Madaniyat va sivilizatsiyaning o`zaro bog`liqligi. Sivilizatsiya madaniy va ma’naviy rivojlanishning maxsuli sifatida vujudga
keladi. Sivilizatsiyalashgan taraqqiyotgina milliy madaniyat ravnaki uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Milliy madaniyat
sivilizatsiyaning asosiy targ`ibiy qismlaridan biridir. Milliy madaniyatdan o`zilib qolgan sivilizatsiya oxir-oqibatda inqirozga maxkum
bo`ladi. Masalan, hozir yuqolib ketgan Amerikadagi mayya sivilizatsiyasi bunga misol bo`ladi. Ulardan bugun yo`zdan ortik shaharlar
vayronalari qolgan. Bunga tarixdan yanada ko`plab misollar keltirish mumkin.
Sivilizatsiyaning tarixiy shakllari. Sivilizatsiyalar o`z shakliga ko`ra Sharq va o’arb sivilizatsiyalari, xristian va musulmon
sivilizatsiyalari, xududiy va jahon sivilizatsiyasi kabilardan iborat. Sharq sivilizatsiyasiga xos bo`lgan quyidagi muxim xususiyatlarni
ko`rsatish mumkin:
- Sharqdagi barcha dunyoviy, diniy va falsafiy ta’limotlar tabiatga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo`lishni, sabr-toqatlilikni
targ`ib etgan;
- Odamlar orasida Bag`rikenglik, birdamlik va hamjixatlik ruxi kuchli bo`lgan;
- Milliy qadriyat va an’analar e’zozlangan;
- kattalar va ota-onaga hurmat bilan qarashga aloxida e’tibor berilgan.
O`zbekiston Sharq sivilizatsiyasi Bag`rida rivojlandi. Vatan va onaning muqaddasligi, jamoaviylik, o`zaro yordam, tabiatga
oqilona munosabat, mehnatsevarlik, sabr-toqatlilik, kattalarga hurmat, kambag`alparvarlik kabilar Sharq sivilizatsiyasiga xos
belgilardir.
O`zbekiston jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga ilm-fan, axloq, din, san’at, madaniyat soxasidagi o`lkan yutuqlari bilan munosib
xissa qo`shdi. Milliy mustaqillik yillarida o`ziga xos taraqqiyot yo`lidan borayotgan O`zbekiston o`z milliy qadriyatlari, ma’naviy
merosi va boy madaniyatiga tayanib, o’arb va Sharqning umumbashariy qadriyatlari va tajribalarini ijodiy o`zlashtirib, dunyoviy
sivilizatsiya yo`lidan bormoqda.
|