E-univer adti uz/ Мavzu: Qon ketish. Tromboz. Emboliya. Infarkt. Shok



Yüklə 291,32 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix15.04.2022
ölçüsü291,32 Kb.
#55448
1   2   3   4
№ 6

E m b o l i ya. 

        Emboliya (yunoncha – embole - ichqariga tashlamoq degan so’zdan olingan) patologik jaroyon 

bo’lib, bunda qon yoki limfada aylanib yuradigan, normal sharoitlarda uchramaydigan va o’zining 

kattaligiga qarab xar xil kalibrli tomirlarga tiqilib qolishga sabab bo’ladigan biror xil zarrachalarga 

aytiladi. Mana shunday zarrachalar embollar deb ataladi. 

         Kelib  chiqishida  tromb  qismlari  (tromboeboliya),  yog’  tomchilari  (yog’  emboliyasi  yoki  gaz 

pufakchalari (gaz emboliya), ezilib ketgan a’zolardan (masalan, travmada) ajralib chiqqan to’qima 

bo’laklari  (to’qima  emboliyasi),  o’sma  hujayralari,  yirik  xayvon  parazitlari  (masalan,  exinokokk) 

emboliyalarga manba bo’lishi mumkin.  

       Mana shu embollar odatda qon oqimi bilan aylanib yuradi, ya’ni masalan, pastki yoki ustki kovak 

venalar sistemasida embollar bo’lsa, ular o’pka tomirlariga tushib, o’pkada ushlanib qoladi va o’sha 

tomirlarning mexanik tarzda tiqilib qolishiga sabab bo’ladi. Katta qon aylanish doirasiga embollar 

chap  yurakdan  periferiyaga  qarab  xarakatlanadi  va  yurakning  toj  tomirlarida,  bosh  miya,  buyrak, 

taloq, me’da - ichak yo’li, qo’l - oyoq va boshqalarning tomirlarida tiqilib qolib, sezilarli va xatto 

qaytmas to’qima o’zgarishlariga olib keladi.  

         Biroq ba’zan retrograd va paradoksal emboliya ko’riladi. Retrograd emboliya shundan iboratki, 

embol o’zining og’irligi tufayli qon oqimiga qarshi yo’naladi (masalan, pastki kavak venadan buyrak, 

jigar yoki xatto son venasiga tushib qoladi).  

          Paradoksal emboliya yurak bo’lmalar yoki qorinchalar o’rtasidagi to’siqda  oval teshik ochiq 

yopilmay qolgan xollarda ko’riladi va kichik qon aylanishidan embollar o’pkani chetlab o’tib, katta 

qon aylanishiga tushadi.  

        Emboliyalari  kasal  odam  uchun  qanday  axamiyat  tutishi,  birinchidan,  embolning  metastazga, 

ikkinchidan,  emboliyaning  nechog’lik  tarqalganligiga  va  uchinchidan,  ularning  asosan  qaerda 

joylashganiga bog’liqdir.  




Yüklə 291,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin