Dunyo xalqlari madaniyatidagi umumiylik va farqlar


Madaniyat va sivilizatsiyaning o`zaro bog`liqligi



Yüklə 498,59 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/8
tarix06.05.2023
ölçüsü498,59 Kb.
#108506
1   2   3   4   5   6   7   8
Falsafadan mustaqil ish

Madaniyat va sivilizatsiyaning o`zaro bog`liqligi. Sivilizatsiya madaniy va ma’naviy rivojlanishning maxsuli sifatida vujudga 
keladi. Sivilizatsiyalashgan taraqqiyotgina milliy madaniyat ravnaki uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Milliy madaniyat 
sivilizatsiyaning asosiy targ`ibiy qismlaridan biridir. Milliy madaniyatdan o`zilib qolgan sivilizatsiya oxir-oqibatda inqirozga maxkum 
bo`ladi. Masalan, hozir yuqolib ketgan Amerikadagi mayya sivilizatsiyasi bunga misol bo`ladi. Ulardan bugun yo`zdan ortik shaharlar 
vayronalari qolgan. Bunga tarixdan yanada ko`plab misollar keltirish mumkin. 
Sivilizatsiyaning tarixiy shakllari. Sivilizatsiyalar o`z shakliga ko`ra Sharq va o’arb sivilizatsiyalari, xristian va musulmon 
sivilizatsiyalari, xududiy va jahon sivilizatsiyasi kabilardan iborat. Sharq sivilizatsiyasiga xos bo`lgan quyidagi muxim xususiyatlarni 
ko`rsatish mumkin: 
- Sharqdagi barcha dunyoviy, diniy va falsafiy ta’limotlar tabiatga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo`lishni, sabr-toqatlilikni 
targ`ib etgan; 
- Odamlar orasida Bag`rikenglik, birdamlik va hamjixatlik ruxi kuchli bo`lgan; 
- Milliy qadriyat va an’analar e’zozlangan; 
- kattalar va ota-onaga hurmat bilan qarashga aloxida e’tibor berilgan. 


O`zbekiston Sharq sivilizatsiyasi Bag`rida rivojlandi. Vatan va onaning muqaddasligi, jamoaviylik, o`zaro yordam, tabiatga 
oqilona munosabat, mehnatsevarlik, sabr-toqatlilik, kattalarga hurmat, kambag`alparvarlik kabilar Sharq sivilizatsiyasiga xos 
belgilardir. 
O`zbekiston jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga ilm-fan, axloq, din, san’at, madaniyat soxasidagi o`lkan yutuqlari bilan munosib 
xissa qo`shdi. Milliy mustaqillik yillarida o`ziga xos taraqqiyot yo`lidan borayotgan O`zbekiston o`z milliy qadriyatlari, ma’naviy 
merosi va boy madaniyatiga tayanib, o’arb va Sharqning umumbashariy qadriyatlari va tajribalarini ijodiy o`zlashtirib, dunyoviy 
sivilizatsiya yo`lidan bormoqda. 



Yüklə 498,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin