E. G' G'oziev O'zbekiston respublikasi


 Talabalar hayoti va faoliyatini o‘zgartiruvchi



Yüklə 112 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/64
tarix07.01.2024
ölçüsü112 Kb.
#211287
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   64
G`oziyev E.G`. Ontogenez pisixologiyasi

7.6. Talabalar hayoti va faoliyatini o‘zgartiruvchi
asosiy omillar
Jahon psixologiyasida xulq-atvor, muomala va faoliyat muvaffaqiyatini 
ta’minlovchi omillaming eng muhimi tariqasida insonning hissiy hayoti yotishi 
aksariyat nazariyotchi psixologlar tomonidan ta’kidlab o'tiladi. Bu talqinning 
haqqoniyligiga hech qanday e’tirozlar bo4lishi mumkin emas, chunki, mazkur 
omil eksperimental psixologiyaning mustaqil soha sifatida vujudga kelishidan 
e’tiboran ustuvor, dalil taqozo qilmaydigan atribut singari tadqiqot predmeti 
mohiyatiga sin gib ketgan. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, talaba 
muomalasining, 
xulq-atvorining 
kechishi, 
faoliyatining 
muvaffaqiyatli, 
sermahsul yakunlanishi ko4p jihatdan shaxsning hissiy holatlariga (hissiy ton, 
kayfiyat, stress, affekt va hokazo), izohlanishi murakkab bo4lgan ruhiy 
kechinmalarga, yuksak his-tuyg‘ularga bog4liq.
0 ‘yin, mehnat, o‘quv, muomala va boshqa faoliyat turlarining 
muvafaqiyatli kechishi, shaxslararo munosabatlarda xulq-atvoming namoyon 
bo4lishi ijobiy psixologik holat sifatida baholansa, emotsiya va hissiyotning 
barqaror, maqsadga yo‘nalgan tarzda hukm surish ehtimoli e ’tirof etiladi. His- 
tuyg‘ulaming 
mustahkamligi, 
barqarorligi, 
mukammalligi 
sifatlarining 
mavjudligi ulaming dinamik stereotiplar tipiga aylanganligidan dalolat beradi. 
Faoliyat va xulqni shaxs tomonidan ongli ravishda boshqarish uslubi 
shakllanganligini bildiradi. Tabiatning tarkibiy qismlari va jamiyaming a’zolari 
bilan turli shakldagi,har xil xususiyatli munosabatga kirishishi,ular bilan 
muomala qilish maromlarini davriy (muvaqqat tarzda) o4zgarishni vujudga 
keltiradi. Ana shu o4zgarish tufayli muvaffaqiyatsizlik, omad va omadsizlik, 
optimizm(kelajakka ishonch) va pessimizm (umidsizlik), romantika va realiya, 
simpatiya va antipatiya, progress va regress, jo 4shqinlik va tushkunlik, faollik va 
sustlik kabi birinchisi ijobiy (pozitiv) ikkinchisi esa salbiy (negativ) ruhiy hodisa 
kelib chiqadi. Faoliyat va xulqning amaliyotda bir tekis kechishini ta’minlovchi 
hissiy holat barqarorligining buzilishi unga qiyos qilingan muvaffaqiyatning 
birlamchi omili to4g ‘risidagi ilmiy ma’lumotlami shubha ostiga qoldiradi.
220


Binobarin, jamiki narsaning boshlang‘ich asosi, manbai hissiyot degan 
g‘oyani, uning qiymatini umumiy fonda birmuncha qadrsizlantiradi, lekin 
ikkinchi darajali omilga aylantirib yubormaydi. Omillaming birlamchi va 
ikkilamchi,ustuvor va yetakchi, umumiy va xususiy, ob’ektiv va sub’ektiv,muhim 
va nomuhim mezonlar, alomatlar, oMchamlar yordami bilan baholanishi ushbu 
psixologik masala mohiyatini oqilona talqin qilish zaruriyatini vujudga keltiradi. 
Holbuki shunday ekan, ularning mohiyatini, keltirib chiqaruvchi sabablarini, 
harakatlantiruvchi kuchlami muayyan dalillarga asoslanib tahlil qilish muammcsi 
may donga keladi.
Talaba faoliyati va xulqining muayyan qonuniyatlarga asoslangan holda 
amalga oshishi ham ob’ektiv,ham sub’ektiv shart-sharoitlarga bogMiq. Tabiiy 
omillami keltirib chiqaruvchi ob’ektiv (tashqi) shart-sharoitlar, ya’ni mikro va 
makro muhit, moddiy borliq, yordamchi vositalaming mavjudligi, ulaming 
yuksak talablarga javob bera olish imkoniyati, tashqi qo‘zg‘atuvchilaming 
bezararligi, vaqt va fazoviy o‘lchovlaming muvofiqligi, mutanosibligi kabilardan 
tarkib topadi.
Xulq va faoliyatning namoyon bo‘lishi uchun tabiiy shart-sharoitlar tizimi 
yaxlit holda ishtirok etishi, ulaming muvaffaqqiyatini ta’minlovchi omillar 
majmuasi tariqasida xizmat qilishi mumkin. Tabiiy shart-sharoitlardagi 
to‘kislikdan tashqari, ayrim yetishmovchiliklar va uzilishlaming sodir bo‘lishi 
nuqsonlami keltirib chiqaradi, buning oqibatida ruhiy kechinmalar faolligi, 
ildamligi, maqsadga yo‘nalganligi buziladi.
Tabiiy shart-sharoitlar muhit ta’sirida shaxs ruhiy olamida bir qator keskin 
ham sifat, ham miqdor o‘zgarishlari vujudga keladi, ular yangilanishlarda, yangi 
fazilatlar, xislatlar tug‘ilishida namoyon bo‘ladi. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish 
joizki,tabiiy muhitning tarkibiy qismi bo‘Imish geografik muhit bu borada muhim 
rol o4ynaydi. Ko‘pincha u birinchidan,biologik shartlangan shaxs sifatlariga ta’sir 
etib, fenotiplami genotiplarga aylantiradi (hududiy muhit, relef, stixiya kutilishi: 
zilzila, qor ko'chkisi, dovul, suv toshqini, oyoq yetmas qorli tog‘lar va hokazo). 
Ikkinchidan, ontogenezda shaxs xarakterologik xususiyatlarining tabiiy ravishda 
shakllanishiga ta’sir o‘tkazadi, shuning bilan birga mikro muhit bilan genlar, irsiy 
belgilar, alomatlar o‘rtasida uyg‘unlikni ta’minlab tumvchi mexanizm vazifasini 
bajaradi.
Ob’ektiv (tabiiy) shart-sharoitlardan tashqari, inson omili bilan bog‘liqligi 
sub’ektiv (shaxsga oid, uning qiyofasiga bog‘Iiq) shart-sharoitlar muomalaning, 
faoliyatning, xulqning ijtimoiy turmushda samarali amalga oshishini uzluksiz 
ravishda ta’minlab turadi. Sub’ektiv shart-sharoitlaming qatoriga shaxsning 
barqarorligi, xarakterining mustahkamligi, ehtiyoj, motiv, maslak, salohiyatning 
puxtaligi, o ‘zini o‘zi boshqarish uslubining qat’iy ravishda shakllanganligi
biologik shartlangan xislatlar esa o‘zaro uyg‘unlashganligi kabilar kiradi.
Odatda ob’ektiv (tabiiy) va sub’ektiv (shaxsga oid) shart-sharoitlardagi 
o‘zgarishlar tufayli ijobiy (pozitiv)yoki salbiy (negativ) xususiyatli psixologik 
holatlar, hodisalar, xislatlar, kechinmalar ustuvorligi yuzaga kelib, moddiy asos


funksiyasini bajamvchi oliy asab faoliyatini, markaziy asab tizimining 
ritmikasini, ishchanlik qobiliyatini pasaytiradi. Buning oqibatida faoliyat, xulq va 
muomala amalga oshishida odatiy sa’y-harakatlar, jarayonlar, maromlar buzila 
boshlaydi, favqulodda asabiylik,ruhiy nuasonlilik, qonuniyatdan chetga og‘ish!ik, 
noxush kechinmalar hokimligi yetakchilik qiladi. Xuddi shu sababdan, faoliyat, 
xulq va muomalaning muvaffaqiyati shubha ostida qolishi mumkin, chunki 
mahsuldorlik, sobitqadamlilik, maqsadga yo‘nalganlik sifatlarining dominantligi 
yo'qoladi, natijada ushalmagan ezgu niyatlar armon tariqasida yuksak his- 
tuyg‘ular safida davriy hukm surishida davom etaveradi.
Talabaning tabiatga va jamiyatga nisbatan munosabati tasodiflarsiz, 
favquloddagi vaziyatlarsiz amalga oshishi mumkin emas,chunki ehtimollar 
darajasidagi kutilmaning yovqligi rejasiz vaziyatlami shaxsning idrok maydonida 
keltirib chiqaradi. Hayot va faoliyat strategiyasi va taktikasining ekstremal tarzda 
o‘zgarishi individual va ijtimoiy xususiyatli vaziyatlaming paydo bo‘Iishiga olib 
keladi. Vaziyatlar stixiyali, xaotik (betartib, tasodif)xatti-harakatlami vujudga 
keltirib, tekis, odatiy, davriy, barqaror xususiyatlar maromini, ritmikasini izdan 
chiqaradi. 
Natijada insonning motivatsion, hissiy, kognitiv, regulyativ, xulqiy, 
irodaviy tuzilishi 
tarkiblarining funksiyasi 
buziladi. 
Shaxs tuzilishiga 
favquloddagi vaziyatlaming ichki larzasi faoliyat, xulq va muomalaning onglilik 
holatidan ongsizlikka o‘tishini taqozo etadi, binobarin, muvafTaqiyatsizlik 
haqiqatga aylanadi.
Xo‘sh, nima uchun shaxs tasodiflaming oldini olishga tayyor emas yoki 
ko‘pincha u bu borada kuchsizlik,ojizlik qiladi?
Ushbu muammo yechimini juda sodda tarzda hal qilish ham
mumkin:
1.Talaba ongli zot, yaratuvchilik qudratiga ega bo‘lishidan qat’i nazar-u 
tabiatning tarkibiy qismi, instinktlar, shartsiz reflekslar ta’siriga beriluvchandir;
2.Uning tana a’zolari (organizmi) favquloddagi hodisalar va vaziyatlarga 
moslashgan emas (stixiya, halokat, tasodif, stress, affekt, xavf-xatar, risk);
3.Talaba komillik darajasiga erishmaganligi tufayli sababiy bog'lanish 
oqibatlarini, fobiya bilan bog‘liq his-tuyg1 ulami oldindan sezish, payqash, ularga 
nisbatan aks ta’sir berish imkoniyati yo*q;
4.Talabada ikkinchi qiyofaning shakllanmaganligi (test, trening, trenirovka 
bilan qurollanmaganligi) uni xavf-xatar qurboniga aylantirishi shubhasiz.
Jahon 
psixologiyasi 
fanining 
ma’lumotlariga 
qaraganda, 
muvaffaqiyatsizlikdan hech kim himoyalangan emas, chunki ijtimoiy immunitet 
juda kuchsiz aks ta’sir ko'rsatish imkoniyatiga ega. Ma’lumki, jismoniy, axloqiy 
va aqliy barkamollik tub ma’nodagi komil inson to‘g‘risida mulohaza yuritishga 
imkon beradi va tarkiblaming to‘Ia mutanosibligi, uyg‘unlashganligi, o ‘zaro 
taqozo etuvchanligi asosiy mezon vazifasini bajaradi. Komillik darajasi 
talabaning ma’naviy dunyosiga aylanmas ekan, u taqdirda hech kim tasodiflar, 
favquloddagi vaziyatlar uning tomonidan odatiy hodisa sifatida osoyishta qabul 
qilinmaydi.


Muvaffaqiyat garovi (kafolati) funksiyasini bajaruvchi omillaming 
genezisi to‘g‘risida fikr yuritilganda, eng aw alo, ularning birlamchiligini, asosiy 
manba ekanligini nazarda tutish nazariy hamda metodologik muammolar 
yechimini oqilona topishga puxta negiz hozirlaydi. Boshlang‘ich harakat 
nuqtasini belgilab berishga xizmat qiladi. Nazariy mulohazalarga binoan, faoliyat, 
xulq va muornalaning bir tekis, samarali kechishi genetik nuqtai nazardan 
quyidagilarga bog4liq:
1 .Ob’ektiv (tabiiy )va sub’ektiv (shaxsga oid) shart-sharoitlar mavjudligiga;
2 .0 b ’ektiv va sub’ektiv shart-sharoitlar hukm surishini o ‘zgartiruvchi 
tasodifiy va favquloddagi vaziyatlar ta’sirchanligiga, ustuvorligiga;
3.Emotsiya va hissiyotning ijodiy (pozitiv),salbiy (negativ) xususiyat kasb 
etishiga;
4.Talaba shaxslilik va xarakterologik xususiyatlarining barqarorligiga 
(beqarorligiga);
5.Uning komillik darajasiga erishganligiga va hokazo.
Talabaning hayot va faoliyatda muvaffaqiyatga erishish,maqsadga 
muvofiq sa’y-harakatlami unga yo‘naltirish uchun quyidagilarga e’tibor qilish 
zaruratdir:
1) 
ob’ektiv va su’ektiv shart-sharoitlar o‘zgarsa,ularga tuzatishlar 
(korreksiya) kiritishga tayyorgarlikka;
2) 
favquloddagi vaziyatlarga ko‘nikish uchun talabaga trening yordami 
bilan ta’sir o‘tkazishga,unda ikkinchi qiyofani shakllantirishga;
3) 
organizmning har qanday stixiyalarga chidamliligini orttirishga;
4) 
komillikka intilish his-tuyg^ularini takomillashtirishga;
5) 
talaba imkoniyatlarini ro‘yobga chiqishga ko‘mak!ashishiga (o‘zini 
o‘zi kashf qilish, o‘ziga o‘zi buyruq berish,o‘zini o‘zi takomillashtirish,o‘zini o‘zi 
baholash,o‘zini o ‘zi nazorat qilish,o‘zini o‘zi boshqarish,o‘ziga o‘zi taskin 
berish,o‘zini o‘zi qo'lga olish va hokazo).
Talaba hayotini va faoliyatini o‘zgartimvchi asosiy omillar mavjud 
bo‘lib, ular muayyan darajada uning ta’siriga beriluvchandirlar.

Yüklə 112 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin