Education in Malaysia


UMIMIY XULOSA VA TAKLIFLAR



Yüklə 1,82 Mb.
səhifə38/124
tarix28.03.2023
ölçüsü1,82 Mb.
#90806
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   124
UMIMIY XULOSA VA TAKLIFLAR
O’zbekiston oilalariga xos bo’lgan ustivor xususiyatlar, milliy qadriyatlar darajasiga ko’tarilgan oilaviy udumlar, rasm-rusmlar va an’analarning shaxsga tarbiyalovchi ta’sir ko’rsatuvchi jihatlari ilmiy jihatlarini ochishga yo’naltirilgan ushbu hujjat Respublikamizda istiqlol yillarida oilani ijtimoiy jihatdan himoya qilish, ota-onalarga berilgan imtiyozlar va bola tarbiyasi uchun yaratilgan shart-sharoitlar va ularning komil inson tarbiyasiga ijobiy ta’sir ko’rsatuvchi omillarini inbatga olgan holda mavjud bo’lgan muammolar doirasida oilaning istiqboli, rivojlanish tendensiyalarini belgilaydi. «XXI asr oilasi» konsepsiyasi asosida oilani kompleks o’rganish dasturi taklif etilgan.
Mamlakatimizda izchillik bilan olib borilayotgan oila siyosatining tom ma’nosi XXI asr oilasining istiqboldagi rivojlanishi va taraqqiyotining ustivor yo’nalishlari jamiyat taraqqiyotining kafolatlari to’g’risidagi ezgu g’oyalarimizga hamohangdir. Shunga tayangan holda XXI asrda oilalar rivojlanishiga asos bo’luvchi ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, iqtisodiy omillar va tamoyillar quyidagicha ifodalanishi mumkin:
XXI asr oilasi jamiyatda ustivor bo’lgan demokratik tamoyillarga asoslangan, hyech qanday siyosiy kuchlarning subyektiv xohish-irodasiga qaram bo’lmaydigan, jamiyatni olg’a rivojlanishiga to’siq bo’luvchi illat va asoratlarni bartaraf etishga qodir bo’lgan maskan rolini o’ynaydi;
Yangi asr oilasi milliy urf-odatlar, milliy qadriyatlar, an’analar va udumlarning jamiyat rivoji va oila barqarorligiga xizmat qiluvchi jihatlarini ilg’or, insoniyat taraqqiyotiga aloqador an’analar bilan uyg’unlashtiruvchi tabiiy makondir;
XXI asr oilasi insonparvarlik va demokratiya tamoyillarining tom ma’noda jamiyatda ustivor bo’lishi va har bir jamiyat a’zosi bo’lgan fuqaro tomonidan ongli tarzda idrok qilinishi uchun ma’rifat maktabini o’ynaydi;
XXI asr oilasi umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, mamlakatda tinchlik va xavfsizllikni ta’minlanishi uchun ma’naviy qo’rg’on rolini o’ynaydigan ijtimoiy institutdir;
XXI asr oilasi “O’zbekiston – kelajagi buyuk davlat”, “Inson va uning manfaatlari har narsadan ulug’” degan tamoyillarni o’z a’zolari ongiga singdirish uchun qulay bo’lgan mafkuraviy muhitdir;
XXI asr oilasi xalqimizning ma’naviy boyliklarini, jahon sivilizasiyasining eng ilg’or yutuqlarini o’zida mujassamlashtiradigan va shu asnoda har tomonlama barkamol sog’lom avlodni tarbiyalovchi maskandir;

Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin