e-univer.adti.uz/
Мavzu: Qon ketish. Tromboz. Emboliya. Infarkt. Shok.
TROMBOZ- tomirlar va yurak bo’shlig’ida qonning yoki limfaning xayot davomida ivib
qolishidir. Ayni vaqtda xosil bo’ladigan qon yoki limfa laxtasi tromb deb ataladi.
Qonning ivishi organizmdagi juda muxim fiziologik va moslashtiruvchi jarayonidir.
Neyrogumoral omillarning boshqaruvi ostida qon ivishida ishtirok etuvchi sistemalar o’zaro ta’sir
qilishi - aylanib yurgan qon yoki limfaning suyuq xolatda saqlanishini ta’minlab beradi, patologiyada
o’zaro ta’sir buziladi. Qon ivishi fermentativ autokatalitik jarayon bo’lib, 4-ta bosqichda rivojlanadi.
I-bosqichda -trombositlarni lipidli tromboplasik omili, plazma tromboqinazasi va parchalanayotgan
to’qima hujayralaridan plazma va to’qimaning aktiv tromboqinazasi (tromboplasin) xosil bo’ladi.
Tromboqinaza xosil bo’lishini plazmadagi bir qancha omillar (IV omil--kalsiy to’zlari, V-omil -
akselirin, VII omil - konvertin, VIII omil - antigemofil globulin va IX - omillar) stimullab turadi
(sxema -4).
II-bosqichda -plazmadagi protrombin tromboqinaza ta’siri ostida trombinga aylanadi. Trombin xosil
bo’lishida - protrombinning trombinga aylanishini kuchaytiradigan kalsiy to’zlari (IV - omil),
vitamin K, shuningdek V – omil (akselerin) va VII - omil (konvertin) katta rol o’ynaydi deb
xisoblanadi.
Sh-bosqichda - xususiy enzim – trombin fibrinogenni
fibringa aylantiradi,
bu qon laxtasi xosil
bo’lishi bilan ta’riflanadi. (koagulyatsiya).
IV –bosqichda - fibrinni keyingi o’zgarishlarga uchrashini o’z ichiga oladi.
Trombozning sababi qonni ivitadigan umumiy sistema vazifalarini neyrogumoral boshqariluvi izdan
chiqishi munosabati bilan buzilishidir. Turli infeksiyalar va intoksikatsiyalarda, tashrixlardan keyin
(posoperasion tromblar), endoteliyning butunligi buzilganida, tomirlar devori va endokard
yallig’langanida, qon oqishi sekinlashib qolganida, plazmadagi qon oqsillari tarkibi o’zgarganda yoki
trombositlar
soni
ko’payib
ketganida,
organizm
reaktivligi o’zgarganida, tomirlar qisilishga moyil bo’lganida va o’pka xamda taloqning
antikoagulyasion funksiyasi susayganida tromboz kelib chiqadi.
Umumiy shart - sharoitlarga: qon aylanishini neyro - gumoral yo’l bilan idora etilishni
buzilishi va tomirlarni spazmlarga moyil bo’lishi, qondagi ivituvchi va ivishga qarshi ta’sir
ko’rsatuvchi sistemalar o’zaro ta’sirini izdan chiqishi, qon sifatini o’zgarishi, infeksiya va shuning
munosabati bilan organizm reaktivligini o’zgarib qolishi, umumiy moddalar almashinuvining
buzilishi, Kasalning yoshi, qon oqishining o’zgarishiga sabab bo’ladigan yurak-tomirlar Kasalliklari
kiradi.
Maxalliy shart - sharoitlar jumlasiga tomir devori (endoteliy, intima) butunligini buzilishi,
a’zo va sistemalarda qon aylanishini sekinlashib qolishi va izdan chiqishini kiritish kerak.
Trombozni patogenezi.
Endoteliyning ko’chib tushishi va xalok bo’lishi qon oqimidagi trombositlarni shikas etgan
joyga yopishib qolishiga va ulardan tromboplasin ajralib chiqib, trombin xosil bo’lishiga yo’l ochadi.
Shikas etgan joyda qon girdoblanib va noto’g’ri oqadigan bo’lsa (masalan: aterosklerozda intima
sirti notekis bo’lib qolganligida), shu jarayonning hammasi tezlashadi. Qon oqishining sekinlashuvi
tromboz uchun zarur shart - sharoitdir, chunki bunda shikas etgan intimaga trombositlar cho’kib
qolishi uchun hammadan qulay sharoitlar paydo bo’ladi. Shuning uchun tromblarning kelib
chiqishida gemodinamik omil katta axamiyatga ega deb xisoblanadi.
Trombni morfologiyasi.
Trombning xosil bo’lishi 4-ta ketma-ket keluvchi bosqichdan iborat.
1.trombositlarni agglyutinasiyasi (bir-biriga yopishib qolishi), tomir devoriga yopishib qolishi
(adgeziya).
2.fibrinogenni koagulyatsiyasi va fibrin iplarini xosil bo’lishi.
3.eritrositlarni agglyutinasiyasi.
4.plazma oqsillari cho’kmasini presipitasiyasi.
Tromb tomir devorini qaysi joyida xosil bo’lsa, odatda o’sha joyga yopishgan bo’ladi. Tromb
yuzasi, notekis, qat - qat buklangandir. Bu bir-biriga yopishib qoladigan trombositlarni bir maromda
cho’kib tushishini va ular emirilganidan keyin qon oqib turgani xolda fibrin iplarini usib borishini
aks ettiradi. Trombni xosil qiladigan elementlarni nisbatan xar xil bo’lishi mumkin. Ba’zi xollarda
(tromb esa-sekin xosil bo’lib, qon tez oqib turgan bo’lsa) tromb asosan trombositlar, fibrin va
leykositlardan tashkil topgan bo’ladi. Bunday tromb o’zining ranggiga yarasha oq yoki qat - qat
tromb deb ataladi. Boshqa xollarda (qon sekin oqib turgani xolda tromb tez xosil bo’lgan
bo’lsa), trombda trombositlar bilan fibrindan tashqari bir talay eritrositlar bo’ladi va bunday tromb
qizil tromb deb ataladi.
Tromb ko’pincha sirtdan xam, kesib ko’rilganda xam ola - bula bo’lib ko’zga tashlanadi, ya’ni
uni tashkil etuvchi hamma elementlar bir tekis tarqalgan bo’ladi, bunday tromb aralash tromb deb
ataladi.
Ba’zan kapillyarlar, arteriolalar va venulalarda eritrositlar va trombositlar agglyutinasiyalanib bir
jinsli gialinsimon massani xosil qiladi (gialin tromblar). Uni ba’zi intoksikatsiyalarda, badan
kuyganida, to’g’ri kelmaydigan qon quyilganida barqaror staz asorati sifatida uchraydi.
Klinik belgilarning ba’zi xususiyatlariga qarab migrasiya qilib turadigan tromblar, ya’ni qoni
ivishga juda moyil odamlar organizmning turli bo’limlarida xosil bo’lgan tromblar tafovut qilinadi.
Yurak faoliyatini susayib qolganligi tufayli paydo bo’ladigan tromblar qon dimlanishga aloqador
yoki marantik tromblar, deb anevrizmalarda xosil bo’ladigan tromblar dilyatasion tromblar deb
ataladi. Tromb xosil bo’lishi bilan bir vaqtda vena yoki arteriyalar yallig’lanadigan bo’lsa, bunga
tromboflebit yoki trombarteriit deyiladi. Yurakning klapani va devorga yaqin endokardining
yallig’lanishi tromboendokardit deb ataladi. Chap bo’lma devorida yurak mitral porogida kelib
chiqadigan tromblar yurak devoridan o’silib bo’lma bo’shlig’ida erqin turishi mumkin. Qon xarakati
tufayli ular go’yo silliqlanib, dumaloq shaklga kiradi va sharsimon tromblar deb nomlanadi.
Usayotgan trombda bir nechta qismlar tafovut qilinadi. Chunonchi, trombning boshchasi va
tana bilan dumdan tashkil topgan o’qi tafovut qilinadi. Tromb boshchasi - trombning boshlang’ich va
dastlabki qismi, birlamchi tromb bo’lib, trombositlardan va leykositlardan, xamda oz miqdori
eritrositlar ilashib turgan fibrin iplaridan tashkil topgandir, u tomir devoriga maxkam yopishib turadi.
Tromb boshchasi odatda oq rangda bo’ladi. Trombning tanasi aralash ko’rinishida bo’lib, u xam
tomir devoriga yopishgan bo’ladi, tromb boshchasiga qaraganda kuchsizroq yopishib turadi va
nixoyat, tromb dumi tomir yo’lida erqin yotadi. Odatda u qizil bo’lib, tanasidan oson uzilib chiqishi
va embolga aylanishi mumkin.
Tromblar tomir devori bo’ylab joy olishi va tomir yo’lining bir qismini ochiq qoldirishi
mumkin, bunday tromblar devor oldi tromblari deb ataladi. Tromb tomir yo’lini butunlay bekitib
qo’yadigan bo’lsa, bunga bekitib qo’yadigan yoki obto’rasiyalaydigan tromb deyiladi. Devor oldi
tromblari odatda yurakda, masalan, endokardda, yurak bo’lmasi quloqlarida yoki yurak
qopqoqlaridagi trabeqo’lalar orasida, yirik tomirlarida, aterosklerotik pilakchalarda, yirik venalar
yallig’langanida shu venalarda, yurak va tomirlar devorlari anevrizmasida topiladi.
.