8.9. Takroriy auksion qadami auksion obyekti baholangan qiymatining 2
foizi miqdorida
belgilanadi.
8.10. Takroriy auksion, lotni boshlang‘ich narxdan bitta qadamga tushirilgan
narxda sotib olish
bo‘yicha taklifni tasdiqlashni auksion ishtirokchilaridan so‘rashdan boshlanadi.
8.11. Auksion g‘olibi tomonidan mulkni qabul qilib olmaslikning quyidagi hollarida zakalat puli
auksion g‘olibi murojaat qilgan kundan boshlab uch ish kuni ichida qaytarib beriladi:
auksionda sotilgan mol-mulk auksion obyektining ko‘rsatilgan texnik tavsiflariga mos kelmasa;
mol-mulk auksionda sotilgunga qadar uchinchi shaxslarning egaligiga o‘tib ketgan bo‘lsa va bu
holat auksion yakunlanganidan so‘ng aniqlansa.
Bunda, auksion g‘olibi murojaatiga yuqoridagi ikki holatdan birini
tasdiqlovchi tegishli
tashkilotlarning asoslantirilgan rasmiy hujjatlarini ilova qilishi lozim.
Murojaat asoslantirilmagan va asoslantiruvchi hujjatlar ilova qilinmagan taqdirda zakalat puli
qaytarilmaydi.
9. Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini savdo platformasida sotishning o‘ziga xos
xususiyatlari.
9.1. Auksion narxlarni oshirib borish tamoyili bo‘yicha o‘tkaziladi.
Ishtirokchilar yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlarini “E-auksion” elektron savdo
platformasida lot bo‘yicha ariza berish jarayonida ERI bilan tasdiqlaydi (imzolaydi). Yer qa’ri
uchastkasidan foydalanish shartlarini ERI bilan imzolamagan talabgorlar
onlayn-auksion savdolariga
qo‘yilmaydi.
ERI bilan imzolangan yer qa’ri uchastkasidan foydalanish shartlari yer uchastkasidan ijara huquqi
asosida foydalanish shartlarini ham nazarda tutadi va ijara shartnomasi kuchiga ega bo‘ladi.
9.2. Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi bo‘yicha auksionda ishtirok etish uchun zakalat puli
quyidagicha belgilanadi:
geologik jihatdan o‘rganish uchun – auksion obyekti boshlang‘ich narxining 100 foizi
miqdorida;
foydali qazilmalarni kavlab olish uchun – auksion obyekti boshlang‘ich narxi BXMning 4 ming
baravarigacha bo‘lganda, ushbu narxning 50 foizi, BXMning 4 ming baravariga teng va BXMning 20
ming baravarigacha – 20 foiz hamda BXMning 20 ming baravariga teng va undan yuqori qiymatda – 10
foiz miqdorida;
qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyati uchun – auksion obyekti
boshlang‘ich narxining 50 foizi miqdorida.
9.3. Yer qa’rini geologik o‘rganishga doir ishlarni moliyalashtirgan yuridik shaxslar ular tomonidan
qidirilgan kondan foydali qazilmalarni qazib olishga ruxsatnoma olish uchun berilgan mutlaq huquq
muddati tugagandan so‘ng auksionda
ishtirok etgan taqdirda, kondan foydalanish huquqi uchun
ruxsatnoma olishga ustunlik huquqi saqlab qolinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tomonidan
ishtirokchining ustunlik huquqi mavjudligi to‘g‘risida operatorga taqdimnoma kiritilganda, ustunlik huquqi
berilishi inobatga olinadi.
Ustunlik huquqi auksion ishtirokchisiga auksionda g‘olib bo‘lgan taqdirda, yer qa’ri uchastkalaridan
foydalanish huquqining qiymatini to‘lashda ushbu obyekt boshlang‘ich narxining o‘n foizi miqdorida
chegirma qo‘llash huquqini beradi.
Bunda auksion g‘olibi tomonidan operatorga auksion obyektining sotish qiymati to‘liq to‘lab
beriladi va operator tomonidan chegirma summasi auksion g‘olibining hisobvarag‘iga qaytariladi.
9.4. Operator auksion g‘olibi tomonidan sotib olish (ijaraga olish) to‘lovlari to‘liq to‘langandan
so‘ng keyingi ish kunidan kechiktirmay auksion g‘olibiga bayonnoma rasmiylashtiradi hamda mazkur
bayonnomani va g‘olib tomonidan imzolangan yer qa’ridan foydalanish shartlarini auksion g‘olibining va
buyurtmachi (O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi)ning shaxsiy
kabinetiga
elektron shaklda yuboradi, shuningdek, tegishli axborotni o‘z veb-portalida joylashtiradi.
Operator bayonnoma va yer qa’ridan foydalanish shartlarini QR-kod (matrik shtrixli kod) bilan
rasmiylashtiradi.
9.5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi
bir ish kuni
mobaynida bayonnoma asosida yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun tegishli ruxsatnomani
ERI bilan imzolangan va QR-kod (matrik shtrixli kod) bilan rasmiylashtirilgan holda, savdo platformasi
orqali operatorga yuboradi.
Dostları ilə paylaş: