O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA
MAXSUS TA`LIM
VAZIRLIGI
Ajiniyoz nomidagi
Nukus Davlat pedagogika instituti
Geografiya o`qitish metodikasi kafedrasi
Qoraqalpog`iston tabiiy geografiyasi fanidan
M A ` R U Z A L A R M A T N I
Tayyorlagan:
Radjapov M.Ya.
NUKUS-2022
Ma`ruza №1
Qoraqalpog`iston tabiiy geografiyasi faniga kirish. Fanning mazmuni, maqsadi
va vazifalari, o`lkaning geografik joylashgan o`rni va chegaralari
Reja:
1. Kirish
2. Fanning mazmuni, maqsadi va vazifasi
3. O`lkaning geografik joylashgan o`rni va chegaralari
Kirish
O`zbekiston
respublikasi
o`z
mustaqilligiga
erishgandan
keyin
Qoraqalpog`iston tabiiy geografiyasi fani yangi avlodlarga xozirgi kunning talablari
asosida malakali bilim berish maqsadida oliy o`quv yurtlarida
talaba yoshlarga va
geografiya fani o`qituvchilariga qo`shimcha darslik sifatida tavsiya qilinmoqda.
Geograflar mazkur fanni o`rganish davrida, Qoraqalpog`istonning tabiiy resurs
saloxiyatini va undan xalq xo`jaligi soxalarida maqsadga
muvofiq foydalanishning
xozirgi darajasi, respublikaning tabiiy resurs manbalari
va uning mexnat resurslari
bilan taminlanish darajasiga muvofiq kelishi xalq xo`jaligining territorial strukturasi
va unda sanoat, qishloq xo`jaligi va transbo`rt soxalarining tutgan nisbiy ulushi xalq
xo`jaligi soxalarini bundan keyin rivojlantirishda axoliga xizmat ko`rsatuvchi
sohalarni tuzish va ularni intensiv rivojlantirish muammolarini echishga
bag`ishlangan ilmiy-praktik va tarbiyaviy axamiyatga ega ma`lumotlarga ega
bo`ladi. O`quv qo`llanmaning eng axamiyatli ta`lim-tarbiyaviy
tomonlaridan biri
unda yosh avlodlar o`lkashunoslik tamoyillarida o`z elini sevishga va uni
ardoqlaydigan qilib solishtirishlar orqali bilim manbalarini o`rgatish yo`llari tavsiya
qilingan. Shu asosda Qoraqalpog`istonning tabiiy zonalari bo`yicha ishlab chiqarish
kuchlarini rivojlantirish muammolari ko`rib chiqilgan va eshlarga ekologik ta`lim
berish uchun boy ma`lumotlar va dalillar berilgan. Bu kabi, respublika geograflariga
tavsiya etilgan o`quv uslubiy xarakterdagi ma`lumotlar yoshlarga o`z o`lkasining
geografiyasi bo`yicha bilim asoslarini egallashdagi katta
ilmiy-amaliy axamiyatga
ega ish bo`lgan bo`lar edi.