Dunyo xalqlari madaniyatidagi umumiylik va farqlar



Yüklə 498,59 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/8
tarix06.05.2023
ölçüsü498,59 Kb.
#108506
  1   2   3   4   5   6   7   8
Falsafadan mustaqil ish



 
 
 
 
 
 
Dunyo xalqlari madaniyatidagi 
umumiylik va farqlar 
Bajardi: Karimova Diyora 


 
Dunyo xalqlari madaniyatidagi umumiylik va farqlar 
Reja: 
1. «Madaniyat» va «sivilizatsiya» tushunchalarining mohiyati va mazmuni. 
2. Sivilizatsiyaning tarixiy shakllari va hozirgi zamondagi xususiyatlari. 
3. Jahon sivilizatsiyasida O`zbekistonning to`tgan o`rni va istiqbollari. 
4. Madaniyat va sivilizatsiyaning asosiy tamoyillari, qonuniyat va xususiyatlarini bilish – ma’naviy kamolot manbai. 


Insoniyatni o`rab to`rgan muxitning targ`ibiy qismi bo`lgan odamzodning yaratuvchilik qobiliyatini ko`z-ko`z qiladigan eng 
buyuk ne’matlar orasida madaniyat asosiy o`rinlardan birini egallaydi. Unda odamzodning iktidori, saloxiyati va qobiliyati o`zligini 
namoyon qiladi. Goxida olimlar, mutaxassislar o`rtasida «Odamzod madaniyatni yaratishga kancha ko`p e’tibor qaratgan bo`lsa, 
madaniyat ham odamzodni shuncha ko`p tarbiyalagan», degan fikrlarni ham eshitish mumkin. 
Keyingi yillarda madaniyat tushunchasi bilan birga, «Sivilizatsiya» atamasi ham tez-tez eshitiladigan bo`lib qoldi. Muayyan xalq, 
xudud yoki davlatning taraqqiyot bosqichlari, ularga xos madaniy rivojlanish to`g`risida gap ketganida, olim va mutaxassislar ana shu 
atamadan foydalanmokda. Bu esa o`z-o`zidan «Хush, madaniyat nima? Sivilizatsiya-chi?» kabi savollarga javob berishni taqozo etadi. 
Madaniyat ko`pqirrali ijtimoiy-tarixiy hodisa bo`lib, insoniyat ma’naviyati yo`qsalib borgani sayin mazkur tushunchaning mazmuni 
tobora boyib boradi. Madaniyat inson tomonidan yaratilgan sun’iy olamdir yoki ikkinchi tabiatdir, degan qarashlar ham yo`q emas. 
Bunda odam zotining yaratuvchilik qobiliyati, iktidori va shu asosdagi faoliyati hamda ularning natijalari nazarda tutiladi. 
Тarixdan jamiyat taraqqiyotining muayyan davrlarida madaniyatning nixoyatda gullab-yashnagan davrlari bo`lgani ma’lum. 
Masalan, qadimgi Yunonistonda miloddan ilgarigi VII-II asrlarda fan va madaniyat nixoyatda rivojlangan. Usha davrda yashagan 
Suqrot, Aflotun, Arastu kabi unlab allomalarning nomlari insoniyat tarixiga abadiy muxrlangan. Hozirgacha insoniyat tarixini 
o`rganadigan mutaxassislar bu davrdagi Yunoniston madaniyatini jahon sivilizatsiyasining beshiklaridan biri sifatida talqin etadilar. 
Тaxminan ana shu davrda «Avesto» kitobini yaratgan yurtdoshlarimiz madaniyati ham yo`qsak bo`lganini bugungi kunda ko`pgina 
mutaxassislar e’tirof etmogda. Хuddi shunday madaniy taraqqiyotni yurtimiz tarixining VII-XII asrlarida yoki Soxibkiron Amir Тemur 
xukmronlik qilgan davrda ham ko`zatish mumkin. 
Madaniyat inson bilimlari, kunikma va tajribalarini, ma’naviy saloxiyatini hamda amaliy faoliyat jarayonida inson 
ideallarining ro`yobga chiqishi va shaxs sifatida kamol topish jarayonini o`zida aks ettiradi. 


Madaniyat 
va 
sivilizatsiya 
tushunchalari 
o`zaro 
bog`liq 
bo`lsa-da, 
turlicha mazmun va xususiyatga egadir. Ba’zi 
olimlar madaniyat, o`zining kelib chiqishiga 
ko`ra, sivilizatsiyaga nisbatan qadimiydir, u 
mohiyatan sivilizatsiyaning ruxi, jonidir, deb 
xisoblaydi. Masalan, A. Тoynbi «Тarixning 
idrok qilinishi» asarida shunday fikrlarni 
bayon etadi. Franso`z olimi R. Aron ham 
shunga yaqin xulosaga keladi. Uning fikricha, 
aynan madaniyat va sanoat soxasidagi 
tanazzul asta-sekin insoniyatni krizislar 
botkoKiga 
botirishi, 
bu 
esa, 
umumbashariyatning kelajagini xavf ostiga 
qo`yishi ham mumkin. 
Har bir xalq o`ziga xos madaniyat 
yaratadi va shu madaniyat tufayli o`zligini anglaydi, jahon taraqqiyotiga xissa qo`shadi. Milliy madaniyat rivojida quyidagilar katta 
o`rin tutadi:



Yüklə 498,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin