Dunyoqarash — dunyoga va insonning undagi o’rniga, kishilarning o’z atrofidagi voqelikka va o’z-o’ziga munosabatiga bo’lgan umumiy qarashlar tizimi, shuningdek, bu qarashlarga asoslangan odamlarning e’tiqodlari, ideallari, bilish va faoliyat tamoyillari. Dunyoqarash kishining yoshi, hayotiy tajribasi, bilimi, mafkurasi bilan bog’liq Dunyoqarash va uning strukturasi Dunyoqarashning mohiyati,tuzulishi va asosiy funksiyalari Dunyoqarash – inson ongining zaruriy qismidir. Biroq u ongning elementlaridan biri emas, ularning murakkab yig‘indisidir. Bilimlar, e’tiqodlar, fikr-mulohazalar, kayfiyatlar, his-tuyg‘ular dunyoqarash strukturasidan joy olar ekan, kishilarning olam haqidagi yaxlit tasavvurlarini, tushunchalarini vujudga keltiradi. Dunyoqarash – integral tuzilma bo‘lib, uning barcha elementlari o‘zaro aloqadordir. Dunyoqarash strukturasida esa eng asosiy o‘rinni umumlashtirilgan bilimlar egallaydi. Ushbu bilimlar hajmi qanchalik bo‘lsa, inson dunyoqarashi ham shunchalik keng bo‘ladi. Ulardan tashqari dunyoqarash strukturasida qadriyatlar ham alohida ahamiyatga egadir. Ko‘rinib turibdiki, inson dunyoqarashi ikki mustahkam asosga tayanadi: ulardan biri bilimlar bo‘lsa, ikkinchisi qadriyatlardir. Xullas, dunyoqarash – qarashlar, baholar, prinsiplar yig‘indisidan iborat yaxlit sistema bo‘lib, uning eng asosiy komponentlari bilim, e’tiqod va xulq-atvordir. Dunyoqarashning boshqa shakl va tiplaridan farqli o‘laroq falsafaning barcha g‘oyalari nazariy jihatdan asoslangan, mantiqan izchildir. Faylasuf esa nafaqat ana shunday dunyoqarash sohibi, balki dunyoqarashning strukturasini tahlil qilishni o‘ziga kasb etgan zotdir.Dunyoqarash – bilimlar va qadriyatlar, intelekt va his-tuyg‘ular, e’tiqodlar va gumonlar yig‘indisidir. Shuning uchun ham uning uch tomoni mavjud: dunyoni his etish, dunyoni tushunish, dunyoni idrok etish. Sistemaliligi, “izchilligi”, g‘oyalarning asoslanganligi holatiga qarab dunyoqarashni ikki darajaga bo‘lamiz: hayotiy-amaliy dunyoqarash va nazariy dunyoqarash.