Tabiiy resurslariga umumiy ta`rif.
Qoraqalpog`iston respublikasining ko`pchilik territoriyasi geologik jihatdan
Turon platformasining ajralmas bir bo`lagi xisoblanadi. U faqattonik jihatdan
qadimgi eralardan buyon turg`un bo`lib qolgan territoriya bo`lib, harakatsiz
hududlar
qatoriga kiradi. Mezazoy erasigacha Qoraqalpog`iston o`lkasi geosinklinal
oblastlardan xisoblanib, tog` paydo bo`lish protsessi polezoyning oxirida
tamomlangan. Shuning uchun platformaning fundamentini mezazoygacha davrda
yotqizilgan cho`kindi tog` jinslaridan iborat oxak toshlar, metomorfizmga uchragan
soz loy (slanets), magma jinslaridan granit, gneys, serpentinlar tashkil qiladi. Bu
fundament katlamli paleozoy erasida shakllangan.
Kadimiy qurg`oqlikning paydo bo`lish davridan boshlaboq er yuzasi yuvilish
protsessiga uchrab, asta sekin emirilib, yassilanib. tekisllasha boshlagan.
Keyinchalik platforma davri boshlanganda, er yuzasi asta sekin chyakib, paleozoy
jinslarining ustida yangidan mezazoy va kaynazoy katlamlari to`plana boshlaydi.
Natijada ular hozir Qoraqalpog`istonnida bir qancha chuqurda yotibdi. Fundamental
katlam Ustyurtning Qabaqli zonasida 100 metrdan Borsakelmasga tomon 6000 metr
chuqurlikda uchrasa, Amudaryo del`tasining Qo`ng`irot zonasida bir qancha
yuqoriroqda 2000 metrda, Xo`jayli va Nukusda 1000 metr, To`rtko`lda 500 metr
chuqurlikda, Sulton-Uvays tog`ida esa fundament katlam er yuzasiga chiqib
yotibdi.
Fundamentni qoplab turgan cho`kindi tog` jinslarining qalinligi o`sha davr
tabiiy-geografik sharoit bilan bog`liq. Shunday qilib, Qoraqalpog`iston o`lkasi
o`zining platforma rivojlanish tarixi bo`yicha mezazoy, kaynazoy eralarida dengiz
ostida bo`lgan. Shuning uchun Qoraqalpog`istonning ko`pchilik territoriyasini
cho`kindi tog` jinslarining qalin qatlamlari qoplab yotibdi. Demak bu respublika
o`lkasi bo`yicha qazilma boyliklarning geografik tshimollishiga va ularning
zaxiralarining shakllanishiga kuchli ta`sir etgan.
Qoraqalpog`istonda ko`p yillar oldinoq sanoat ahamiyatiga ega temir
rudasining, rangli metallarning, fosforitning, osh tuzining, mirabilitning, sul`fat
natriyning, qo`ng`ir ko`mirning zaxiralari aniqlangan edi. Keyingi yillarda
O`zbekiston Fanlar Akademiyasining geoologiya institutining va Qoraqalpog`iston
bo`limining geologiya sektorining olimlarining ishtirokida (Samanov J., Palibekov
A., Kurbaniyazov K., va b.) yonuvchi tabiiy gazning, ko`p sonli fosforit konlarining,
qurilish uchun yaroqli toshlarning, ayniqsa marmarning, oxak toshlarining, koalin
loylarining sanoat zaxiralari ochildi. Shunday qilib, bizning o`lkamizda bugingi
kunga kelib sanoat axamiyatiga ega mineral xom ashyo resurslarining zaxiralari
aniqlana boshladi. Bularni xalq xo`jaligidagi ahamiyati va foydalanish yo`nalishlari
bo`yicha quyidagi guruhlarga ajratishga bo`ladi:
1. Yonilg`i-energetik axamiyatga ega mineral xom ashyo resurslari.
2. Metallurgik axamiyatga ega mineral xom ashyo resurslari.
3. Ximiyaviy axamiyatga ega mineral xom ashyo resurslari.
4. Qurilish materiallari axamiyatiga ega mineral xom ashyo resurslari.
5. Oziq-ovqat axamiyatiga ega mineral xom ashyo resurslari.
Yuqoridagi ko`rsatilgan yonilg`i-energetik axamiyatga ega tabiiy resurslardan
tabiiy gaz, ko`mir va neftni aytsak bo`ladi. Tabiiy gaz Qoraqalpog`istonning Ustyurt
bo`limidagi Shoxpaxta, Quvonish konlarida ochildi. Mutaxassislarning aniqlashicha
xozirning o`zida uning umumiy zaxirasi 195 mlrd. m
3
ga barobar. Shundan
Shoxpaxta gaz konining zahirasi 46,5 mlrd m
3
ni tashkil qilib, keyingi yillarda
respublika gaz quvuriga tutashtirildi. Qo`ng`ir ko`mirning zaxiralari quyi va o`rta
yura yotqiziqlarida uchrab, bular Tovqir, Qulanlida 150-1500 metr chuqurlikda
uchraydi. Neftning sanoat zaxirasi Borsakelmas zonasida ochildi. Yuqorida
ko`rsatilgan mineral xom ashyo resurslarni sanoatda foydalanish kelajak istiqbolida
Qoraqalpog`istonning yonilg`i-energetik bazasini tuzishga va gaz, neft`, ximiya
sanoatining rivojlanishiga yo`l ochadi. Bizning sharoitimizda mustahkam yonilg`i-
energetika bazasini tuzish xozirgi xalq xo`jaligi soxalarining energiyaga bo`lgan
extiyojinii ta`minlashda va sanoat komplekslarini tuzishga yo`l ochishi bilan birga
foydalanishga yaroqli mineral xom ashyo resurslarining tarkibidagi jinslarni
ajratishga imkoniyat beradi. Qoraqalpog`istonda metallurgik ahamiyatga ega mineral
resurslardan temir rudasi, mis, tsink, nikel`, qo`rg`oshin va boshqa boyliklarni aytsak
bo`ladi. Geologik o`rganish natijasida Sulton Uvays tog`ida temir rudasining
(zaxirasi 15 mlrd.t.), misning, qo`rg`oshinning, tsinkning va boshqa boyliklarning
katta zaxiralari aniqlandi. Topilgan nikel` avtomobil`, traktor, mashina sanoati uchun
kerakli xar xil uskunalar tayyorlashga, meditsina priborlar, akkumlyatorlar uchun
elektrod tayyorlash uchun yaroqli. Ximiyaviy va oziq-ovqat mineral xom ashyo
resurslariga fosforit, mirobilit, osh tuzi va shifobaxsh er osti suvlarini keltirsak
bo`ladi.
Fosforitning aniqlangan zaxiralari Ustyurtda, Bestobeda, Xo`jako`lda va boshqa
joylarda uchraydi. Mirobilitning sanoat ahamiyatga ega zaxiralari Kusxanatovda
ham uchraydi, zaxirasi 1.1 mlrd. m
3
ga barobar. Qog`oz, to`qimachilik sanoatlari,
shuningdek shisha ishlab chiqarishga va farmatsevtika uchun foydalanishga yaroqli.
Osh tuzining katta sanoat ahamiyatga ega zaxiralari Qoraumbat, Borsakelmas,
Oqtuba, Sariko`l zonalarida joylashgan. Shundan Borsakelmas konidagi osh tuzining
zaxirasi 17 mlrd.t. dan ortiq. Qoraqalpog`istonda xalq xo`jaligida foydalanishga
yaroqli er osti suvlarining ham mo`l zaxiralari uchraydi. Gidrogeologik ekspeditsiya
ma`lumotlariga qaraganda bu suvlar shifobaxshligi bilan foydalanishga va mineral
suv sifatida foydalanishga imkoniyat beradi. Qoraqalpog`istonni qurilish sanoati
uchun yaroqli asbest, dala shpatining, tal`kning, marmarning, oxakning, granitning
va boshqa zaxiralarga juda boy. Shundan tal`kning aniqlangan zaxirasi 820 mln.
m
3
ga barobar bo`lib, qogoz, kabel`, rezina ishlab chiqarishda, dekorativ plitalar
tayyorlashda va yuqori sifatli izolyatorlar ishlab chiqarishda foydalanishga bo`ladi,
granit bo`lsa kesish, parmalash asboblarini tayyorlashda foydalanishga yaroqli.
Xozir o`lkamizda qurilish materiallaridan marmardan foydalanish yaxshi yo`lga
qo`yilgan. Sultao Uvays tog`ining marmarining bazasida Nukus granit marmar
zavodi ishlamoqda.
Shunday qilib, Qoraqalpog`istonning mineral xom ashyo
resurslarini qisqacha tahlil qilganimizda o`lkamizda mineral boyliklarning katta
zaxiralari bor ekanligi kuzatiladi. Shuning uchun bu katta resurslarni sanoatda
foydalanishga qo`shish kelajak istiqbolida Qoraqalpog`istonda yirik sanoat
komplekslarini tuzishga imkoniyat beradi, bu o`z navbatida o`lkamizning agrar
statusini o`zgartirishga yo`l ochsa, ikkinchidan xalqimizning milliy daromadining
hajmining ortishiga ijobiy ta`sir qiladi.
Xulosa qilganimizda Qoraqalpog`iston respublikasida og`ir sanoat sohalarini,
ayniqsa tog`-kon sanoati va qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish uchun
mineral xom ashyo resurslarning ko`pchilik turlari joylashgan. Masalan: Tebinbuloq
titan magnetitli koni istiqbolli konlardan xisoblanadi. Sul`fatli magneziyali tuz kon
asosida sul`fat natriyning, osh tuzini va metall magniyni olishga yo`l ochiladi. Bu
esa ximiya, metallurgiya sanoatini keng rivojlantirishga imkoniyat yaratadi.
Respublikada qurilish materiallarini etishtirish uchun mineral boyliklarining
zaxiralari ko`p. Hozirgi vaqtda Ustyurt zonasidan gaz va neftning bir qator konlari
ochildi. Shunday qilib,o`lkamizda har xil xom ashyo resurslarining katta zaxiralari
mavjud.
Dostları ilə paylaş: |