e-qaror.gov.uz
17.08.2022
1
2021 йил «29» сентябрь
105-10-213-Q/21
Нурафшон шаҳар ҳокимлиги
Axborot texnologiyalari va kompyuter dasturlash sohasida yosh mutaxassislarni
ragʻbatlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 31-avgustdagi “Axborot
texnologiyalari va kompyuter dasturlash sohasida yosh mutaxassislarni ragʻbatlantirish boʻyicha
qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 556-son hamda Toshkent viloyati hokimining 2021-
yil 22-sentabrdagi 155-10-0-Q/21-son qarorlariga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi
“Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunning 6, 25-moddalariga asosan,
qaror
qilaman:
1.Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 31-avgustdagi 556-son
hamda Toshkent viloyati hokimining 2021-yil 22-sentabrdagi 155-10-0-Q/21-son qarorlari ijro
uchun qabul qilinsin.
2.Axborot texnologiyalari va kompyuter dasturlash sohasida
yosh mutaxassislarni
maqsadli oʻqitishni qoʻllab-quvvatlash va ularni keyinchalik ishga joylashtirish mexanizmini
joriy etish toʻgʻrisidagi taklifga rozilik berilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
3.O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini
rivojlantirish
vazirligi, AT “Aloqabank” va IT-parkning:
a) ustav fondi 25 mlrd so‘m miqdoridagi, bunda uni 2022-yilda 80 mlrd so‘mgacha
oshirishni hisobga olgan holda, AT “Aloqabank” huzurida mas’uliyati
cheklangan jamiyat
shaklida Venchur jamg‘armasini (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) tashkil etish;
b) ustav fondi 10 mlrd so‘m miqdoridagi mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida “IT-
bilimlarni rivojlantirish markazi”ni (keyingi o‘rinlarda — Markaz)
tashkil etish, uning:
51 foiz miqdoridagi ulushini — IT-parkning pul mablag‘larini kiritish orqali;
49 foiz miqdoridagi ulushini — Jamg‘armaning pul mablag‘larini
kiritish orqali
shakllantirish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilganligi
ma’lumot uchun qabul qilinsin.