Education in Malaysia


Inqirozli oila a’zolari uchun ijtimoiy psixologik xizmat



Yüklə 1,82 Mb.
səhifə35/124
tarix28.03.2023
ölçüsü1,82 Mb.
#90806
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   124
2.3. Inqirozli oila a’zolari uchun ijtimoiy psixologik xizmat
Inqirozli oila yoki mushkul ahvolga tushib qolgan onalar, ularning farzandlari bilan psixologik-pedagogik yordam ishlarini tashkil etish asosan quyidagi yo’nalishlarda tashkil etiladi:

  • diagnostik;

  • korreksion;

  • profilaktik;

  • ma’rifiy.

Inqirozli oila bilan ishlash avvalo shunday holatga tushib qolgan oilalarning talab-takliflari asosida, yoki u yoki bu xududdagi oilalarning ahvolini o’rganish natijalariga ko’ra amalga oshiriladi. Masalan, O’zbekiston sharoitida jami oilalarning salmoqli qismi yosh oilalar toifasiga kirishi, ularda muayyan muammolarning, ijtimoiy hamda psixologik muhofazaga ehtiyojni sezitshi tabiiy bo’lgani uchun ham bunday xizmat shahobchalari bir tomondan, talab va taklif asosida tashkil etiladi, ikkinchi tomondan, davlat va jamoat tashkilotlari tomonidan oilani muhofaza qilish, ularning muammolarini o’rganish va yordam berish o’z-o’zini boshqarish organlari, “Oila” markazlari, yoshlarning “Kamolot” ijtimoiy harakatiga yuklanganligi uchun tavsiya va ko’rsatmalar asosida ham tashkil etiladi. Qanday shaklda bo’lmasin, bunday markazlar yoki xizmat turlariga turli inqirozli sharoitni boshdan kechirgan oilaga yordam ko’rsatish ularning asosiy vazifasi hisoblanadi. Jamoatchilik tashabbuvi bilan tashkil etilgan shunday xizmat turlaridan biri mamlakatimizning turli tuman va shaharlari markazlarida tashkil etilgan Yoshlar ijtimoiy ko’mak markazlari bo’lib, uning qoshida tashkil etilgan “Yosh oilaga ijtimoiy va psixologik xizmat ko’rsatish” bo’limlari, undagi “Ishonch telefonlari” oila a’zolariga ma’rifiy, ma’naviy, axborot, psixologik xizmatlarni amalga oshiradi.
Oilaga ijtimoiy-psixologik xizmat markazlari kimning buyurtmasi bilan faoliyat boshlagani, uning faoliyati samarasini kim monitoring qilishidan qat’iy nazar, u quyidagi toifa insonlarga xizmat ko’rasatadi:

  • bolalar;

  • ota-onalar;

  • yaxlit oila.

Oilada tarbiyalanayotgan bolalar muammolari bilan shug’ullanadigan ijtimoiy-psixologik xizmat markazlari asosan ular bilan diagnostik va psixokorreksion yo’nalishlarda ish olib boradi.

Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin