Asosiy alomatlari. Kasallikning quydagi turlari tafovut qilinadi: myekonyeal ilyeus
shakli 1-2%, oshqozon ichak shakli 5%, o‘pka shakli 15-20%, aralash shakli 75-
80%.
Myekonyeal ilyeus shaklida bolada tug‘ilishi bilan myekonyeal ilyeus ta`sirida
ichak tutilishi belgilari, qorinning kattalashishi, o‘t suyuqligi bilan qusish,
myekoniyning ushlanib qolishi natijasida myekonyeal peritonit kelib chiqishi
mumkin.
Oshqozon ichak shaklida bolaning ovqat ratsioniga qo‘shimchalar kiritilishi bilan
bolada ich ketishi kuzatiladi, ich ketishi tez-tez qaytalanib, suyuq axlat ko‘p
miqdorda, sassiq hidli, och kulrang, yaltiroq, yog‘li bo‘ladi. Bola o‘sishdan va
rivojlanishdan orqada qoladi, teri osti yog‘ qavati sust rivojlanib, gipotrofiya,
mushaklar gipotoniyasi, poligipovitaminoz belgilari ( terining quruq qipiqlanib
turishi, sochlarning va tirnoqlarning sinuvchanligi kuzatiladi, tirnoqlarda bo‘ylama
chiziqlar paydo bo‘ladi. Bazida bolalarda ich qotishi, to‘g‘ri ichakning chiqishi,
―sho‘r bola‖ alomati, surunkali gipoksiya natijasida oyoq va qo‘l barmoqlari
deformatsiyasi, ―baraban tayoqchalari‖, tirnoqlarda ―soat oynasi‖ alomatlari
kuzatiladi.
Ba`zan kasallikning birdan-bir alomati tez-tez qaytariluvchi bronxo-pnevmoniya
bo‘lishi mumkin. Bunday bemorlarga uzoq, qiynovchi, ko‘k yo‘talga o‘xshash
yo‘tal xos bo‘lib, yo‘tal so‘ngida yiringli balg‘am ajraladi. Balg‘am quyuq,
yopishqoq bo‘lib, shilliq qavatlardan qiyin ajraladi. Bolada nafas yetishmovchiligi,
ba`zan o‘tkir yurak yetishmovchiligi belgilari, ko‘krak deformatsiyalari kuzatilishi
mumkin.
Dostları ilə paylaş: |