Education in Malaysia


V bo’lim. Oila a’zolarining va boshqa shaxslarning aliment majburiyatlari



Yüklə 1,82 Mb.
səhifə72/124
tarix28.03.2023
ölçüsü1,82 Mb.
#90806
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   124
V bo’lim. Oila a’zolarining va boshqa shaxslarning aliment majburiyatlari
14-bob. Ota-ona hamda bolalarning aliment huquqi va majburiyatlari
96-modda. Ota-onaning voyaga etmagan bolalariga ta’minot berish majburiyati
Ota-ona voyaga etmagan bolalariga ta’minot berishi shart.
Voyaga etmagan bolalariga ta’minot berish majburiyatini ixtiyoriy ravishda bajarmagan ota (ona)dan sudning hal qiluv qaroriga yoki sud buyrug’iga asosan aliment undiriladi.
Voyaga etmagan bolalarga aliment to’lash haqida ota-ona o’rtasida kelishuv bo’lmaganda yoki aliment ixtiyoriy ravishda to’lanmaganda va ota-onadan birortasi ham aliment undirish to’g’risida sudga da’vo yoxud ariza bilan murojaat qilmagan hollarda, vasiylik va homiylik organlari voyaga etmagan bolaning ta’minoti uchun ota yoki onadan qonunda belgilangan miqdorda aliment undirish to’g’risida da’vo qo’zg’atishga haqlidir.
Kiritilgan o’zgartishlar va qo’shimchalar bo’yicha xronologik jadvalga qarang
97-modda. Bolalarga ta’minot berishda ota-ona majburiyatlarining tengligi
Voyaga etmagan bolalariga aliment to’lash va ularga ta’minot berishda ota-onaning majburiyatlari tengdir.
Voyaga etgan, mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj bolalariga ta’minot berishda ota-onaning majburiyatlari tengdir.
98-modda. Ota-onaning voyaga etmagan bolalariga aliment to’lash tartibi
Ota-ona voyaga etmagan bolalariga ta’minot berish uchun aliment to’lash tartibini o’zaro kelishgan holda belgilashga haqlidirlar.
Voyaga etmagan bolalariga ta’minot berish uchun aliment to’lash tartibi va shakli haqida ota-ona o’rtasidagi kelishuv qonunda belgilangan qoidalarga va bolaning manfaatlariga zid bo’lmasligi kerak.
99-modda. Ota-onaning voyaga etmagan bolalariga to’laydigan aliment miqdori
Agar voyaga etmagan bolalariga ta’minot berish haqida ota-ona o’rtasida kelishuv bo’lmasa, ularning ta’minoti uchun aliment sud tomonidan ota-onaning har oydagi ish haqi va (yoki) boshqa daromadining bir bola uchun - to’rtdan bir qismi, ikki bola uchun - uchdan bir qismi, uch va undan ortiq bola uchun - yarmisi miqdorida undiriladi. Bu to’lovlarning miqdori taraflarning moddiy yoki oilaviy ahvolini va boshqa e’tiborga loyiq holatlarni hisobga olgan holda sud tomonidan kamaytirilishi yoki ko’paytirilishi mumkin.
Har bir bola uchun undiriladigan aliment miqdori qonun hujjatlari bilan belgilangan eng kam ish haqining uchdan bir qismidan kam bo’lmasligi kerak.

Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin