DVD-ROM
(digital video disk yoki digital versatile disk) – universal
raqamli disk, video, audio
va kompyuter formatidagi ma’lumotlar tashuvchisi.
Bir tomonlama, bir qatlamli disklar 4.7 Gb,
ikki tomonlama ikki qatlamli disklar esa 15-17 Gb gacha hajmga ega. DVD sifati VCDdan ikki
marta, videokassetalardan esa uch marta yuqori.
DVD-R
– foydalanuvchi tomonidan bir marta yoziladi.
DVD-RW
– qayta yozish imkoniyatiga ega bo’lgan disklar.
Diskovodlar turlari
- CD-ROM –
Barcha tipdagi CDlarni o’qish uchun mo’ljallangan;
- CD-RW
– Barcha tipdagi CDlarni o’qish, CD-R va CD-RW disklarga yozish
uchun
mo’ljallangan;
- DVD-ROM –
CD va DVD disklarni o’qish uchun m’ljallangan;
- DVD/CD-RW
– CD va DVD disklardan o’qish, CD-R va CD-RW disklarga yozish uchun
mo’ljallangan;
- DVD+RW
– DVD disklardan o’qish va DVD-R va DVD-RW disklarga yozish uchun
mo’ljallangan.
Videokartalar
Videokartalar (videoplata, videoadapter) – kompyuterning grafika bilan ishlovchi ko’p
funksiyali
qurilmasi bo’lib, quyidagi asosiy parametrlarga ega:
-
ranglar miqdori
(8 bit – 256 (Low Color), 16 bit – 65536 (High Color), 24 bit – 16.7 mln
(True Color), 32 bit – 16.7 mln+α kanal)
-
dyumdagi piksellar soni
. Standart qiymatlar: 640x480, 800x600, 1024x768, 1280x1024,
1600x1200 va hk.
Bu ikkala parametr birgalikda videorejim deb ataladi (masalan, 800x600/256). Shaxsiy
kompyuterlarda sifatli ishlash uchun video rejim parametrlari displey
parametrlariga mos kelishi
zarur. -
chipset
– plataga ornatilgan mikrosxemalar nabori. Hozirgi kunda videokartalar uchun
eng ommalashgan chipset NVIDIA kompaniyasining GeForce 4 chipsetlari hisoblanadi.