1. Pedagogik modellashtirish haqida Insoniyatni farovon hayot shart-sharoitlarini yaratish, tabiiy ofatlarni oldindan aniqlash muammolari qadimdan qiziqtirib kelgan. Shuning uchun ham insoniyat tashqi dunyoning turli hodisalarini o‘rganishi tabiiy holdir.
Aniq fan sohasi mutaxassislari u yoki bu jarayonning faqat ularni qiziqtirgan hossalarinigina o‘rganadi. Masalan, geologlar Yerning rivojlanish tarixini, ya’ni qachon, qaerda va qanday hayvonlar yashaganligi, o‘simliklar o‘sganligi, iqlim qanday o‘zgarganligini o‘rganadi. Bu ularga foydali qazilma konlarini topishlarida yordam beradi. Lekin ular Yerda kishilik jamiyatining rivojlanish tarixini o‘rganishmaydi – bu bilan tarixchilar shug‘ullanadi.
Atrofimizdagi dunyoni o‘rganish natijasida noaniq va to‘liq bo‘lmagan ma’lumotlar olinishi mumkin. Lekin bu koinotga uchish, atom yadrosining sirini aniqlash, jamiyatning rivojlanish qonunlarini egallash va boshqalarga halaqit bermaydi. Ular asosida o‘rganilayotgan hodisa va jarayonning modeli yaratiladi. Model ularning xususiyatlarini mumkin qadar to‘laroq akslantirishi zarur.
Modelning taqribiylik xarakteri turli ko‘rinishda namoyon bo‘lishi mumkin. Masalan, tajriba o‘tkazish mobaynida foydalaniladigan asboblarning aniqligi olinayotgan natijaning aniqligiga ta’sir etadi. Modellashtirish – bilish ob’ektlari (fizik hodisa va jarayonlar) ni ularning modellari yordamida tatbiq qilish, mavjud predmet va hodisalarning modellarini yasash va o‘rganishdir. Modellash uslubidan hozirgi zamon fanida keng foydalanilmoqda.
Modellashtirish bosqichi o‘qituvchidan auditoriyaning o‘ziga hos xususiyatlarini, ya’ni o‘quvchining o‘quv-biluv faoliyati hususiyatlarini, yuz berishi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklar, ish sur’ati kabilarni bilishni talab etadi. Darsga tayyorlayotgan material bo‘lg‘usi o‘zaro hatti-harakatlar vaziyatida hayolan tasavvur etilishi va faqat o‘qituvchi emas, balki o‘quvchi nuqtai nazaridan ham o‘ylangan bo‘lishi kerak.
“Kommunikativ hujum” bosqichi nomidan ko‘rinib turibdiki, sinfni tezgina o‘quv ishiga jalb etish texnikasi, o‘zini namoyish etish va dinamik ta’sir ko‘rsata olish usullarini bilish demakdir.
Muomalani boshqarish bosqichida o‘quvchilarning tashabbusini qo‘llab–quvvatlash, dialogik muloqotni tashkil etish, aniq yuzaga kelgan sharoitga ko‘ra o‘z fikrlarini to‘g‘rilab borish malakalari juda muhimdir.
Va nihoyat, muomalani tahlil qilish maqsad, vosita va nitajaning o‘zaro hamohangligiga yo‘nalgan bo‘ladi.
Tabiiyki, o‘qituvchi muomalani va yaxlit o‘quv-ta’lim jarayonini boshqarishda tashabbuskor va еtakchi bo‘lishi kerak. Buning uchun o‘qituvchi o‘z muomalasining boshlang‘ich operativligiga e’tibor berishi kerak.
Bularning hammasi muomalaning samaradorligiga halaqit beradigan to‘siqlarni еngishga yordam beradi. Bunday to‘siqlar, ayniqsa, pedagogik faoliyatning boshlanishida tez-tez uchraydi. Birinchidan, sinfdan qo‘rqish. Bu to‘siqni psixologik jihatdan o‘zini tayyorlash, diqqatni qurilajak muloqotning qiziqarliligiga qaratish, muomalaning «hissiy o‘zagi»ni topish orqali bartaraf etish mumkin. Shunga o‘xshash to‘siqlarga yana jismoniy to‘siq ham kiradi. Ya’ni bunda o‘qituvchi o‘zini o‘quvchilardan ajratadi, stol, stul orqasida yoki burchakda turib, o‘zini yashirishga harakat qiladi. Bundan qutilish yo‘li bitta – o‘ziga ishonch namoyon qilib ochiq pozitsiyada turib ishlash.
Ijtimoiy to‘siq o‘z pozitsiyasini “yuqoridan” turib, doimiy ravishda ta’kidlab turish (“Sizning oldingizda o‘qituvchi turibdi”) natijasida paydo bo‘ladi. Ya’ni o‘qituvchi o‘z nutqini o‘quvchilarning tushunish darajalariga moslashtira olmaydi.
Har qanday to‘siqlarni еngishdan avval, o‘qituvchi o‘zida muomalaning to‘g‘ri ko‘rinishlarini shakllantirishi kerak bo‘ladi. Turli ko‘rinishdagi individual muomala shakllari ichida ba’zi umumiy hususiyatga ega bo‘lganlari ham ajratiladi. Shunday muomala shakllari majmuasidan bir necha muomala usullari ajratiladi.
O‘qituvchi va o‘quvchining o‘zaro muomalasi jarayonida muomalaning ikki hissiy qutbi shakllanishi mumkin. O‘qituvchining ijodiy his-tuyg‘ularga asoslangan o‘zaro munosabatini tashkil eta olish qobiliyati haqiqiy ta’limiy samara berishi mumkin. Salbiy hissiy holat ham paydo bo‘lishi mumkin, lekin o‘zaro ta’sirning ohirgi maqsadi sifatida emas, balki ijodiy hissiy natijaga erishish uchun mumkin bo‘lgan vaziyatli vosita sifatida paydo bo‘ladi.