Education in Malaysia


IV bo’lim. Ota-ona hamda voyaga etmagan bolalarning huquq va majburiyatlari



Yüklə 1,82 Mb.
səhifə62/124
tarix28.03.2023
ölçüsü1,82 Mb.
#90806
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   124
IV bo’lim. Ota-ona hamda voyaga etmagan bolalarning huquq va majburiyatlari
11-bob. Voyaga etmagan bolalarning shaxsiy nomulkiy huquqlari
65-modda. Bolaning oilada yashash va tarbiyalanish huquqi
Har bir bola oilada yashash va tarbiyalanish, o’z ota-onasini bilish, ularning g’amxo’rligidan foydalanish, ular bilan birga yashash huquqiga ega, bola manfaatlariga zid bo’lgan holatlar bundan mustasnodir. Bola o’z ota-onasi tomonidan tarbiyalanishi, o’z manfaatlari ta’minlanishi, har taraflama kamol topishi, insoniy qadr-qimmatlari hurmat qilinishi huquqiga ega.
Bolaning ota-onasi bo’lmaganda yoki ular ota-onalik huquqidan mahrum qilinganda va bola ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan boshqa hollarda uning oilada tarbiyalanish huquqi vasiylik va homiylik organi tomonidan ta’minlanadi.
66-modda. Bolaning ota-onasi va boshqa qarindoshlari bilan ko’rishish huquqi
Bola otasi, onasi, bobosi, buvisi, aka-ukalari, opa-singillari va boshqa qarindoshlari bilan ko’rishish huquqiga ega. Ota-onasining nikohdan ajralishi, nikohning haqiqiy emas deb topilishi yoki ota-onaning boshqa-boshqa yashashi bolaning huquqlariga ta’sir qilmaydi.
Ota va ona alohida yashagan holda bola ularning har biri bilan ko’rishish huquqiga ega. Ota-ona turli davlatlarda yashagani taqdirda ham bola ular bilan ko’rishish huquqiga ega.
Favqulodda vaziyatlarga tushib qolgan bola (ushlab turish, qamoqqa olish, hibsga olish, davolash muassasasida bo’lish va boshqa hollarda) o’z ota-onasi va boshqa qarindoshlari bilan qonunda belgilangan tartibda ko’rishish huquqiga ega.
67-modda. Bolaning himoyaga bo’lgan huquqi
Bola o’z huquqi va qonuniy manfaatlarini himoya qilish huquqiga ega.
Bolaning huquqi va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uning ota-onasi (ularning o’rnini bosuvchi shaxslar), ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda esa vasiylik va homiylik organi, prokuror va sud tomonidan amalga oshiriladi.
Voyaga etmagan bola qonunga muvofiq to’la muomala layoqatiga ega deb e’tirof etilsa, u o’z huquq va majburiyatlarini, shu jumladan himoya huquqini mustaqil amalga oshirishga haqlidir.
Bola ota-ona (ularning o’rnini bosuvchi shaxslar) tomonidan qilinadigan suiiste’molliklardan himoyalanish huquqiga ega.
Bolaning huquq va qonuniy manfaatlari buzilganda, shu jumladan, ota-ona (ulardan biri) bolani tarbiyalash va ta’lim berish bo’yicha o’z majburiyatlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmaganda yoxud ota-onalik huquqlarini suiiste’mol qilganda bola o’z huquq va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini so’rab, vasiylik va homiylik organiga, o’n to’rt yoshga to’lgandan keyin esa, mustaqil ravishda sudga murojaat qilish huquqiga ega.
Bolaning hayoti yoki sog’lig’iga xavf tug’ilganligidan, uning huquq va qonuniy manfaatlari buzilganligidan xabardor bo’lgan shaxslar bu haqda bola ayni paytda yashab turgan joydagi vasiylik va homiylik organiga ma’lum qilishi shart. SHunday ma’lumotlarni olgach, vasiylik va homiylik organi bolaning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish yuzasidan zarur choralar ko’rishi shart.

Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin