100-modda. Ota-onaning voyaga etgan bolalariga aliment to’lashi Ota-ona voyaga etgan mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj bolalariga ta’minot berishi shartdir.
Voyaga etgan mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj bolalariga ta’minot berish ota-onaning kelishuviga binoan amalga oshiriladi. Ota-ona o’rtasida bunday kelishuvga erishilmagan taqdirda nizo sud tartibida hal qilinadi.
101-modda. Ota-onaning voyaga etgan bolalariga to’laydigan aliment miqdori Ota-onadan voyaga etgan mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj bolalariga undiriladigan alimentning miqdori sud tomonidan aliment to’lashi shart bo’lgan ota-onaning oilaviy va moddiy ahvoli hisobga olinib, har oyda pul bilan to’lanadigan qat’iy summada belgilanadi.
102-modda Ota-onadan bolalarga undiriladigan aliment miqdorini aniqlash tartibi Ota-onadan bolalarga undiriladigan aliment miqdori aliment to’lovchining oylik ish haqiga va (yoki) boshqa daromadiga nisbatan ulushlar hisobida yoki pul bilan to’lanadigan qat’iy summada belgilanishi mumkin.
Aliment to’lashi shart bo’lgan ota-onaning ish haqi va (yoki) boshqa daromadi doimo bir xilda bo’lmay, o’zgarib tursa yoxud daromadining bir qismini natura tarzida oladigan bo’lsa, shuningdek daromaddan ulush tarzida aliment undirish imkoniyati bo’lmasa yoinki ota-ona rasman belgilangan ish haqi yoki daromadga ega bo’lmasa, voyaga etmagan bolalarning ta’minoti uchun to’lanishi lozim bo’lgan aliment miqdori har oyda pul bilan to’lanadigan qat’iy summada belgilanishi mumkin.
103-modda. Bolalarning ta’minoti uchun qilinadigan qo’shimcha xarajatlar Ota-ona favqulodda holatlar (bolaning og’ir shikastlanishi, kasal bo’lishi va boshqalar) tufayli kelib chiqqan, bolaning ta’minoti uchun zarur bo’lgan qo’shimcha xarajatlarda ishtirok etishi shart.
Qo’shimcha xarajatlarda ishtirok etishdan bosh tortgan ota (ona)dan sud ularning oilaviy va moddiy ahvolini hisobga olib, qo’shimcha xarajatlarni qisman pul bilan to’lanadigan qat’iy summada undirish haqida hal qiluv qarori chiqarishi mumkin.