Modal so`z ma’noli qism (morfemalar)ga ajraltilmaydi: aftidan, shubhasiz. Lekin unda omonim bo`lgan mustaqil so`z ajratiladi: Uning tobi qochganligi aftidan bilinardi (aftidan – ot, aftidan). Bu haqiqat shubhasiz (shubhasiz – ot, shubha – siz). Modalga o`tish bosqichida turgan ayrim so`zni modal yoki modal emas deyish qiyin. Shuningdek, xullas, xullasikalom, demak, bas, binobarin, qisqasi, umuman; mas., shuningdek, jumladan, chunonchi; aksincha; avvalo, avvalambor, nihoyat; aytganday, aytmoqchi, zotan; xususan, ayniqsa, asosan; koshki, zora, yaxshiki, xayriyat, shoyadkabi so`zni ko`proq so`zlovchining qo`shimcha munosabatini ifodalashga xoslanayotganligi, kirish bo`lak vazifasini bajarayotganligi uchun modal so`z deyish mumkin. Navbatdagi murakkablashtiruvchi vosita uyushiq bo’laklar bo’lib, uyushgan barcha so’zlar gap strukturasidan bitta uzv sifatida o’rin oladi. Masalan, Serquyosh, hur o’lkam elga baxt-najot (Madhiya) gapidagi ushgan ikkita aniqlovchi (serquyosh, hur) gap strukturasida bir a‘zo sifatida ishtirok etadi. Uyushgan bo’lak yopiq holatda bo’lsa, murakkablashish yanada kuchayadi.
Gap aytilgan tajallilardan xoli qilinsa, nisbatan umumiy bo’lgan [ega+kesim], [ega+to’ldiruvchi+kesim], [ega+to’ldiruvchi+hol+kesim], [aniqlovchi+to’ldiruvchi+hol+ kesim] kabi qoliplar qoladi. Lekin bu beshta gap bo’lagining, shuningdek, bu gap bo’lagining bittasi, goh ikkitasi yoki uchtasining va h. tushirilgan holdagi ko’rinishlari kombinatsiyasidan yuzdan ortiq qoliplar tuzish mumkin bo’ladi. Bizning oldimizda esa gapning nisbatan eng yuqori va umumiy qolipini tiklash vazifasi turibdi. Demak, keltirilgan gap qoliplaridagi farqlardan voz kechib, umumiyliklarni saqlash asosida qolipni tiklashning ikkinchi bosqichini amalga oshirishimiz lozim. Qolipni tiklashning ikkinchi bosqichida yuqorida nosintaktik - gapning lisoniy qurilishiga ta‘sir etmaydigan tajallilardan xoli qilingan [ega + kesim], [ega + to’ldiruvchi + kesim], [ega + to’ldiruvchi + hol + kesim], [aniqlovchi + to’ldiruvchi + hol + kesim] qoliplaridagi farqlar nazardan soqit qilinadi. Natijada yagona umumiylik sifatida kesim unsuri ajralib chiqadi.