29-bob. Dalolatnoma yozuvlariga o’zgartirish, tuzatish va qo’shimchalar kiritish 228-modda. Dalolatnoma yozuvlariga o’zgartirish kiritish haqidagi arizalarni ko’rib chiqish joyi O’zbekiston Respublikasi hududida tuzilgan fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlariga o’zgartirish, tuzatish va qo’shimchalar kiritish etarli asoslar mavjud bo’lib, manfaatdor shaxslar o’rtasida nizo bo’lmaganda ushbu dalolatnoma yozuvlari saqlanayotgan joydagi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi tomonidan amalga oshiriladi.
O’n olti yoshga to’lgan shaxslarning tug’ilish, nikoh tuzish, nikohdan ajralishni qayd etish daftarlariga o’zgartirishlar kiritish ularning arizalariga binoan amalga oshiriladi.
O’n olti yoshga to’lmagan shaxslarning tug’ilish haqidagi yozuvlar o’zgartirishlar kiritish ularning ota-onasi arizasiga amalga oshiriladi.
O’zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida tuzilgan fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlariga tuzatishlar kiritish haqidagi arizalar ariza beruvchining yashash joyidagi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organida ko’rib chiqiladi.
Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organining dalolatnoma yozuvlariga o’zgartish, tuzatish va qo’shimchalar kiritishni rad etish to’g’risidagi xulosasi ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
229-modda. Jins o’zgarganda dalolatnoma yozuviga tuzatishlar kiritish Jins o’zgarganda dalolatnoma yozuviga tuzatish kiritish faqat sog’liqni saqlash organlari xulosasiga asosan amalga oshiriladi.
30-bob. Fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlarini tiklash va bekor qilish 230-modda. Fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlarini tiklash Fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlarini tiklash deganda ilgari shunday yozuv bo’lganligini tasdiqlovchi etarli asoslar bo’lganida, ularni qayta tiklab qo’yish tushuniladi.
231-modda. Tug’ilish, nikoh tuzish va nikohdan ajralish to’g’risidagi yozuvlarni tiklash Tug’ilish, nikoh tuzish, nikohdan ajralish haqidagi dalolatnomalar yozuvlari bu yozuvlar kimga nisbatan tuzilgan bo’lsa, faqat ana shu shaxslarning arizasiga ko’ra tiklanadi.
Agar o’n olti yoshgacha bo’lgan bolaning tug’ilishi haqidagi yozuv yo’qolgan bo’lsa, yozuv bolaning ota-onasi, vasiysi, homiysi, bolalar muassasasi ma’muriyatining arizasiga binoan tiklanadi.
YOzuvni tiklashdan manfaatdor taraflar o’rtasida nizo bo’lsa yozuvni tiklash FKga asosan amalga oshiriladi.