e-qaror.gov.uz 17.08.2022 2 4. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilanligi inobatga olinsin:
axborot texnologiyalari va kompyuter dasturlash sohasida keyingi 5 yil ichida 100
minggacha yosh mutaxassislarni tayyorlash, shuningdek, ularni keyinchalik ishga joylashtirishda
ko‘maklashish;
ilg‘or IT-kompaniyalar bilan hamkorlik o‘rnatish orqali axborot texnologiyalari va
kompyuter dasturlash sohalari bo‘yicha xalqaro sertifikatlarni taqdim etishga ko‘maklashish;
yosh mutaxassislarni axborot texnologiyalari va kompyuter dasturlash sohasidagi ta’lim
tashkilotlarida tayyorlash bo‘yicha xarajatlarni qoplash uchun maqsadli qarzlarni ajratish;
Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki rezidentlari bo‘lgan
axborot texnologiyalari va kompyuter dasturlash sohasidagi ta’lim tashkilotlariga (keyingi
o‘rinlarda — ta’lim tashkilotlari) ularni tegishli malakalari bo‘yicha ishga joylashtirish
majburiyati bilan maqsadli qarzlar ajratish;
vazirlik va idoralar, tijorat banklari va boshqa tashkilotlarga axborot texnologiyalari va
kompyuter dasturlash sohasida mutaxassislarni o‘qitish, ularning malakasini oshirish va
kadrlarni tanlashda ko‘maklashish;
startap-loyihalarni moliyalashtirish maqsadida investitsion jamg‘armalarning
mablag‘larini boshqaruv kompaniyasi funksiyalarini bajarish, shuningdek, venchur jamg‘armalar
va moliyaviy institutlar mablag‘larini jalb etish.
5.Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kompyuter dasturlash sohasida
yosh mutaxassislarni maqsadli tayyorlash, shuningdek, ularni keyinchalik ishga joylashtirish
boʻyicha tashkiliy sxema 1-ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi inobatga olinsin.
6.Markazga axborot texnologiyalari va kompyuter dasturlash sohasida mutaxassislarni
tayyorlash uchun ta’lim tashkilotlari bilan eng yaxshi takliflarni tanlab olish asosida shartnoma
tuzishga ruxsat berilganligi ma’lumot va xizmat davomida foydalanish uchun qabul qilinsin.
7. Quyidagi takliflarga rozilik berilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin:
“PDP Academy” oʻquv markazi bazasida axborot texnologiyalari va kompyuter
dasturlash sohasida yosh mutaxassislarni tayyorlash, keyinchalik ishga joylashtirish uchun
Markaz tomonidan “Inflex Inc” MCHJga belgilagan tartibda bosqichma-bosqich qarz ajratish;
“Inflex Inc” MCHJga tajriba tariqasida Axborot texnologiyalari va
kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimidagi Toshkent viloyatida “5 tashabbus”
dasturi doirasida tashkil etilgan raqamli texnologiyalar oʻquv markazlarini 2 yil muddatga bepul
foydalanish uchun berish.
8.Axborot texnologiyalari va kompyuter dasturlash sohasida mutaxassislarni tayyorlash
va malakasini oshirishning maqsadli parametrlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi inobatga
olinsin.
Tashkilot va bo‘limlar, tijorat banklari ushbu maqsadli parametrlarga muvofiq axborot