to‘g‘risida”gi PQ-5197-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi PQ-
3149-son qarori bilan tasdiqlangan “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni
realizatsiya qilish bo‘yicha elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi
Nizom, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer
uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2021 yil 24
noyabrdagi 709-son qarori va 2022-yil 12-yanvardagi 18-son qarori bilan tasdiqlangan “E-auksion”
elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda o‘tkazish tartibi
to‘g‘risida”gi Nizom hamda
sohaga oid boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil
etiladi va o‘tkaziladi.
7.2. Auksion kamida ikki nafar ishtirokchi mavjud bo‘lganda o‘tkaziladi.
Auksionga chiqarilgan obyektlarni sotishga va oldi-sotdi shartnomasini rasmiylashtirishga faqat
auksionda kamida ikkita ishtirokchi qatnashganda ruxsat beriladi.
7.3. Xabarnoma joylashtirilgan paytdan boshlab auksion yakunlangunga qadar ishtirokchi obyektni
sotib olish (ijaraga olish) bo‘yicha auksion qadamiga bog‘lanmagan va savdo boshlangunga qadar boshqa
ishtirokchilarga oshkor etilmaydigan o‘z narx taklifini kiritish mumkin.
Bunda ishtirokchi tomonidan belgilangan miqdordagi va sud hujjatlari
va boshqa organlar
hujjatlarini ijro etishda xatlangan mol-mulkni sotishda 5 foiz hamda yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish
huquqini sotishda mazkur Ofertaning 9.2-bandida belgilangan miqdordagi zakalatni taklif etayotgan
narxiga nisbatan to‘lash talab etiladi.
Agar auksion jarayonida obyekt narxi qadamga bog‘lanmagan narx taklif etgan ishtirokchi
tomonidan taklif etilgan narxdan oshsa, unga platforma orqali xabar yuboriladi va auksion ishtirokchilariga
navbatdagi narxni belgilangan tartibda oshirish uchun o‘n daqiqa vaqt beriladi.
Auksionda ishtirokchi tomonidan auksion qadamiga bog‘lanmagan holda berilgan narx auksion kuni
inobatga olinadi va bu ishtirokchining auksion obyektini shu qiymatda sotib olish istagini tasdiqlaydi.
Agar auksion boshlanganda ikki va undan ortiq ishtirokchilarning auksion qadamiga bog‘lanmagan
holda taklif etgan narxlari qiymati teng bo‘lsa, barcha ishtirokchilarga navbatdagi
narxni taklif etishlari
uchun vaqt taqdim etiladi va bunda:
ishtirokchilardan birontasi obyektni sotib olish (ijaraga olish) bo‘yicha taklif etgan narxini
belgilangan bosqichga oshirish yo‘li bilan sotib olish istagini taqdim etiladigan navbatdagi o‘n daqiqa
davomida tasdiqlamasa, obyekt uchun birinchi bo‘lib narx taklif etgan ishtirokchi g‘olib
deb topiladi;
agar ishtirokchilardan biri obyektni sotib olish (ijaraga olish) bo‘yicha narxni bir auksion qadamiga
oshirish yo‘li bilan sotib olishni (ijaraga olishni) tasdiqlasa yoki auksion qadamiga bog‘lanmagan narx
taklif etsa, boshqa ishtirokchilarga keyingi narxni tasdiqlash uchun navbatdagi 10 daqiqa vaqt beriladi;
joriy narx oshirilganidan keyin bironta ishtirokchi joriy narxni bir auksion qadamiga oshirish yo‘li
bilan sotib olishni (ijaraga olishni) tasdiqlamasa, sotib olishni (ijaraga olishni) oxirgi bo‘lib
tasdiqlagan
ishtirokchi g‘olib deb e’tirof etiladi.
Dostları ilə paylaş: