-kuyga ham yomon ta’sir qilishi mumkin. Oiladagi bola tarbiyasi ota-onaning jamiyatda tutgan mavqeidan qat’iy nazar, ularning birlamchi vazifasidir, deb hisoblaydi Ibn Sino. Ota-ona davlat boshlig‘imi, yoki oddiy fuqaromi, bari-bir, u bola tarbiyasi borasida mas’uldir. Davlat boshliqlari, rahbarlar bola tarbiyasi xususida barchaga ibrat bo‘lmog‘i lozim deydi1
Ijtimoiy muhit
muqim
dinamik
Birinchisi, muqim, barqaror ijtimoiy muhit – individning tug‘ilib o‘sgan joyiga bog‘liqdir. Bu muhitga oila, mehribonlik uylari, mahalla kiradi. Oilada, ota-ona, aka-uka, opa-singil, qarindosh urug‘lar ta’sirida bola ilk tasavvurlarni oladi va uni o‘rab turgan insonlar bilan ijtimoiy munosabatda bo‘ladi. Shunday ekan, tarbiyaning asosiy o‘zagiga oilada poydevor qo‘yadi va bu tarbiya uning butun umri davomida berilgan boshqa ta’lim-tarbiyaga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. «Demak, tarbiyadan gap ochishdan ilgari oila va undagi ruhiy muhit haqida gap yuritish lozim bo‘ladi». Oila muhitidan tubdan farq qilsa-da, mehribonlik uylari muhiti bolaning ilk tarbiyasiga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Zero, ayrim sabablarga ko‘ra, bola tug‘ilgach shu yerga olib kelinadi va ba’zi hollarda butun hayotining eng asosiy qismi bo‘lgan bolalik davri mehribonlik uyi muhiti bilan aloqadorlikda o‘tadi. Shu jihatdan ham biz mehribonlik uyi muhitini barqaror, muhim muhitlar qatoriga qo‘shdik. Ammo barqaror, muhim muhit ham o‘zgaradi, uning turg‘unligi nisbiydir.
Ikkinchisi, inson muayyan ideal bilan yashaydi. Ammo, uning hayoti hamma vaqt ham ideal emas, balki u doimo o‘zgaruvchan jonli hayot, real borliq, ijtimoiy muhit bilan bog‘liqdir. Hozirgi zamon tashqi muhiti o‘ta dinamik o‘zgaruvchanligi, doimo almashib turishi bilan xarakterlanadi. Bunda davr, zamon, hatto asr xarakterining o‘ziga xos tomonlari, jumladan, ijtimoiy jarayonlar va ma’lumotlar almashinuvining tezligi, beqarorligi tendensiyasining inson taqdiriga turli xil darajada ta’sir etishi mumkinligini e’tiborga olmoq zarur. Ya’ni, hamma narsa har qanday daqiqada o‘zgarishi, kutilmagan oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Shuning uchun dinamik – O‘zgaruvchan muhitning tarkibiga
ta’lim-tarbiya maskanlari
turli davlat va nodavlat tashkilotlar
siyosiy partiyalar
yoshlar tashkilotlari
Mahalla
diniy muassasalar
turli guruhlar, uyushmalar
Muhitlarning ijtimoiy makon xususiyatlariga ko‘ra turlari.
Makromuhit
Mezomuhit
Mikromuhit