e-qaror.gov.uz VI-66-213-9-132-K/22 3 qonunchilikda belgilangan miqdorlarda O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjetiga
undiriladigan boshqa yig‘imlar (bojxona organlari tomonidan undiriladigan yig‘imlardan,
g‘ildirakli transport vositalari, o‘ziyurar mashinalar va ularning tirkamalari uchun undiriladigan
utilizatsiya yig‘imidan, shuningdek avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirishga
(qoraytirishga) ruxsatnoma berish uchun to‘lovdan tashqari);
davlat aktivlarini ijaraga berishdan olingan daromadlar.
b) viloyatning viloyat mahalliy byudjetiga to‘liq hajmda o‘tkaziladi:
yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i;
elektr stansiyalari tomonidan to‘lanadigan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
qonunchilikda belgilangan miqdorlardagi davlat bojlari (patent bojlaridan va litsenziyalar
berganlik uchun davlat bojlaridan tashqari);
qonunchilikda belgilangan miqdorlarda O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjetiga
undiriladigan jarimalar;
qonunchilikda belgilangan miqdorlarda davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulkni
realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar, mahalliy davlat hokimiyati organlarining ulushi bo‘yicha
dividendlar (daromadlar) va ajratmalar;
Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushumlar;
mobil aloqa xizmatlari, tamaki va alkogol mahsulotlari, shu jumladan pivo uchun aksiz
solig‘i bo‘yicha, tabiiy gaz uchun qat’iy belgilangan stavkadagi aksiz solig‘i, neft mahsulotlari
uchun aksiz solig‘ini (benzin, dizel, suyultirilgan gaz, motor moyi) tushumlar tegishincha 2022
yilning 1 iyul holatiga ko‘ra Sirdaryo viloyati aholisi sonining respublika aholisi sonidagi ulushiga
muvofiq.
v) viloyat byudjeti hamda mahalliy byudjetlari o‘rtasida taqsimlanadi:
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i.
15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamoatchilik fikri asosida shakllantiriladigan
loyihalarni moliyalashtirish ko‘lamini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022 yil 25
oktyabrdagi PQ-409-son qaroriga asosan 2023 moliya yilidan boshlab:
a) “
Obod qishloq
” va “
Obod mahalla
” dasturlari doirasida moliyalashtiriladigan tadbirlar
jamoatchilik fikri asosida “Ochiq byudjet” axborot portali orqali ovoz berish yo‘li bilan aniqlanadi.
Bunda, aholi tomonidan amalga oshirilishi taklif etilayotgan tadbirlar har bir mahalla
bo‘yicha bitta loyihalar paketi shaklida ovozga qo‘yilishi;
b) Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjeti, viloyatlarning viloyat byudjetlari va
Toshkent shahrining shahar byudjetida shakllangan qo‘shimcha mablag‘larning 30 foizi tuman
(shahar)larda jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun tuman
(shahar)lar Fuqarolar tashabbusi jamg‘armalariga mavjud aholi soni va mahallalar sonidan kelib
chiqib, teng ulushlarda yo‘naltirilishi;